Bosh sahifa

Statistika

0 +

Tayyorlangan shifokorlar

0 +

O'qituvchilar

0 +

Talabalar

0

Laboratoriyalar

XALQARO AKKREDITATSIYA VA E’TIROF

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekistondagi yetakchi va jadal rivojlanayotgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridan biridir. 2022-yildan boshlab u respublikadagi birinchi raqamli tibbiyot oliy ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etilgan. 

Bugungi kunda institutda dunyoning 25 ta davlatidan kelgan talabalar tahsil olmoqda, bu esa institutning tobora ortib borayotgan xalqaro nufuzi va jozibadorligini yaqqol namoyon etadi. Hozirgi vaqtda institutda Aljir, AQSh, Azerbayjon, Banglades, Kanada, Xitoy, Misr, Fransiya, Hindiston, Eron, Isroil, Iordaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Marokash, Nepal, Pokiston, Rossiya, Shvetsiya, Tunisiya, Turkiya, Ukraina, Buyuk Britaniya, Turkmaniston, Tojikistondan kelgan xorijiy talabalar tahsil olmoqda.

Institut ta’lim sifati va akkreditatsiya yo‘nalishida ham muhim xalqaro yutuqlarga erishgan. Hozirgi kunda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan. Xususan, “Davolash ishi” va “Stomatologiya” bakalavriat ta’lim dasturlari Eurasian Centre for Accreditation and Quality Assurance in Higher Education and Health Care (ECAQA) tomonidan xalqaro miqyosda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur akkreditatsiya 2030-yilgacha amal qiladi.

Bundan tashqari, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekistondagi Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi tomonidan rasman tan olingan yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Bu esa institutda ta’lim sifatiga alohida e’tibor qaratilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi hamda institutning xalqaro maqomini yanada mustahkamlab, uning talabalari va bitiruvchilari uchun global ta’lim va professional maydonda yanada keng imkoniyatlar yaratadi.

Missiya

O’zgaruvchan dunyo sharoitida tibbiy-pedagogik fikrlashni o’zgartira oladigan, xalq salomatligini saqlash uchun aholiga sifatli tibbiy, profilaktika, reabilitatsiya yordami ko’rsatadigan yuqori malakali, ilmiy – amaliy, raqobatbardosh xalqaro darajadagi yetakchi kadrlarni tayyorlash

Konferensiyalar

Korrupsiyaga qarshi kurash

Yangiliklar

kontrakt shakli asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam koʻrsatish1
BuxDTI matbuot xizmati

Kontrakt shakli asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam koʻrsatish

Oʻzbekistn yoshlar ittifoqi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli …

Milliy qadriyatlar uyg'unligi9
BuxDTI matbuot xizmati

Milliy qadriyatlar uyg’unligi

🏛✅Bugun, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida …

Talabalar ligasi 2024(4)
BuxDTI matbuot xizmati

“Talabalar ligasi 2024”

🏛✅Joriy yilning 24-fevral sanida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro …

Biz barchamiz korrupsiyaga qarshimiz1
BuxDTI matbuot xizmati

🏛🔝Joriy yilning 11-fevral kuni, Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Biz barchamiz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi.

➡️Tadbirda Buxoro davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi boshlig’i …

Tadbirlar

Kelgusi
Tadbirlar

You can show all events here to let people take the chances to get involve.