Buxoro davlat tibbiyot institutida “Karyera kuni” tashkil etildi
15.02.2025 2025-02-17 9:31Bugun, 15 fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Tibbiy profilaktika yo‘nalishi bitiruvchilari uchun “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi va ishga taqsimot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Buxoro viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i A.A. To‘xtayev, hududiy SEO va JSB rahbarlari, shuningdek, institut rektori Sh.Teshayev ishtirok etishdi. Tadbir davomida bitiruvchilarga viloyat va tumanlardagi vakant ish o‘rinlari haqida ma’lumot berilib, ishga joylashish bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirildi.

Tibbiy profilaktika yo‘nalishining 64 nafar bitiruvchisi ish beruvchilar bilan uchrashib, ishga joylashish bo‘yicha takliflar oldi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy o‘quv yilida Buxoro davlat tibbiyot institutida 1560 nafar bitiruvchi diplom olish arafasida. Ulardan 1317 nafari bakalavr, 17 nafari magistratura, 226 nafari esa klinik ordinatorlardir.

Tibbiyot sohasidagi yosh mutaxassislarning ish bilan ta’minlanishiga qaratilgan bunday tadbirlar davom etadi.

Giyohvandlikning zararli oqibatlari
14.02.2025 2025-02-15 14:05🏛✅Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti faollar zalida talabalar o‘rtasida narkomaniyaga qarshi kurashish oyligi doirasida professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar ishtirokida ma’rifiy tadbir tashkil etilib, giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida ma’lumotlar berildi.



Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi professorlari Qorako’lda tibbiy ko’rik o’tkazishdi.
13.02.2025 2025-02-15 13:34Aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish chora-tadbirlari to’g’risida
13.02.2025 2025-02-15 14:24O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-sonli “Axoli bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish chora-tadbirlari tug’risida”gi qaroriga muvofiq barcha tashkilotlarda har haftaning payshanba kuni “Sport kuni” etib belgilandi.




➡️“Axolini soglom turmush tarziga keng jalb qilish hamda ertalabki badantarbiya mashqlari va kechki sayrlarga jalb qilish” maqsadida Buxoro davlat tibbiyot instituti sport zalida institut xodimlari o’rtasida sport tadbiri bo’lib o’tdi.



Aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish va fuqaro muhofazasi bo‘yicha seminar Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘tkazildi
13.02.2025 2025-02-14 9:50Joriy yilning 12 fevral sanasida Buxoro davlat tibbiyot institutida aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish va fuqaro muhofazasi masalalari bo‘yicha muhim seminar tashkil etildi. Ushbu tadbir Fuqaro muhofazasi institutining katta o‘qituvchilari va mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlar vaqtida xavfsizlikni ta’minlash, aholi va ishchi-xizmatchilarning to‘g‘ri harakatlanish uslublari haqida keng tushunchalar berildi. Shuningdek, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar, ularning oldini olish va oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Tadbirda professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda institutning boshqa mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Fuqaro muhofazasi sohasiga oid nazariy bilimlar amaliyot bilan boyitildi, ishtirokchilarga turli ssenariylar asosida amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.

Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Ushbu tadbir fuqaro muhofazasi va xavfsizlik masalalariga bo‘lgan e’tiborni yanada oshirish, aholining favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish malakalarini shakllantirishga xizmat qildi.

Tashkilotchilarga va Fuqaro muhofazasi instituti mutaxassislariga minnatdorlik bildirgan holda, bunday tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi jamiyat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tish joiz.Aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish va fuqaro muhofazasi bo‘yicha seminar Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘tkazildi

Joriy yilning 12 fevral sanasida Buxoro davlat tibbiyot institutida aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish va fuqaro muhofazasi masalalari bo‘yicha muhim seminar tashkil etildi. Ushbu tadbir Fuqaro muhofazasi institutining katta o‘qituvchilari va mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlar vaqtida xavfsizlikni ta’minlash, aholi va ishchi-xizmatchilarning to‘g‘ri harakatlanish uslublari haqida keng tushunchalar berildi. Shuningdek, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar, ularning oldini olish va oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Tadbirda professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda institutning boshqa mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Fuqaro muhofazasi sohasiga oid nazariy bilimlar amaliyot bilan boyitildi, ishtirokchilarga turli ssenariylar asosida amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.

Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Ushbu tadbir fuqaro muhofazasi va xavfsizlik masalalariga bo‘lgan e’tiborni yanada oshirish, aholining favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish malakalarini shakllantirishga xizmat qildi.

Tashkilotchilarga va Fuqaro muhofazasi instituti mutaxassislariga minnatdorlik bildirgan holda, bunday tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi jamiyat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tish joiz.

⚡️Favqulodda vaziyatlar o’quv kursining boshqarmasi bo’lim boshlig’i R.Ro’ziyev, Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi fuqaro muhofazasi institutining malakali mutaxasisslari B. Ziyodullayev, A.Abdunazarovichlar tashrif buyurib, tibbiyot institutida seminar o’tkazishdi.
Akademik mobillik
12.02.2025 2025-02-13 14:34Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o’qituvchilari Turkiyaning sog’liq bilimlari universitetida akadem mobillik dasturi doirasida malaka oshirib qaytishdi.


Bu haqida universitet rasmiy saytida xabar qilindi.




Batafsil : https://sbu.edu.tr/duyuru/