🔵Bugun, 27-dekabr, Peshko’ tumani “Kuyovxo’ja” va Varaxsha MFY hududlarida Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Shuhrat Jumayevich Teshayevning qishloq aholisi bilan sayyor qabuli bo’lib o’tdi
27.12.2024 2025-01-09 9:54✅Yangi yil bayrami arafasida Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashiga Peshko’ tumanidan saylangan deputat, institut rektori Shuhrat Teshayev fuqarolarni sayyor qabulini tashkil etib, ularni muammo va masalalarini o’rganmoqdi.
Shuningdek, o’rganilgan masalalar yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq qabulxonasi Peshko’ tuman vakilligida, tuman hokimligida va tegishli viloyat kengashidagi qo’mitalarda masalalar muhokama qilinmoqda.



✅Bundan tashqari Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi hamda Jo’yzar sog’lomlashtirish markazida faoliyat yuritayotgan malakali shifokorlar yangi yil bayrami oldidan hudud aholisi uchun kengaytirilgan tibbiy ko’riklar o’tkazishmoqda.
🔸Ko’riklar natijasida ro’yxatga olingan kasalliklar bo’yicha institut klinikasi va Jo’yzar sog’lomlashtirish markazida davolanishlari uchun imkoniyat yaratib berilmoqda.



🏛Tibbiyot instituti rektori Sh.Teshayev hamda prorektor L.Niyozovning Janubiy Koreyaga Degu Hani universitetida
18.12.2024 2024-12-19 10:54Shu kunlarda “Traditional silk road” loyihasi doirasida Janubiy Koreyaning Yondok provinsiyasida birinchi “Medical silk road” loyihasini ishchi forumi bo’lib o’tmoqda.
Mazkur loyihaga Janubiy Koreya, Mongoliya, O’zbekiston, Turkiya, Qirg’iziston, Tayland, Vetnam davlatlari universitetlari qabul qilingan.
Bu loyihaning maqsadi xalq tabobatini rivojlantirish, xalq tabobati asosida ilmiy tadqiqot qilish, professor o’qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo’lga qo’yadi.
Avval ham xabar berilganidek, bu orqali Buxoroda aqlli issiqxona hamda ilmiy tadqiqot labaratoriyasi yaratiladi.
Institut rektori Sh. Teshayev ochilish marosimida nutq so’zladi.
Prorektor L. Niyozov esa slaydlar orqali Buxoro viloyati hamda tibbiyot instituti haqida ma’lumot berib o’tdi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti – dunyoning nufuzli “GreenMetrics UI” xalqaro reytingida
17.12.2024 2024-12-18 12:14Yaqinda Indoneziyaning “UI Green Metric World University Ranking” xalqaro reyting agentligi tomonidan butun dunyo oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha joriy yil reyting natijalari e’lon qilindi.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti “UI Green Metric World University Ranking” nufuzli reytingida TOP-1000 ta oliy ta’lim muassasalari qatorida barqaror rivojlanayotgan oliygoh sifatida e’tirof etildi va dunyo universitetlari ichida 797-o‘rinni egalladi. Bu mamlakatimizdagi tibbiyot universitetlari ichida 1-o‘rin hisoblanadi.
Shu bilan birga “eng faol institut” nominatsiyada ham BuxDTI munosib e’tirof etildi.

Bunda asosan institutning sifatli ta’lim tizimi va infratuzilma, yashil energiyadan foydalanish darajasi, shuningdek, iqlim o‘zgarishi, suv muammosi, transport sohalari, fan va tadqiqot yo‘nalishlaridagi faoliyati o‘rganilib, xalqaro reyting agentligi tomonidan yuqori baholangan.
Ma’lumot uchun, UI Green Metric World University Ranking – 2010 yilda “Universitas Indonesia” tomonidan tashkil etilgan yashil kampus va ekologik barqarorlik reytingidir. Mazkur tanlov “Universitas Indonesia” tomonidan o‘tkaziladigan jahon darajasidagi oliy o‘quv yurtlari reytingi bo‘lib, 6 mezon bo‘yicha 39 ko‘rsatkich orqali universitetlarning ekologik majburiyatlari va tashabbuslari natijalarini shaffof aniqlashga qaratilgan. Demak, UI Green Metric World University Ranking – “yashil” universitetlarning global reytingi hisoblanadi.
Aytish joizki, BuxDTI bu muvaffaqiyati mohiyatida Prezidentimiz tashabbuskorligida mamlakatimizda jadal tus olgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi va musaffo dunyo taqdiriga ziyo ahlining dahldorlik mas’uliyati mujassamdir.

✔️Samarqand shahrida “Samarqand-2020 IV xalqaro olimpiadasi” bo’lib o’tdi.
16.12.2024 2024-12-17 9:56🏛⛈Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Turkiya tibbiyot fakulteti talabalari bu olimpiadada qatnashib faxrli 1️⃣ va3️⃣o’rinlarni qo’lga kiritdilar.



❄️🎄 Buxoro davlat tibbiyot institutida Yangi yil bayrami shukuhi allaqachon boshlab yuborildi.
16.12.2024 2024-12-17 16:41Tashqarida qor. Havo harorati sezilarli darajada pasaygan, sovuq. Muhtasham bino, o’quv xonalari issiq.
Qolganlarini videolavhada tomosha qiling.
Stop_korrupsiya heshtegi ostida institumizda chellenj o`tkazilishi davom etmoqda
14.12.2024 2024-12-19 10:59



