Qabul nizomi(Xalqaro talabalar)
15.10.2021 2025-07-11 15:33Qabul nizomi(Xalqaro talabalar)
Xorijiy davlat fuqarolari Buxoro davlat tibbiyot institutida mavjud bo‘lgan istalgan fakultet va yo‘nalishda o‘qish huquqiga egadirlar. Institut ta’lim dasturlari haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havoladan olishingiz mumkin:
Bakalavriat dasturlari – https://bsmi.uz/en/bachelor-education/
Magistratura dasturlari – https://bsmi.uz/en/postgraduate-education/
Doktorantura dasturlari – https://bsmi.uz/en/doctoral-education/
Qabul qoidalari:
Xorijiy fuqarolar biologiya, kimyo va o‘qitish tili (rus yoki ingliz) bo‘yicha og‘zaki suhbat (intervyu) asosida qabul qilinadilar.
Imtihon fanlari: Biologiya, Kimyo, Ingliz yoki Rus tili
Suhbatda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:
- Institut rektori nomiga ariza (dastur, til va o‘qish shakli ko‘rsatilgan holda) (yuklab olish mumkin);
- Aloqa ma’lumotlari: manzil, e-mail va telefon raqamlari
- Diplom yoki attestatning asl nusxasi va rus yoki o‘zbek tiliga notarial tarjimasi
- Milliy va xalqaro pasport nusxasi (agar bor bo‘lsa, yashash guvohnomasi ham)
- 6 dona 3.5 x 4.5 sm o‘lchamdagi fotosurat
Shaxsan olib kelinadi yoki Email orqali yuboriladi: admissions@bsmi.uz yoki onlayn forma. Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon raqamiga murojaat qiling:
+998 95 911 0050
+998 97 305 0850
E-mail: admissions@bsmi.uz


BuxDTIda o‘qish uchun talabalarga qo‘yiladigan talablar:
Tibbiy talablar:
- OITS (VICh) testi (kelgach o‘tkaziladi)
- Tibbiy ko‘rik guvohnomasi va ko‘krak qafasi rentgeni (kelgach o‘tkaziladi)
- To‘liq tibbiy tekshiruv
- Akademik talablar
- Minimal yosh: Talaba 31-dekabrga qadar 17 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak. Bakalavriat bosqichiga hujjat topshirish uchun maksimal yosh chegarasi mavjud emas.
Bakalavr darajasi dasturiga hujjatlar:
- Pasportning skaner qilingan nusxasi
- 10+2 baholar varaqasi (skaner qilingan)
- Tug‘ilganlik haqida guvohnoma
- Tibbiy ko‘rik guvohnomasi
- Pasport o‘lchamdagi fotosuratlar