Stomatologiya – tibbiyotning og‘iz bo‘shlig‘i, jag‘ va tish kasalliklariga oid bo‘limi.
Bizning har birimiz hayotimizda hech bo‘lmaganda bir marotaba stomatolog qabulida bo‘lganmiz. SHunday ekan, u nima bilan shug‘ullanishini hammamiz yaxshi bilamiz. Stomatologiyada foydalaniladigan bittagina dorining hididan noxush holatiga tushadiganlar esa ushbu kasbni egallab, yaxshi maoshda ishlash haqida o‘ylamaganlari afzalroq.
Stomatolog bir vaqtning o‘zida patsientlarni qabul qilishi, ularni diqqat bilan tinglay olishi, tishlar va og‘iz bo‘shlig‘ini ko‘rishi va kasallangan tishni, kasallik sababini va davolash usulini, davolash preparatlarini aniqlab olishi zarur. SHundan keyingina zarur og‘riqsizlantiruvchilar yordamida davolash jarayonini olib borishi lozim. Ba’zan, davolash kurslari oylab cho‘zilishi ham mumkin. Stomatolog ishining yana bir qiyin tomoni – “g‘alati mashina”lardan juda-juda qo‘rqadigan va gapirib bilmaydigan patsientlar, ya’ni yosh bolalarni davolash. Ular bilan ishlash uchun har qanday vrachdan talab qilinganidek, tish doktori ham yaxshi psixolog bo‘lishi shart. Tibbiy-stomatologik texnika va preparatlarning xilma-xilligi esa hozirgi kunda davolovchini ham, davolanuvchini ham ortiqcha muammolardan va noqulayliklardan xalos etadi.
Passport, maktabni bitirganligi to’g’risidagi guvohnoma yoki akademik litsey/kollej diploma, 3×4 rasm.
5 yil
(mahalliy talabalar) – UZS 15344490
(xalqaro talabalar) – $3000-5500
60910100
© 2024 BSMI. Barcha huquqlar himoyalangan