Buxoroda “Morfologiya va jarrohlik” mavzusidagi xalqaro talabalar forumi boshlandi
17.02.2025 2025-02-19 16:18Buxoro qadimiy va zamonaviy ilmlarning uyg‘unlashgan maskani sifatida yana bir yirik ilmiy tadbirga mezbonlik qilmoqda. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Morfologiya va jarrohlik” mavzusidagi Talabalar va yosh olimlarning xalqaro forumi boshlandi.












Rektorlar bilan investitsiya va eksport salohiyatini oshirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
17.02.2025 2025-02-19 12:1117-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiev ishtirokida xorijiy investitsiya mablag‘larini jalb qilish va eksport ko‘rsatkichlarini oshirishdagi imkoniyatlar va mavjud muammolar yuzasidan oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv o‘tkazildi. Unda oliygohlar rahbarli, tegishli vazirlik va idoralar vakillari qatnashdi.









Muloqot davomida oliygohlar rahbarlarining investitsiya jalb qilish yuzasidan takliflari tinglanib, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha fikr almashildi.
Batafsil : https://gov.uz/oz/edu/news/view/36448
Institutida Boburxonlik bayrami o‘tkazildi
17.02.2025 2025-02-19 14:05Buxoro davlat tibbiyot institutida an’anaviy Boburxonlik bayrami katta tantana bilan o‘tkazildi. Tadbirni institut prorektori Zubayda Bahronova ochib berdi va ishtirokchilarga shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy merosi ahamiyati haqida gapirdi.


Bayramda o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi, shoh va shoir Z.M. Bobur va uning asarlari haqida qisqacha ma’lumot berilib, uning ijodi yuksak qadrlanadi. Tadbirda talabalar Boburning ruboiylari va gazallarini o‘qib, uning falsafiy va ijodiy merosiga bo‘lgan hurmatini namoyish etishdi.


Shuningdek, talabalar sahna ko‘rinishlari bilan bayramni yanada boyitib, Bobur va uning davri haqida qisqacha teatrlashtirilgan sahnalarga ham o‘rin berishdi. Bu o‘ylangan va ijodiy chiqishlar bayramning dasturiga yuksak badiiy tus qo‘shdi.


Boburxonlik bayrami nafaqat ilmiy, balki madaniy tadbir sifatida talabalarga va xodimlarga yuksak ruhiy quvvat bag‘ishladi. Tadbir nihoyasida yoshlarning kelajakdagi yutuqlari va ilm-fan sohasidagi sa’y-harakatlari uchun muvaffaqiyatlar tilab, bayram tugatildi.

Test jarayonlari kamera ostida komplayens nazorat bo‘limi va ta’lim sifati nazorat bo‘limi ostida
17.02.2025 2025-02-17 17:10🏛✅Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida talabalarning yakuniy imtixon vaqtida, inson omilini kamaytiish maqsadida, sessiya jarayonlarini shaffov va xolisona o‘tkazilishi uchun yakuniy test jarayonlari kamera ostida komplayens nazorat bo‘limi va ta’lim sifati nazorat bo‘limi hamkorligi ostida amalga oshirilmoqda.



Talabalar va yosh olimlarning xalqaro forumi – “Morfologiya va jarrohlik”
17.02.2025 2025-02-19 11:41Jamiyatda aholi salomatligini mustahkamlash, jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk avlodni tarbiyalash davlat siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq, yurtimizda jarrohlik yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida muhim ilmiy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.



Shunday tadbirlardan biri – “Morfologiya va jarrohlik” xalqaro forumi bo‘lib, u nafaqat talabalar va yosh olimlar o‘rtasida, balki butun dunyo bo‘ylab jarrohlik sohasida kadrlar tayyorlash jarayoniga xizmat qiladi.
Forumning asosiy maqsadi
Forumdan ko‘zlangan maqsad:
✅ Talabalarning ijodiy qobiliyatini va amaliyotga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish;
✅ Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qulay muhit yaratish;
✅ Jarrohlik sohasidagi ilmiy bilimlar va innovasion texnologiyalarni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish.
Forum doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar
1️⃣ Jarrohlik bo‘yicha xalqaro talabalar olimpiadasi
2️⃣ “Ko‘p qirrali jarrohlik: morfologik asoslardan klinik cho‘qqigacha” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
3️⃣ Ilmiy-amaliy seminar (ma’ruza sikli) – “Zamonaviy jarrohlik cho‘qqilari”
Forumning ahamiyati
Forum doirasidagi asosiy e’tibor bo‘lajak va amaldagi shifokorlar, olimlar, shuningdek, klinik va biotibbiy yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarning morfologiya va jarrohlik sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirishga qaratilgan.


Forumda:
🔹 Klinik jarrohlikdagi eng zamonaviy va dolzarb davolash usullari muhokama qilinadi;
🔹 Jarrohlikning ilmiy nuqtai nazardan rivojlanish yo‘nalishlari belgilanadi;
🔹 Morfologik fanlarning klinik tadqiqotlardagi o‘rni tahlil qilinadi.
“Morfologiya va jarrohlik” xalqaro forumining muvaffaqiyatli o‘tkazilishi talabalar va yosh olimlarning iqtidorini namoyon etish, ularning ilmiy-amaliy faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda innovasion texnologiyalarni yoshlar orasida ommalashtirishga kuchli turtki beradi.
Harbiy Tibbiyot Akademiyasi o‘qishga taklif etadi
15.02.2025 2025-02-17 9:47O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy Tibbiyot Akademiyasiga o‘qishga hujjat topshirish 2025-yil 10-aprelga qadar davom etadi. Shu munosabat bilan akademiya mas’ullari tibbiyot oliygohlarining 5-bosqich talabalari ishtirokida targ‘ibot muloqoti o‘tkazdi.

Akademiyada bakalavriyat, internatura, klinik ordinatura, magistratura va doktorantura yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish imkoniyati mavjud. Talabalarga bepul yotoqxona, uch mahal issiq ovqat, harbiy kiyim-kechak, stipendiya, bepul davolanish va transport imtiyozlari taqdim etiladi.

Hujjat topshirish shartlari va qo‘shimcha ma’lumotlar uchun akademiya bilan bog‘lanish tavsiya etildi.
