How may we help you?

Joriy yilning 25-yanvarida Abu ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institut “Talabalar Turar joyi”da  xotin-qizlar psixologi D.M.Qaxxorova tomonidan “Qiz bolaning oiladagi o’rni” mavzusida psixologik trening utkazildi.

Trening davomida qizlarimizga oila muqaddasligi, uni asrash, qiz bolaning oiladagi o’rni va majburiyatlari haqida tushunchalar berildi.Art-terapiya metodlaridan foydalanib, hayotga bo’lgan intilishlarini yanada rivojlantirishdi. Talaba qizlarimiz bugungi kunda xotin-qizlarga berilayotgan shart sharoitlardan va cheksiz imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini o’zlarining samimiy fikrlarida bildirdilar.

🏛✔️Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiyot fakulteti 3-bosqich talabalari Azizbek Hamidov va Nargiza Sobirova ,,Scientific Academy” tomonidan tashkil qilingan MDH davlatlari oʻrtasidagi xalqaro tanlovda ishtirok etdib, “Fidoiy xizmatlari uchun” ko’krak nishoniga sazovor bo’lishdi.

🏛 “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Maktabimga kitob sovg’a qilaman” hamda 2025-yil Prezidentimiz tomonidan “Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan kafedralar tomonidan biriktirilgan maktablarga kitoblar to’plami topshirilib, daraxt ko’chatlari o’tkazilmoqda.

Bugun bunday ezgu amallarni institutning yuqumli kasalliklar loyihasi amalga oshirdi.

Yaqinda Prezidentimiz qarori bilan universitet maqomini olishi kutilayotgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro hamkorlik aloqalari kundan kunga rivojlanib bormoqda.
10 ga yaqin davlatlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari, rivojlangan tibbiyot va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda malaka oshirish va stajirovkalar tashkillashtirilayotgani hamda xorijiy safarlar va ularning yuqori samaradorligi buni o‘zida aks ettirmoqda. 

Shu kunlarda Tyumen davlat tibbiyot universitetin rektori professor Petrov Ivan Mixaylovich boshchiligidagi delegatsiya institutda bo‘ldi.
Nufuzli mehmonlarni institut rektori professor Shuhrat Teshayev va prorektorlar kutib olib, zamonaviy qiyofada bunyod etilgan institut kampusi, axborot resurs markazi, xalq tabobati bo‘limi, Simulyasiya markazi va klinika binosi bilan tanishtirishdi.
Rossiyalik mehmonlar yaratilgan tibbiy ta’limni rivojlantirish imkoniyatlariga yuqori baho berdi.

Uchrashuv davomida tomonlar kelgusida oliy tibbiy ta’limni rivojlantirish maqsadida qator kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi. Qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etish, stajirovka o‘tash, xalq tabobatini rivojlantirish, birgalikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Ma’lumi qilinishicha, yangi 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab, Buxoro davlat tibbiyot institutida Stomatologiya va davolash ishi yo‘nalishida Tyumen davlat tibbiyot universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etilib, talabalar qabul qilina boshlaydi.

✅Zakovat Nodavlat Notijorat Tashkiloti tashabbusi bilan Buxoro viloyati oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻyicha “Doʻstlik kubogi” oʻyinlariga start berildi. Viloyatdagi barcha oliy taʼlim muassasasi jamoalari ishtirok etgan bahsda ilk mezbon: Buxoro davlat pedagogika instituti boʻldi.

🥇,,Doʻstlik kubogi”ning dastlabki oʻyinida Buxoro davlat tibbiyot institutining 2 ta jamoasi ishtirok etdi. Institutimizning “Misteriya” jamoasi ,,Doʻstlik kubogi” ning ilk oʻyinlari gʻolibligini qoʻlga kiritdi.