Narkotik moddalarning zarari va yoshlar orasida targ‘ibot ishlari
11.02.2025 2025-02-12 9:37Bugungi kunda jamiyatimizda narkotik moddalar tarqalishi va ularning yoshlarga yetkazayotgan zarari jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu muammoga qarshi kurashish va yosh avlodni undan himoya qilish maqsadida Buxoro davlat tibbiyot institutida muhim uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Teshayev hamda Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv xizmati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Matlyubov Axmadbek ishtirok etishdi. Ular talabalar bilan uchrashib, narkotik vositalarning inson salomatligiga yetkazadigan zarari, ayniqsa, sintetik narkotiklarning halokatli oqibatlari haqida batafsil tushuntirish ishlarini olib bordilar.

Tadbir davomida mutaxassislar narkotik moddalar inson organizmiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, ulardan foydalanish nafaqat jismoniy, balki ruhiy kasalliklarga ham olib kelishini ta’kidladilar. Shuningdek, bu moddalarning jinoyatchilikka olib boruvchi xavfi, ijtimoiy oqibatlari va ularga qarshi kurashish choralari haqida ham ma’lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Mutasaddilar narkotiklarga qarshi kurashishda yoshlarning ongli va faol bo‘lishi muhim ekanini qayd etdilar. Bundan tashqari, ushbu moddalarning tarqalishiga qarshi kurashishda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilishning ahamiyati ta’kidlandi.

Tadbir yakunida yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, zararli odatlarga qarshi ma’rifiy va profilaktik ishlarni kuchaytirish borasida qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

Bunday uchrashuvlar kelgusida ham davom ettirilishi va yoshlar orasida narkotik moddalarga qarshi immunitetni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari yanada kuchaytirilishi kutilmoqda.

“Navoiy va Bobur ijodiga nazar” mavzusida Zakovat oʻyini boʻlib oʻtdi
10.02.2025 2025-02-12 12:55🏛➡️Bugun, Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari oʻrtasida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligini keng nishonlash maqsadida “Navoiy va Bobur ijodiga nazar” mavzusida Zakovat oʻyini boʻlib oʻtdi. qatnashuvchilarga bobokalonlarimiz Navoiy va Bobur hayoti va ijodidan savollar berildi.




✅Zakovat intellektual o’yini g’olib jamoalari:
🥇- “Smart”
🥈- “Intellekt”
🥉- “Navoiy izdoshlari”




Muhammadjon Ahmedovning tashrifi
10.02.2025 2025-02-11 9:53🏛⛈Bugun, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga “O’zbekiston qahramoni”, taniqli olim, qishloq xo’jaligi faxriysi Muhammadjon Ahmedov tashrif buyurdi.


✅Tashrif davomida Institut rektori Sh.Teshayev bilan birgalikda tibbiyot sohasidagi innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, institutning rivojlanish strategiyasini takomillashtirish masalalari ko’rib chiqildi.

✔️Bundan tashqari, institut rektori Sh.Teshayev olim M.Ahmedovga tibbiyot institutining yangi o’quv yilida ishga tushadigan yangi o’quv binosi loyihasini tanishtirdi.

Institutga Rossiyalik nufuzli mehmonlar tashrif buyurdi
10.02.2025 2025-02-12 13:00Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro hamkorlik aloqalari kundan kunga rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda institut dunyoning 20dan ortiq davlatlarning tibbiyot va ta’lim muassasalari bilan imzolangan shartnomalar bilan ishlar olib bormoqda. 10dan ortiq nufuzli universitetlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etilgan bo‘lib, unda minglab talabalar qo‘shaloq diplom olish maqsadida tahsil olmoqda. Ushbu hamkorlik aloqalari tibbiy ta’limni yanada rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro tajriba almashinuvi asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.

Bugun Rossiya Federatsiyasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Kuban davlat tibbiyot universiteti prorektori Andrey Suxinin va Oleg Acheldыyev tashrif buyurdi. Ta’kidlash joizki, mazkur universitet bilan 2019 yildan buyon Stomatologiya yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturida talabalar qabul qilinib, bugungi kunda bitiruvchilar Kubanda tahsil olishmoqda.
Tibbiyot sohasida zamonaviy va innovasion yondashuvlarni qo‘llash hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish va amaliy tibbiyotni yanada rivojlantirish maqsadida BuxDTI va Kuban davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida va qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqmoqda. Xususan, klinik ordinatura yo‘nalishida hamkorlikdagi maxsus dasturlar ochilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu orqali talabalarga ikki tomonlama diplom olish imkoniyati yaratiladi. Ushbu dasturlar asosida talabalar O‘zbekiston va Rossiyaning ilg‘or tibbiyot amaliyotlarini o‘rganish, tajribali professor-o‘qituvchilardan saboq olish va zamonaviy klinikalarda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishlaridan biri xalq tabobatini rivojlantirish va ilmiy asosda tadqiq etishdir. O‘zbekiston va Rossiyada xalq tabobati boy tarixga ega bo‘lib, bu boradagi bilimlar zamonaviy tibbiyot bilan uyg‘unlashtirilishi mumkin. Ikki oliy ta’lim muassasasi ushbu yo‘nalishda qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, xalq tabobati usullarining ilmiy asoslanganligini o‘rganish hamda ularni klinik tibbiyotda qo‘llash imkoniyatlarini muhokama qilish bo‘yicha kelishib oldi.


Mehmonlar shuningdek, institut rektori Shuhrat Teshayev hamrohligida zamonaviy klinika va o‘quv simulyasiya markazidagi imkoniyatlarni ko‘zdan kechirishdi.
Bundan tashqari, hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar va yosh olimlar uchun ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy anjumanlar, konferensiyalar va seminarlar tashkil etish rejalashtirilgan. Kubdn davlat tibbiyot universiteti va BuxDTI o‘rtasidagi ilmiy aloqalar tibbiy innovatsiyalarni rivojlantirish, yangi diagnostika va davolash usullarini tatbiq etish hamda zamonaviy laboratoriya tadqiqotlarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlik nafaqat talabalarga zamonaviy bilim va tajribalar olishga imkon beradi, balki ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Kelgusida ushbu hamkorlik yanada rivojlanib, tibbiyot sohasida yangi yutuqlarga zamin yaratishi kutilmoqda.
Talabalarga institut ichki tartib qoidalariga qat’iy rioya qilishlari yuzasidan
07.02.2025 2025-02-08 10:20🏛➡️Bugun, Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot institutida Tibbiyot fakulteti dekani D.K.Xudoyberdiev 4-5 kurs “Davolash ishi” yo’nalishi talabalari bilan uchrashib, talabalarga institut ichki tartib qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini, jinoyatchilik va kiber xafsizlik yuzasidan tushuntirish ishlari olib bordi.






Rektor TTJ dagi yoshlar holidan xabar oldi
07.02.2025 2025-02-07 17:07⚡️🏛Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.Teshayev tomonidan Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar sharoitlari o’rganilmoqda.




TTJ da istiqomat qiluvchi talabalarning hozirgi kunda Institut va TTJ nizomida koʻrsatilgan ichki tartib qoidalarga rioya qilishi, xonalar tozaligi, oshxona elektr jihozlari va xona jihozlaridan toʻgʻri foydalanish va asrab avaylashlari, xavfsizlik qoidalariga to’liq amal qilinishi hamda darsga oʻz vaqtida kechikmasdan chiqishlari eslatib oʻtildi.


