№1 Pediatriya kafedrasi
17.12.2021 2024-12-24 15:36№1 Pediatriya kafedrasi
ORCID :
Scopus Author ID :
Researcher ID :
Google scholar :
Kafedra xodimlari
Kafedra tarixi
Pediatriya kafedrasi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori № 135 § 3 29.07.1992 yilgi buyrug’iga asosan tashkil etildi. Birinchi kafedra mudiri etib O’zbekiston Tabiiy Fanlari Akademiyasi muxbir a’zosi tibbiyot fanlari doktori, professor Salomov Inoyat Tagirovich № 4 /72 § 3 08.07.1992 yilgi buyrug’iga asosan tayinlandilar.
Salomov Inoyat Tagirovich
1939 yilda Buxoro shahrida tug’ilgan, millati o’zbek. 1992 – 2002 yillarda kafedra mudiri vazifasida ishladilar. 2002 yildan boshlab Samarqand davlat tibbiyot institutining Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi mudiri, O’zbekiston respublikasida yetakchi bolalar pulmonologi bo’lib faoliyat ko’rsatdilar. 350 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar, jumladan “Bolalar kasalliklari propedevtikasi” darsligi muallifi. I.T.Salomov rahbarligida 2 nafar fan doktori va 10 nafar fan nomzodlari tayyorlangan.
Inoyat Tagirovich Salomov 2016 yilda Samarqand shahrida vafot etganlar.
Shamsutdinov Asror Soliyevich
1945 yilda Buxoro shahrida tug’ilgan, millati o’zbek. 1981 yilda Rossiyada nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1986 – 2017 yillarda Buxoro viloyat bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi. 2017-2018 yillarda Pediatriya va bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 20 dan ortiq ilmiy ishlari, 2 ta o’quv qo’llanma, 1 ta monografiya muallifi.
Navruzova Shakar Istamovna
1967 yilda Buxoro shahrida tug’ilgan, millati o’zbek. 1996 yilda nomzodlik ishini, 2008 yilda doktorlik ilmiy ishini himoya qildi. Pediatriya kafedrasi mudiri lavozimida 2002 yildan buyon ishlab, 2009-2011 yillarda Tibbiy pedagogika va Oliy hamshiralik ishi fakulteti dekani, 2017-2018 yillarda Buxoro viloyat hokimi o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasining raisi lavozimida ishlagan. 2009 yilda II darajali “Sog’lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan, 2017 yilda “O’zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.
SH.I.Navruzova viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyat bolalar kasalliklari va o’limini kamaytirish maqsadida amaliyotdagi shifokorlar orasida 100 dan ortiq davra suhbatlari, amaliy mashg’ulotlar va seminarlar o’tkazib kelmoqda.
Sh.I.Navruzova pediatriya va allergologiya-immunologiyaning dolzarb muammolariga bag’ishlangan 3 ta darslik, 5 ta o’quv qo’llanma, 32 ta o’quv uslubiy qo’llanma, 156 ta ilmiy maqola, 7 ta monografiya, 6 ta patent, 2 ta axborot xati va 2 ta ratsionalizatorlik takliflarini ishlab chiqqan. Sh.I.Navruzova rahbarligida 15 nafar yosh olimlar doktorlik ilmiy ishlarni olib bormoqda. 4 nafar PhD-doktorlik dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Kafedra nomi asos solinganda “Bolalar kasalliklari” deb nomlangandi.
1998 – 1999 o’quv yilida kafedra “Bolalar jarrohligi kursi” bilan birlashgan.
1999 – 2000 o’quv yilida esa “Bolalar jarrohligi ” kursi alohida bo’lgan.
2000 – 2001 o’quv yilida kafedra tarkibiga “Neonatologiya” kursi kiritilgan.
2017 – 2018 o’quv yilida kafedra tarkibiga “Bolalar jarrohligi” kursi qo’shilib, “Pediatriya va bolalar jarrohligi” kafedrasi deb nomlangan.
2018 yil sentyabr oyidan boshlab kafedradan “Bolalar jarrohligi” chiqarilib, “Pediatriya” deb o’zgartirilgan.
2002 yil kafedra mudiri etib dotsent Navruzova Shakar Istamovna tayinlanganlar. 2017-2018 yillarda kafedraga t.f.n. Shamsutdinov Asror Soliyevich rahbarlik qilindilar.
2018 yil may oyidan boshlab kafedra mudiri etib yana Navruzova Shakar Istamovna tayinlanganlar.
Kafedraning maqsadi, vazifalari va faoliyati yo'nalishi
Kafedraning maqsadi talabalarga bolalar kasalliklari, pediatriya va neonatologiya, oilaviy tibbiyot fanlaridan bilim berish va shifokorlik amaliyotiga tayyorlash. Bunda zamonaviy tibbiyot oldida turgan muammolarni hal etishda va shifokorlik kasbi sirlarini o‘rganishda talabalarga sog‘lom va bemor bola ahvolini baholash, kasal va sog‘lom bolalarni ratsional ovqatlantirish, ularda kechadigan kasalliklarni aniqlashni o‘rgatish, davolash va oldini olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Bolalar kasalliklari fani pediatriya amaliyotida uchraydigan kasalliklarni erta tashxislash, ularni samarali davolash usullarini takomillashtirish va profilaktika choralarini o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Pediatriya kafedrasi xodimlari olot tuman tibbiyot birlashmasi ko`p tarmoqli markaziy poliklinika ShTTEM da bemorlar ko`rigi va chuqurlashtirilgan ko`rikda
Kafedra xodimlari seminar treninglarda
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi
Kafedraning ilmiy mavzusi: “O‘zbekiston iqlimi sharoitida onalar va bolalar sog‘ligini saqlash, oila muammolari, yashash sharoitini yaxshilash chora – tadbirlarining majmuasini ishlab chiqish” davlat qayd etish raqami №01830071914.
Kafedra yutuqlari
29 yillik faoliyati davomida 10 ta nomzodlik dissertatsiyasi, 1 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilindi, 450 dan ortiq ilmiy maqolalar, 70 ga yakin o’quv uslubiy qo’llanmalar, 2 ta “Bolalar kasalliklari” va “Bolalar kasalliklari propedevtikasi” darsliklari, 8 ta o’quv qo’llanma, 12 ta monografiya chop etildi, 100 ga yaqin amaliyotga taklif, EHM dasturlar va yangiliklar tayyorlandi.
Ilmiy-tadqiqot ishlari
Kafedra ilmiy ishlari bo’yicha mas’ul xodim – Ganiyeva Shaxzoda Shavkatovna
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan quyidagi muammolar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda:
1) Preeklampsiya bilan og‘rigan onadan tug‘ilgan kam tana vaznli chaqaloqlarda neonatal dezadaptatsiyaning immuno-bioximiyaviy mezonlari;
2) COVID-19 bilan og‘rigan onadan tug‘ilgan chaqaloqlarda kritik holatlarni baholash;
3) Bolalarda fuksional gastrointestinal kasalliklarning prediktorlari;
4) Bolalarda atipik pnevmoniyalarning klinik-laborator parametrlari;
5) Pubertat yoshidagi o’quvchi qizlarda temir tanqislik anemiyasining klinik xususiyatlari.
2020 yil yanvar oyida professor Navruzova Shakar Istamovna rahbarliklarida kafedra ilmiy izlanuvchilari Achilova Donoxon Nutfullaevna va Muxamedova Shaxnoza Tolibovna PhD doktorlik dissertatsiyasini himoya qildilar
Istiqbolli rejalar
– Kafedra ilmiy salohiyatini oshirish;
– Xorijiy mamlakatlar bilan o‘quv, ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va kafedra moddiy-texnik bazasini yangi zamonaviy uskuna va o‘quv laboratoriya jihozlari bilan boyitish orqali ta’lim sifatini yaxshilash
Kafedraning hamkorlik ishlari
Kafedra bugungi kunda Sankt-Peterburg Pediatriya tibbiyot universiteti, Samarqand davlat tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.
Davolash ishlari
Davolash ishlari borasida Buxoro tuman tibbiyot birlashmasining maslahat poliklinikasida, Buxoro tuman tug’ruq kompleksining neonatologiya bo’limida va BVBKTTMning kardiologiya, gastrogematologiya, allergologiya, pulmonologiya, neonatologiya bo‘limlarida faoliyat ko‘rsatib, amaliyotga yangiliklar joriy etish, bemorlarni davolash va ambulator maslahat berish, kasalliklar tarixi va o‘lim tarixini taxlil qilish, taqriz berish, bo‘limlarda konsiliumlar o‘tkazish va ishtirok etish, amaliyotdagi vrachlar uchun amaliy seminarlar va ma’ruzalar bilan qatnashib kelmoqdalar.
Kafedra tomonidan tashkil etilgan anjumanlar
- Kafedra xodimlari tomonidan 2015 yil noyabrda “Onalik va bolalikni muxofaza kilishning dolzarb muammolari” mavzusida institut akusher – ginekologlar bilan hamkorlikda respublika ilmiy – amaliy anjumani xalkaro ishtirok bilan tashkil etildi. Anjumanda ma’ruzalar va makolalar bilan ishtirok etildi. Rezolyusiya asosida bugungi kunda institutimizda Pediatriya fakultetiga asos solindi.
- 2018 yil 8-9 noyabr kunlari kafedra xodimlari tomonidan «Ona va bola salomatligini muhofaza qilishning dolzarb muammolari, yutuqlari va istiqbollari» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani xalkaro ishtirok bilan tashkil etildi. “ 5 ga yakin xorijiy xamkorlar taklif etildi, anjuman doirasida maxorat darslari o‘tkazildi.
O‘quv - uslubiy ishlar
Mashg‘ulotlar davolash, pediatriya, tibbiy biologiya va tibbiy profilaktika, stomatologiya, tibbiy – pedagogika va oliy hamshiralik ishi, xorijiy fakultetlari talabalari bilan o‘tkaziladi. Kafedrada Pediatriya va neonatologiya mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinatorlarni va magistrlarni tayyorlash amalga oshirilmoqda. Kafedrada o’quv ishlari bo’yicha mas’ul xodim – Sharipova Latifa Hakimovna
O‘quv reja: Kafedrada yangi o‘quv-uslubiy majmualar va ishchi o‘quv dasturlarni ishlab chiqish. Ularni ta’lim jarayoniga joriy qilish, O‘quv mashg‘ulotlari, tajriba darslari, bemorlar kuratsiyasi, davo varaqasi tahlili va audit, nazorat turlari, mustaqil ishlarni tashkil qilishdan iborat.
Ma'naviy-ma’rifiy va “Ustoz-shogird” ishlari
Kafedrada ma’naviy – ma’rifiy va axloq tarbiya ishlari institut tomonidan tasdiqlangan rejasiga muvofiq olib boriladi. Kafedrada har payshanba kuni ma’naviyat soati muntazam ravishda o’tkazib turiladi. Bunda ma’naviyat va ma’rifat soatlarida videoroliklar namoyish qilinishida, mavzular bo’yicha ma’ruzalar o’tkazishda ma’naviy-ma’rifiy va ustoz-shogird ishlar bo’yicha mas’ul xodim Yomgurova Ozoda Rajabturdiyevna, shu jumladan, kafedraning barcha xodimlari faol qatnashadilar.
Bo’lajak shifokorlarni ma’naviy qiyofasini shakllantirish, talabalar qalbi va ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish, ularda kasbga sadoqatlilik xislatlarni rivojlantirish maqsadida ma’naviyat soatlari tashkil etilgan.
Pediatriya kafedrasi ustozlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg tibbiyot universiteti rektori tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar
2020 yil pandemiya sharoitida onlayn tashkil etilgan xalqaro Pediatriya fan olimpiadasida iqtidorli talaba Xalikova Mahliyo faxrli 2-o’rinni egalladi. Zoom platformasmdan lavha
O'quv jarayoni
Pediatriya kafedrasida o’quv jarayonini amaliyot bilan olib borishda zamonaviy o’quv xonalarida va klinik bo’limlarda bolalar kasalliklarini o’rganish, tashhislash va davolash hamda amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirish uchun imkoniyatlar
Mashg’ulotlar oliy toifali pediatr, neonatolog-pedagoglar tomonidan o’tkaziladi.
PEDIATRIYA KAFEDRASI XORIJIY OLIY TA’LIM MUASSASALARI BILAN YAQINDAN HAMKORLIK QILADI
Akademik mobillik
2022 yil noyabr oyida pediatriya kafedrasi mudiri t.f.d professor Sh.I.Navro`zova va kafedra asistenti M.O’.Ergasheva Asfandiyorov nomidagi Qozog’iston Respublikasi Milliy Tibbiyot Universtiteti Barlbayeva nomli pediatriya kafedrasida akademik mobillik o’tdilar.
Madaniy va ma'rifiy tadbirlar
Kafedrada ma’naviy ma’rifiy va axloq tarbiya ishlari institut tomonidan tasdiqlangan rejasiga muvofiq olib boriladi. Kafedrada har payshanba kuni ma’naviyat soati muntazam ravishda o’tkazib turiladi. Bunda ma’naviyat va ma’rifat soatlarida videoroliklar namoyish qilinishida, mavzular bo’yicha ma’ruzalar o’tkazishda ma’naviy-ma’rifiy va ustoz-shogird ishlar bo’yicha mas’ul xodim Yomgurova Ozoda Rajabturdiyevna, shu jumladan, kafedraning barcha xodimlari faol qatnashadilar.
Bo’lajak shifokorlarni ma’naviy qiyofasini shakllantirish, talabalar qalbi va ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish, ularda kasbga sadoqatlilik xislatlarni rivojlantirish maqsadida ma’naviyat soatlari tashkil etilgan.
Kafedrada xorijiy talabalarning bo`sh vaqtini maroqli o`tkazish uchun ziyorat ekskursiya tashkil qilindi
Kafedrada ma’naviy ma’rifiy va axloq tarbiya ishlari institut tomonidan tasdiqlangan rejasiga muvofiq olib boriladi. Kafedrada har payshanba kuni ma’naviyat soati muntazam ravishda o’tkazib turiladi. Bunda ma’naviyat va ma’rifat soatlarida videoroliklar namoyish qilinishida, mavzular bo’yicha ma’ruzalar o’tkazishda ma’naviy-ma’rifiy va ustoz-shogird ishlar bo’yicha mas’ul xodim Yomgurova Ozoda Rajabturdiyevna, shu jumladan, kafedraning barcha xodimlari faol qatnashadilar.
Bo’lajak shifokorlarni ma’naviy qiyofasini shakllantirish, talabalar qalbi va ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish, ularda kasbga sadoqatlilik xislatlarni rivojlantirish maqsadida ma’naviyat soatlari tashkil etilgan.
Pediatriya №1 kafedrasidagi professor-o'qituvchilarning maqolalari
3. Иммуно_Биохимические_Показатели_При_Респираторной_Аллергии_У_Детей
4. Индикаторы_Риска_ПереходаХронического_Гастрита_В_Язвенную_Болезнь








