⚡️🏛Buxoro davlat tibbiyot institutida Navoiyxonlik kechasi bo’lib o’tdi
07.02.2025 2025-02-08 9:30➡️Bugun, g‘azal mulkining sultoni, hazrat mir Alisher Navoiy tavalludiga 584 yil to‘ldi.




🔸Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bagʻishlab “Shoirlar shohiyu, Shohlar shoiri” shiori ostida “Navoiy dahosiga ta’zim” nomli nazm va navo kechasi tashkil etildi. Tadbirni institut rektori Sh.Teshayev ochib berdi va yig’ilganlarni bayram bilan muborakbod etdi. Shuningdek, el suygan buyuk bobokalonimizning har bir yaratgan asari asrlar davomida jahonning noyob adabiy durdonasi ekanligi ta’kidlab o’tildi.





Mazkur tadbirda Milliy Gvardiya davlat organining Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari ham taklif etildi.






Kechada ijodkor talabalar tomonidan gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bag’ishlangan gʻazallaridan, ruboiy va asarlaridan namunalar aytildi.





Giyohvandlikka qarshi birga kurashamiz
06.02.2025 2025-02-07 15:34🏛Abu Ali ibn sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti TTJ binosida narkotik moddalarga qarshi kurash bo’yicha Prezident Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi vakili, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.Teshayev, institut profilaktika inspektorlari, tyutor hamda talabalar ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.



♾➡️Uchrashuv davomida giyohvandlikning salbiy ta’sirlari, uning inson organizmiga zararlari va jamiyatga keltiradigan oqibatlari haqida ma’lumotlar talablarga yetkazildi.



🏛Abu Ali ibn sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti TTJ binosida narkotik moddalarga qarshi kurash bo’yicha Prezident Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi vakili, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.Teshayev, institut profilaktika inspektorlari, tyutor hamda talabalar ishtirokida bo’lib o’tgan uchrashuv videoroligi bilan tanishib chiqing.
⚡️Talaba yoshlarga kontrakt to’lovlarining 35 foizi to’lab beriladi.
06.02.2025 2025-02-07 15:06🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va oliy ta’lim muassasalariga to‘lov – kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq ishlar Buxoro viloyatida start berildi.


📣Viloyatdagi oliy ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o’tab, Qo’mondonlik tavsiyanomasiga asosan Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalariga to’lov shartnomasi asosida qabul qilingan talabalarga va “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolariga O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan beriladigan 35%li imkoniyat taqdim qilishdagi o’zgarishlar haqida o’quv-seminar tashkillashtirildi.


🔹Seminarda Buxoro davlat tibbiyot instituti yoshlar yetakchisi M.Nurmurotov, Harbiy vatanparvarlik loyihalari koordinatori S.Amonov va muddatli harbiy xizmatni oʻtab qaytgan talabalar faol ishtirok etishdi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy Kengashining 2024/2025 o’quv yili 6-sonli yig’ilishi bo’lib o`tdi.
31.01.2025 2025-02-01 10:22⚙️Institut kemgashi raisi, rektor Shuhrat Teshayev kengash yig’ilishida so’zga chiqib, yig’ilish kun tartibi bilan tanishtirdi.











Dastlab, O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan diplomlar bilan taqdirlangan professor-o’qituvchilarga tantanali ravishda diplomlar topshirildi.











✔️“Siyosiy ma’rifat soati”
31.01.2025 2025-02-01 13:33🏛⛈Bugun, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Z.S.Baxranova har juma kuni haftaning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haqida institut dekan muovinlari hamda tyutorlari bilan davra suhbati o’tkazdi.



MILLIY LIBOSLAR KUNI
31.01.2025 2025-02-01 13:13🏛✔️Har haftaning juma kuni yurtimizda “Milliy liboslar kuni” o‘tkazish an’ana tusini olmoqda. Millatimizning g‘ururi, or-nomusi, qadriyatlari milliy liboslarimizda o‘z ifodasini topadi. O’zbekistonning madaniy merosini asrash, milliy qadriyatlarni mustahkamlash niyatida Buxoro davlat tibbiyot instituti o’qituvchi va xodimlari har juma kunlari milliy libosda ish jarayonini olib bormoqda.














