Professional ta’lim pedagog kadrlar malakasini oshirish markazi
29.10.2024 2024-10-31 12:37Professional ta’lim pedagog kadrlar malakasini oshirish markazi

Adizova Dilnavoz Rizokulovna
Markaz rahbari
Markaz xodimlari

Uslubchi
Umumiy ma'lumot
“Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini shunday kadrlar bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-1761-son 28.05.2012, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.08.2012 y. 242-son “Oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoro davlat tibbiyot institutining 30 dekabrь 2012 yil №324\1 buyrugʼi bilan institut huzurida Oʼrta maxsus kasb hunar taʼlim tizimi kadrlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi tashkil etiilgan.
Markaz faoliyati Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yarnada takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-5812-son Farmonida belgilab berilgan vazifalar asosida olib boriladi. Markaz nizomi OʼzR Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-fevraldagi 106-sonli “Professional taʼlim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori asosida tasdiqlangan. Markazda Qoraqalpogʼiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan jamoat salomatligi texnikumi va tibbiyot kolledjlari professional taʼlimi muassasalarining rahbar va pedegog kadrlarini malakasini oshirish bilan shugʼullanadi. Markazda Tibbiyot hamshirasi, Davolash ishi (terapiya), Davolash ishi (xirurgiya), Tibbiy profilaktika, Stomatologiya va farmatsiya yoʼnalishlarida malaka oshirish sikllari tashkil etiladi. Oʼquv dars jarayonlari Buxoro davlat tibbiyot institutining yetakchi professor – oʼqituvchilari tomonidagn olib boriladi.
Har yili Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʼi asosida kontingent soni va rejasi tasdiqlab beriladi, hamda shu asosda dars jarayonlari tashkil etiladi.
Markaz nomi 29 mart 2023 yil BDTI ning 8 son institut kengashi yigʼilishida koʼrib chiqildi va “PROFESSIONАL TАЪLIM PEDАGOG KАDRLАR MАLАKАSINI OShIRISh MАRKАZI” deb tasdiqlandi. Muayyan yoʼnalishda kursni tamomlagan tinglovchilar Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʼor texnologiyalarni tadbiq etish markazi tomonidan taʼminlanadigan va Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan tasdiqlanadigan davlat namunasidagi sertifikatga ega boʼladi. Oʼquv jarayonlari Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023 yil 6 martdagi 43 sonli “Professional taʼlim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qoʼyiladigan davlat taʼlim talablarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi buyrugʼi boʼyicha Davlat taʼlim standarti asosida tashkil etiladi.
Malaka oshirishning vazifalari quyidagilardan iborat:
professional taʼlim muassasalari boshqaruv hamda pedagog kadrlarining kasbiy bilim, koʼnikma va malakalarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq professional taʼlim sifatini taʼminlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirish;
professional taʼlim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida yagona oʼquv-uslubiy bazani ishlab chiqish, oʼquv jarayonini sifatli tashkil etishga qaratilgan metodik rahbarlik va taʼlim sifati boʼyicha ichki nazoratni amalga oshirish;
malaka oshirishning toʼgʼridan-toʼgʼri va bilvosita shakllarini amaliyotga joriy etish va muntazam monitoringini olib borish;
kadrlarning mustaqil ish natijalari, oʼz ustida ishlash, turli tanlovlarda ishtirok etish va boshqa kasbiy faoliyatida erishgan yutuqlariga oid maʼlumotlarni oʼzida jam etgan elektron portfolio tizimini joriy etish;
malaka oshirish jarayonlarini tashkil etishda Internet axborot tarmogʼi, mulьtimedia tizimlari, masofadan oʼqitish usullaridan, vebinar texnologiyalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni egallash va ularni oʼquv jarayoniga tatbiq etish koʼnikmalarini shakllantirish;
ilgʼor xorijiy tajribalar asosida taʼlim dasturlarini doimiy yangilab borish hamda taʼlim jarayoniga joriy etish;
kasbiy bilim, koʼnikma va malakani uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq professional taʼlim sifatini taʼminlashga qaratilgan kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirish;
ilmiy-pedagogik salohiyatdan kelib chiqib, malaka oshirishning kasbiy ehtiyojlarni qanoatlantirishga yoʼnaltirilgan shakllarini mustaqil tanlash va oʼzlashtirish;
taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash orqali boshqaruv hamda pedagog kadrlarning tayyorgarligi sifatiga qoʼyiladigan malakaviy talablarni takomillashtirish.
Yillik reja
Mutaxassisliklar boʼyicha dasturlar
Tibbiyot hamshirasi dasturi – 144 soat
Davolash ishi (Terapevtik fanlar) – 144 soat
Tibbiy profilaktika dasturi – 144 soat
Markaz sertifikati
Muayyan yoʼnalishda kursni tamomlagan tinglovchilar Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʼor texnologiyalarni tadbiq etish markazi tomonidan taʼminlanadigan va Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan tasdiqlanadigan davlat namunasidagi sertifikatga ega boʼladi.
Galereya






NavigatsiyaToggle Table of ContentToggle
So'ngi yangiliklar
- Giyohvandlikning zararli oqibatlari
- Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi professorlari Qorako’lda tibbiy ko’rik o’tkazishdi.
- Aholi bandligini ta’minlash va kambag’allikni qisqartirish chora-tadbirlari to’g’risida
- Aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish va fuqaro muhofazasi bo‘yicha seminar Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘tkazildi
- Akademik mobillik