How may we help you?

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Ma’rifat darsi” har haftada tyutorlar tomonidan taqdim etib kelinmoqda.

Tyutor M.X. Po’latova, N.S. Najmetdinova

Buxoro davlat tibbiyot instituti Biotibbiyot fakultet talabalari uchun SHUKRONALIK – ENG ULUG‘ FAZILATDIR mavzusida ma’rifat darsi o’tkazildi.

Ushbu Ma’rifat darslarida talabalarga 4 bosqichda olib borildi:

Vatanimiz osmoni musaffo, tinchlik-osoyishta bu hayotimizni shukrini qilish shu aziz yurtda yashayotgan har bir fuqaroning ham qarzi, ham farzi bo‘lishi darkor. O‘zini, oilasini, yaqinlarini, butun insoniyatni va kelajak avlodlarni o‘ylagan har bir shaxs bu haqiqatni teran anglaydi. Bu ishda har kim qo‘lidan kelgan hissasini qo‘shmog‘i lozim. Bilib turib beparvo bo‘lishga hech haqqimiz yo‘q. Yurtimiz tinchligi, osmonimizning musaffoligi, bugungi tinchlik-osoyishtalik, erkin va farovon hayotga shukrona keltirish, uning qadriga yetish xayri barakani yanada ziyoda qiladi. Zero, tinchlik-osoyishtalik hukm surgan joyda, yuksalish, taraqqiyot bo‘ladi. Mamlakat gullab-yashnaydi.

Fakultet tyutorlari SHUKR QILISHNI BILMASAM NIMA QILAY? degan talabalar savollarga bir nechta tavsiyalar berilib ma’rifat darsini davom etirishdi.

Ma’rifat soatining 4-bosqichida, talabalar uchun O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” kitobini birgalikda o’qish
tavsiya etildi. Qisqacha ushbu kitobning mazmun mohiyatini tushunish maqsadda talabalar bilan birgalikda o’qildi.

“SHUKRONALIK – ENG ULUG‘ FAZILATDIR” mavzusidagi ma’rifat darsini yanada boyitish maqsadda Video lavhalar yordamida boyitib, talabalar ongiga singdirish maqsadda qiziqarli olib borildi. Dars yakunida berilgan ma’lumot va materiallar bo’yicha auditoriyadagi tyutorlar va talabalar bilan savol-javob va muhokamalar ham tashkil etildi.

Joriy yilning 27-yanvarida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti katta zalida talabalar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish bo’yicha institut rektori Sh.Teshayev va rektor maslahatchisi M.G’oyibnazarov tomonidan institut rahbariyati, professor-o’qituvchilari hamda tyutorlar bilan targ’ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

✅Tadbir davomida institut rahbariyati talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazib, jinoyatchilikni oldini olish maqsadida turli xildagi to’garaklar yo’lga qo’yilishi kelishib olindi.

➡️2019-yilda bu universitet “Sog’liqni saqlash vazirligi” bilan memorandum imzolagan. Shu memorandum davomi sifatida Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan qo’shma ta’lim dasturini ochish masalasi muhokama qildi hamda Ikki tomonlama hamkorlik yo’lga qo’yildi.

Joriy yilning 28-yanvar kuni Hindistonning “Medical institute for screening test” tashkiloti rahbari Doctor Venet Gupta Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida tibbiyot instituti va “Medical institute for screening test” tashkiloti bilan bitim imzolandi.

Bu tashkilot Hindistonning milliy imtixoniga 3-kursdan 6-kursgacha bo’lgan hindistonlik talabalarni tayyorlaydi. Bu tashkilot tibbiyot instituti bitiruvchi talabalariga institut darslaridan keyin yiliga 4 martadan 6 martagacha master class o’tib beradi va bu talabalar institutni tamomlab Hindiston milliy testidan o’tish uchun juda ajoyib imkoniyatdir.

✅Mazkur yig‘ilishda birinchi prorektorlar va dekan o‘rinbosarlari, ijtimoiy-gumanitar kafedrasi professor-o‘qituvchilari, barcha tyutorlar, “Qalqon” guruhi a’zolari, profilaktika inspektorlari, psixologlar ishtirok etishdi.

🏛➡️Ichki Ishlar  Vazirining 750-sonli buyrug’i  ijrosi doirasida, IIV JXD HPX bo‘linma boshlig‘i podpolkovnik Fayzullayev Zoxid Uralovich boshchiligildagi ishchi guruh tomonidan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘rganish ishlari olib borildi.

✔️Tashrif davomida qaror talablarining bajarilishi, xavfsizlik choralarining holati va tegishli yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. O‘rganish natijalari asosida taklif va tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar taqdim etildi. Mazkur tadbir qaror ijrosini ta’minlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qildi.