How may we help you?

✅Zakovat Nodavlat Notijorat Tashkiloti tashabbusi bilan Buxoro viloyati oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻyicha “Doʻstlik kubogi” oʻyinlariga start berildi. Viloyatdagi barcha oliy taʼlim muassasasi jamoalari ishtirok etgan bahsda ilk mezbon: Buxoro davlat pedagogika instituti boʻldi.

🥇,,Doʻstlik kubogi”ning dastlabki oʻyinida Buxoro davlat tibbiyot institutining 2 ta jamoasi ishtirok etdi. Institutimizning “Misteriya” jamoasi ,,Doʻstlik kubogi” ning ilk oʻyinlari gʻolibligini qoʻlga kiritdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil dekabr oyida yoshlar bilan bo’lgan uchrashuvda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Kambag’allikdan farovonlik sari” dasturi asosida o’qish istagi bor bo’lgan kambag’al oila farzandlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektoriga murojaat qilishlari mumkin.

🔸Eslatma sifatida, Vobkent tumanidagi 18 nafar bitiruvchi yoshlar tibbiyot instituti rektoriga biriktirilgan.

✅🏛Bugun, 22-yanvar kuni, Institut professor-o’qituvchilari mazkur bitiruvchilar bilan uchrashib, ularning kelgusidagi rejalari, takliflari hamda muammolarini o’rgandi. Institutda “Kambag’allikdan farovonlik sari” dasturi asosida ishlar davom etmoqda.

💥Korrupsiya haqida 4 ta mif.

✅Bugun, 21-yanvar kuni, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti katta majlislar zalida institut rektori Sh.Teshayev va talaba-yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

🔸Uchrashuvda institut rahbariyati, fakultet pedagog-xodimlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

➡️Ucharshuvda Institut rektori Sh.Teshayev so’zga chiqib, talaba-yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlari, bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda kerakli yo’nalishdagi kerakli kadr bo’lib yetishishlari lozimligini ta’kidladi. Dunyo ilm ahliga yetuk olimlarni yetishtirib bergan Buxoroyi sharifda tahsil olish ulkan imkoniyatlar eshigini ochadi, albatta. Umid qilamizki, siz, yoshlar, ota-onangiz hamda vatanimiz oldidagi burchingizni bajarib, ishonchimizni oqlaysiz” deya talabalarga yuzlandi.

🏛✔️Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi PQ-167-sonli qarorining 3-ilova 5-bandi o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarni ma’naviy-ruhiy hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash maqsadida Buxoro viloyati Horin mahallasi, Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, Gulzor MFY hamda Qashqadaryo viloyati Koson tumani, Po’lati shaharchasi, Istiqlol mahallasida yashovchi  yolgʻiz keksalar holidan xabar olishib, ularga maʼnaviy-ruhiy hamda psixologik yordam koʻrsatishdi.

🏛✔️Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti faollar zalida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari Baxodirxo’ja Sharipov tomonidan institutda kiberxavfsizlik bo’yicha suhbat tashkil etildi.

✅Tadbirdan maqsad: o’qitish jarayonlarida yoki talabalar hayotida xavfsizlikni ta’minlash, xodimlar va talabalar o’rtasida huquqiy ongni oshirish, jinoyatlarni oldini olish va shoshilinch vaziyatlarga tayyorlikni oshirish maqsadida o’tkaziladi.