How may we help you?

Bugun bo‘lib o‘tgan tadbirda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev ishtirok etdi.

Buxoro viloyati qon quyish markazida o‘tkazilayotgan “Men donorman” aksiyasida bevosita tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va bir guruh talabalar o‘zlarining beg‘araz ishtiroki bilan faol bo‘lishdi.

Takidlash joizki, qon topshirib donor bo‘lgan inson yuzlab insonlarga umid bag‘ishlaydi. Bunday savobli ishi tufayli ko‘pchilikning hayotini saqlab qolishga o‘zlarini kichkina bo‘lsayam hissasini qo‘shgan bo‘lishadi.

Bugun qon topshirgan ko‘ngilli yoshlar bo‘lajak shifokor sifatida ham xalqimizga bunday ezgu amallarga namuna bo‘lmoqda.

⚡️🏛Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining 2025-yilgi mavsumiga start berilganligi munosabati bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida KASTING jarayonlari boshlandi!

✅Kasting malakali rejissorlar tomonidan olib borilmoqda. Jarayonda teatr san’ati bilan shug’ullanishga qiziqadigan talabalar o’z mahoratlarini namoyish etmoqda va bu yilgi tanlovda ishtirok etish imkoniyati uchun kurashmoqda!

🔴Tashrif jarayonida akademik va talabalar almashinuvi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yozgi maktablar va amaliyotlarni tashkil etish, fan va qo‘shma ta’lim dasturlari sohasida hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

📌Bundan tashqari Janubiy Koreyaning talaba va professorlari intitut rektori Sh.Teshayev hamrohligida institut klinikasi hamda simulyatsiya markazi bilan tanishib chiqishdi. Hamda Qirol Sejong koreys tili markazida koreys madaniyatini aks ettirgan tadbirlar tashkil etildi.

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar!
Vatanimizning mard va jasur himoyachilari!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining shonli 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman.

Vatan – muqaddas dargoh. Odatda “Vatan himoyachilari”, deganda ko‘z oldimizda, avvalo, harbiylar hamda ichki ishlar organlari xodimlari gavdalanadi. Aslida, shu Vatanda yashayotgan har birimiz Vatan himoyachisimiz.
Vatanni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, vatanparvar bo‘lish, sodiqlik, fidoyilik tuyg‘ularini his etib yashash har bir vatandoshimizning sharafli burchidir!

Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat hamda ulkan zafarlar tilayman.
Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Vatan himoyachilari!

Shuhrat Teshayev,
Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, professor

Joriy yilning 11-yanvar sanasida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining psixologlari N.Tosheva va D.Qaxxorovalar tomonidan institutning fakultet tyutorlariga “Pedagog va talabalar òrtasida  kommunikativ muloqotning psixologik xususiyatlari” mavzusida psixologik seminar-trening tashkil etildi.

💠Seminar-treningdan maqsad: pedagogik mahoratda kommunikativ muloqotning òziga xos psixologik jihatlarini ochib berishda muloqotning turlaridan òrinli foydalana olishdir.

🔻Trening ishtirikchilari :

1⃣Shaxs xususuyatlarining  “Shaxsingizni ochib berishning 1001 usuli” 

2⃣”Namunaviy murabbiy” metodikalarni bajarib,mavzuga oid tushunchalarini kengaytirib,ruhiy hordiq chiqarishdi.

🔵Uchrashuv o’qituvchilarga jamiyatda yuz berayotgan muammolarni va huquqbuzarliklarni oldini olish, talabalar va yoshlarni tarbiyalashda huquqiy bilimlarni kengaytirish maqsadida tashkil etildi.

✅Uchrashuvda prokuror o’qituvchilarni huquqiy ongni oshirish, jinoyatchilikni kamaytirish va yoshlarni salbiy ta’sirlardan himoya qilishda faollik ko’rsatishga undadi. Shuningdek, jamiyatda yuz berayotgan dolzarb masalalar, jinoyatlar va huquqiy tazyiqlar haqida suhbatlashish, o’qituvchilarning shu yo’nalishda maslahat va ko’maklarini olish maqsad qilindi.