Buxoro davlat tibbiyot instituti va Dayejon universiteti hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi
12.02.2025 2025-02-13 11:18🏛Buxoro davlat tibbiyot instituti (BDTI) xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Janubiy Koreyaning Dayejon universiteti bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Ushbu tashabbus xalqaro ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida yangi imkoniyatlarni ochishga qaratilgan.

⛈Muloqot davomida ikki oliygoh vakillari o‘z muassasalari haqida ma’lumot berib, tajriba almashdilar. Dayejon universiteti 1979 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungacha 80 mingdan ortiq tibbiy kadrlar tayyorlagan. Ushbu universitet Janubiy Koreyada tibbiyot sohasida yetakchi muassasalardan biri hisoblanadi.

📌Muzokaralar natijasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv doirasida qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Xususan, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishga tushirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, talabalar almashinuvi va malaka oshirish kurslarini tashkil etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilinadi.

➡️Buxoro davlat tibbiyot instituti Janubiy Koreyaning bir qator nufuzli tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirib kelmoqda. Bu esa tibbiyot ta’limi va tadqiqotlarini xalqaro standartlar asosida olib borish, hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

✔️Ushbu hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va tibbiyot sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga hissa qo‘shadi va kelajakda yanada kengayishi kutiladi.
🏛✔️Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti va Orenburg davlat tibbiyot universitetining qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilari muvaffaqiyatga erishdilar
12.02.2025 2025-02-13 10:12➡️Bugun institut va Orenburg davlat tibbiyot universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Klinik psixologiya” yo‘nalishida ta’lim olgan talabalar o‘qishni a’lo natijalar bilan tamomladilar.

⛈Mazkur qo‘shma dastur doirasida tahsil olgan 7 nafar talaba ilmiy va amaliy bilimlarini namoyish etib, institutimizning nufuzini yanada oshirishga hissa qo‘shdilar. Ularning muvaffaqiyati nafaqat o‘zlarining, balki oliygohimizning ham yutuqlaridan biri hisoblanadi.

💠”Klinik psixologiya” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishlarini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar Orenburg davlat tibbiyot universitetining diplomi bilan taqdirlandilar. Bu esa ularning kelajakdagi faoliyatlari uchun mustahkam poydevor yaratib, xalq salomatligiga o‘z hissalarini qo‘shishlariga imkoniyat beradi.

✅Buxoro davlat tibbiyot instituti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bitiruvchilarni ushbu muhim bosqich bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.
🫠Ushbu yutuq institutimizning xalqaro hamkorlik borasidagi izchil sa’y-harakatlari va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi qat’iy harakatlari natijasi ekanligi bilan alohida ahamiyatlidir. Bu kabi qo‘shma dasturlar talabalarga zamonaviy va innovatsion bilimlarni o‘zlashtirish, xalqaro tajribaga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim etmoqda.

🔺Yana bir bor bitiruvchilarimizni tabriklab, ularga yorqin kelajak va yangi yutuqlar tilaymiz!
👋 Salom! Bu Buxoro Sejong maktabi!📚
12.02.2025 2025-02-12 16:08Buxoro Qirol Sejong Institutida 2025-yilning birinchi semestri tez orada boshlanadi!
💡 Nega aynan biz?
✅ Yuqori malakali koreys o‘qituvchilari – sifatli ta’lim!
✅ Eng arzon to‘lovlar – Buxorodagi eng maqbul narxlar!
✅ SKA rasmiy operatsion agentligi – koreys tili daraja imtihonini osonroq topshirish imkoniyati!
✅ O‘rta yoki yuqori darajadagi kursni tamomlasangiz, Koreya vizasini olishingiz mumkin!
✅ Daegu Haany Universitetida o‘qish – stipendiya yutish imkoniyati!
📌 Kursga ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havola yoki QR koddan foydalaning!
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/Ybj6oGfjdmaHk91L8
📞 Murojaat uchun: @bukharaksi
🚀 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang – koreys tilini biz bilan birga o‘rganing! 🎓
⚡️Teatr – ma’naviy ozuqa maskanidir.
12.02.2025 2025-09-08 16:07“Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha Buxoro davlat tibbiyot institutida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.


✅Jumladan, bugun institut yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti koordinatorlari va “Talabalar teatr studiyasi” toʻgaragi aʼzolari Buxoro davlat musiqali drama teatrida namoyish etilgan “Chor darvesh” spektakliga tashrif buyurishdi.


🔹Spektakl inson oʻz nafsining quli bo’lib qolgani va dunyoda pul katta ahamiyat kasb etgani, insonlarning nafsi ularni jaholatga boshlagani haqida boʻldi. Eng muhimi talabalar oʻzlari uchun zarur boʻlgan ibratli xulosalarga kelishdi.

“Ayol va jamiyat: Muammo va yechim” mavzusida forumi bo‘lib o‘tdi
11.02.2025 2025-02-12 12:16🏛Ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi yalpi majlisida 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida e’lon qilindi.


Shu munosabat bilan Joriy yilning 11-fevral kuni Buxoro Davlat universitetida “Ayol va jamiyat: Muammo va yechim” mavzusida forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva ishtirok etdi.


🏛Forumda Buxoro davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari maьnaviy va ma’rifiy ishlar buyicha birinchi prorektor Z.S.Baxranovaga Buxoro viloyati xokimligi tomonidan 11 fevral – “Ilm fan soxasidagi ayollar va kizlar xalkaro kuni” munosabati bilan “ILMLI AYOL – JAMIYAT KUZGUSI” xaftaligi doirasida olib borayotgan keng kulamli ishlar yuzasidan TASHAKKURNOMA takdim etildi .


Giyohvandlikka qarshi kurash: Talabalar orasida profilaktika ishlari kuchaytirilmoqda
11.02.2025 2025-02-12 9:49Buxoro davlat tibbiyot institutida giyohvandlik va narkomaniyaning oldini olishga qaratilgan muhim yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilish institut rektori boshchiligida Psixiatriya va narkologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbir davomida giyohvandlikka qarshi kurashishning dolzarbligi, bu illatning yoshlar hayotiga va jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan salbiy oqibatlari haqida fikr almashildi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida narkotik moddalarga qarshi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida rektor talabalar orasida giyohvandlikka qarshi olib boriladigan ishlar yuzasidan topshiriqlar berdi. Ushbu topshiriqlar qatorida talabalar o‘rtasida muntazam ravishda ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar ishtirokida seminar va treninglar tashkil etish, giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida ma’lumotlar berish kabi muhim vazifalar belgilandi.