Bolalar stomatologiyasi kafedrasi

Bolalar stomatologiyasi kafedrasi

Каmalova Feruza Raxmatilloyevna

Кafedra mudiri

Kafedra xodimlari

Yariyeva Oynisa Oltinovna
dotsent
Eronov Yoqub Quvatovich
dotsent
Тurayeva Feruza Abdurashidovna
dotsent
Ахmedov Alibek Bahodirovich
dotsent
Raxmatova Dilnora Saidjonovna
assistent
Rajabov Amirjon Axtam o’g’li
assistent
Tolibova Munira Izzatullayevna
assistent

Kafedra tarixi

Кaredra 2003-yil 30-iyun kuni institute rektori Ахmedov R.М.buyrug’iga аsosan davolash vа jarrohlik stomatologiyasi  karedralari tarkibidan mustaqil ravishdа аjralib chiqdi, ya’ni tashkil etildi.

         Кaredra аsoschisi vа karedra mudiri  t.f.n., dotsent Маmatnаzarova     Маysаrа Farmonovna tayinlandi.

30-iyun 2008 yilgacha М.F. Маmatnаzarova karedra mudiri lavozimida ishlagan.
21 avgust 2009 yilda t.f.d. dots., I. А. Хudayarov karedra mudiri lavozimida ishlagan.
29i yul 2014 yilgacha t.f.n.dоts.,S. Sh.Оlimov karedra mudiri lavozimida ishlagan.
22 iyul 2016 yildan t.f.n. dots.,F.R. Каmalova karedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Yillar davomida kafedra muudirlari o‘zgarib kelgan. Birinchi kafedra mudiri etib t.f.n., dotsent Mamatnazarova Maysara Farmonovna tayinlandi. Kafedra 2003 yil stomatologiya markazida joylashgan bo‘lib, bir nechta o‘quv xonalaridan iborat edi. Institut ma’muriyati tomonidan talabalarning dars o‘tishi uchun barcha sharoitlar tashkil qilingan bo‘lib, ma’ruza zallari, o‘quv xonalari va xar bir xonada zamonaviy stomatologik uskunalar o‘rnatilgan edi. O‘rnatilgan bormashinalar xozirgi zamon talablariga javob beradigan turbinali bo‘lib, og‘riqsiz davolash imkoniyatiga ega edi. Bolalar stomatologiyasi kafedrasida 3 kurslar uchun Stomatologik kasalliklar profilaktikasi, 4 kurs uchun Bolalar fakultet terapevtik stomatologiyasi, 5 kurs uchun esa Bolalar gospital terapevtik stomatologiyasi, Bolalar jarrolik stomatologiyasi kabi fanlar o‘tiladi. 2008 yil 21 avgustga kelib institut rektori buyrug‘iga asosan kafedra mudiri qilib t.f.d.,professor Ishmumin Ashurovich Xudayarov tayinlandi. Shu yillarda bolalar stomatologiya kafedrasida yangi usullar va amaliy kunikmalar bilan darslar olib borildi. 2009 yil 19 avgustda institut rektori buyrug‘iga asosan kafedra mudiri qilib t.f.n. Siddiq Sharifovich Olimov tayinlandi.

29 iyul 2014 yili O‘zbekiston Respublikasi Prerzidentining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Toshkent tibbiyot akademiyasining stomatologiya fakulteti negizida Toshkent davlat stomatologiya instituti va uning Andijon, Samarand, Nukus filiallari qatorida Buxoroda filiali xam tashkil etildi. Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filiali negizida Bolalar stomatologiyasi kafedrasi 2014 yil 2 sentabrdan o‘z faoliyatini boshlagan edi.
2016 yili 22 iyul kuni Toshkent davlat stomatologiya instituti Buxoro filiali direktori A.Sh.Inoyatov buyrug‘iga binoan kafedra mudiri etib t.f.n. dos. Feruza Raxmatillayevna Kamolova tayinlandi. Kamolova Feruza Raxmatillayevna Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Mutaxassisligi stomatolog, oliy toifali yuz-jag‘ jarroxi. 1996 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutining stomatologiya fakultetiga o‘qishga kirib, 2001yilda shu institutining imtiyozli diplom bilan tugatdi. 2001-2003 yillar Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasida xirurgik stomatologiya bo‘yicha klinik ordinaturani tugatdi. 2003-2016 yillarda Buxoro davlat tibbiyot instituti Xirurgik stomatologiya kafedrasi assitenti, 2016 yildan boshlab hozirga qadar Buxoro davlat tibbiyot instituti Bolalar stomatologiyasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Bolalar stomatologiya kafedrasi xodimlari

Hozirgi davrda 7 oktabr 1977 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan t.f.n.dos.,F.R.Kamalova kafedra mudiri lavozimida ishlamoqda. 2001 yilda Buxoro davlat tibbiyot instituti Stomatologiya fakultetini tamomlagan. 1995-1996 yy. – Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti Normal anatomiya kafedrasi laboranti
1996-2001 yy. – Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti Stomatologiya fakulteti talabasi 2001-2003 yy. – Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti Xirurgik Stomatologiya kafedrasi klinik ordinatori 2003-2014 yy. – Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti Xirurgik Stomatologiya kafedrasi assistenti 2014-2016 yy. – Toshkent Davlat Stomatologiya institutining Buxoro filiali «Xirurgik stomatologiya» kafedrasi assistenti 2016 y.-Toshkent Davlat Stomatologiya institutining Buxoro filiali «Bolalar stomatologiyasi» kafedra mudiri 2016 y. – h.v. -Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti «Bolalar stomatologiyasi» kafedra mudiri lavozimida ishlamoqda. Kamalova F.R 2010 yil 24-iyun kuni “Sovershenstvovaniye lecheniya i profilaktika oslojneniye gnoynogo periostita chelyustey u detey” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yo‘qladi.  2021yilda “Qandli diabet bilan og‘rigan bolalarda asosiy stomatologik kasalliklar kompleks profilaktikasi dasturini tuzish” nomli doktorlik ilmiy mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bolalar stomatologiyasi kafedrasida quyidagi yuqori malakali o‘z kasbining mahoratli o‘qituvchilar ishlayaptilar: Yariyeva Oynisa Oltinovna PhD., dos, Turayeva Firuza Abdurashidovna PhD., dos, Axmedov Alibek Baxodirovich PhD., dos katta o‘qituvchi Yo.K. Eronov va o‘qituvchilar D.S.Raxmatova, A.A.Rajabov Safarov Sh.

Ayni paytda bolalar stomatologiyasi kafedrasida stomatologiya, farmakologiya, immunologiya yo‘nalishlarida ilg‘or ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

   Kafedra xodimlarining ilmiy izlanishlari asosan bolalar stomatologiyasining diagnostika, davolash va profilaktikasining yangi texnologiyalari va vositalarini yaratishga qaratilgan. Kafedraning ilmiy faoliyati xalqaro ilmiy-ta’lim markazlari bilan chambarchas bog‘liq. Kafedra xodimlari ilmiy va xalqaro ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etadilar.   Hozirda kafedra xodimlari tomonidan quyidagi asosiy ilmiy izlanishlar olib borilmoqda:“Aerodent” qurilmasi yordamida bolalarda tish kariesining oldini olishni takomillashtirish”.”Nogiron bolalarda surunkali kataral gingivitni davolashni takomillashtirish”.  Bu esa kafedrada talabalar uchun o‘quv dasturlarini eng zamonaviy darajada ushlab turish imkonini beradi. Kafedra xodimlari “Bolalar stomatologiyasi” yo’nalishi fakultet talabalarini tayyorlaydilar.Oxirgi 3 yil davomida kafedra xodimlari tomonidan respublika, Rossiya va xorijiy jurnallarda 120 dan ortiq maqolalar chop etilgan; 10 ta patent oldi; 1 ta oʻquv qoʻllanma, 4 ta ilmiy monografiya, yana 10 ta oʻquv-metodik qoʻllanma, metodik koʻrsatmalar chop etildi. Oxirgi 2 yil davomida kafedrada 4 ta nomzodlik dissertatsiyasi va bitta doktorlik ishi himoya qilingan.Professor S.A.G‘afforov, A.Sh.Inoyatov, F.L.Mirsalihova boshchiliklarida kafedra xodimlari O.O. Yariyev “Bolalarda tish kariyesini erta tashxislash, davolash va uning oldini olishning klinik asoslari”mavzusida dissertatsiya ishini himoya qildi. Axmedov A.B “Bolalarda qattiq tish to‘qimalarining karioz bo‘lmagan shikastlanishlarini kompleks davolash samaradorligini klinik-biokimyoviy baholash” mavzusida, Eronov Y.Q. To’raeva F.A.

 “Generallashgan parodontitlarda autotrombotsitar massani qo’llash orqali davolash samaradorligini yaxshilash” mavzusida dissertatsiya ishini himoya qildi.

Asosiy nashrlar

1. Kamalova F.R., Y.K. Eronov “Bolalard kariyes profilaktikasi” (O’quv qo’llanma).2. Kamalova F.R., Y.K. Eronov., Eshonqulov G.T “Bolalar ogiz bo’shlgi shilliq qavatining yuqumli kasalliklaridagi oʻzgarishlari” (Oʻquv qoʻllanma)3. Kamalova F.R, A.A.Rajabov “Bolalar yuz-jag sohasi o‘smalari, tashhislash va davolash usullari” (O’quv qo’llanma).4. Yarieva OO “Bolalar yoshida uchragan karies va nokarioz yaratish” (O’quv qo’llanma).5. Kamalova F.R., “Bolalar yuz-jag sohasi abcess va flegmonalar tashhislash va davolash usullari” (O’quv qo’llanma).6. Kamalova F.R., “Bolalarda jag’ning o’tkir yiringli periostitini davolash va oldini olishning zamonaviy jihatlari” (Monografiya).7. Mirsalixova F.L., Y.K. Eronov., “Bolalarda kariyes profilaktikasi” (Monografiya).8. Yarieva OO “Bolalarda kariyesni erta tashxislash, davolash va oldini olish” (Monografiya).

Grant

 Amaliy tadqiqotlar  № FZ – 201902013“Bolalarda tish kariesining birlamchi profilaktikasi uchun yangi Aerodent  tish yuvish qurilmasini yaratish “Loyiha rahbari: Raxmatova Dilnora Saidjanovna 

Bolalar stomatologiyasi kafedrasining ilmiy tadqiqot ishlari

Talabalar malakasini oshirish BuxDTI negizida viloyat bolalar stomatologiyasi poliklinikasida pediatrik bemorlardagi klinik holatlar tahlili bilan olib boriladi.

O`quv va metodik ishlar

Kafedra xodimlari tomonidan talabalar bilimini nazorat qilishning yangi shakllarini ishlab chiqqan holda amaliy mashg‘ulotlar mavzulari bo‘yicha o‘quv dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlanmoqda.     Kafedrada bolalar jarrohlik stomatologiyasi va bolalar terapevtik stomatologiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturi amalga oshirilmoqda. Klinik ordinatorlar bolalar jarrohlik stomatologiyasi va  bolalar terapevtik stomatologiya mutaxassisliklari bo’yicha tayyorlanadi.

Kafedrada talabalarning ilmiy ishlari rag’batlantiriladi. Talabalarning ilmiy ishlarda ishtirok etishi, talabalar ilmiy to‘garagining muntazam yig‘ilishlari, turli talabalar konferensiyalarida qatnashish, shuningdek, talabalar ishlarining respublika tanlovlarida qatnashish kiradi.

O’qituvchi professorlarning taqdirlash marosimi

Bolalar stomatologiyasi kafedrasi mudiri dotsent Kamalova F.R.ning doktorlik mavzusi bo‘yicha DSc ximoyasi
BDTI TTJ yotoqxonasida Bolalar stomatologiya kafedrasi professor- o‘qituvchilari tomonidan “Kasbim mening faxrim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
9- may Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Bolalar stomatologiyasi kafedrasi assistentlari Ulug‘ vatan urushi qatnashchisi Valiev Habib bobo xonadonida bo‘lib, u kishining holidan xabar olishdi.
Buxoro shahridagi 1- Maktabgacha talim muassasasida sog‘lom tishlar mavzusida bolalar uchun tadbir o‘tkazildi.
Bolalar stomatologiyasi kafedrasi assistenti Raxmatova D.S tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori bo‘yicha dissertatsiya himoyasi
Bolalar stomatologiya kafedrasi dotsenti Yarieva.O.O Sankt Peterburg davlat universitetida akademik mobillik asosida malakaviy amaliyot o‘tab keldi.
Bolalar stomatologiyasi kafedrasi assistenti PhD Raxmatova D.S Turkiya davlati Istanbul shahridagi Sog‘liq Bilimlari Universiteti Tish hakimligi fakultetiga akademik mobillik asosida malakaviy amaliyot o‘tab keldi.
Bolalar stomatologiyasi kafedrasi assistentlari Raxmatova D.S va Eronov Yo.Q tomonidan Vobkent tumanida bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Shaxmat” bo‘yicha musoboqada hakamlik qilishdi.
Bolalar stomatologiyasi kafedrasi assistenti PhD Raxmatova D.S. O‘zbekiston olima ayollari orasida o‘tkazilgan “100 ta ayol Innovatsion g‘oyalar tanlovi ”da qatnashib, Viloyat va Respublika miqyosida birinchi o‘rinni egalladi.
Bolalar stomatologiya kafedrasi dotsenti Yarieva.O.O Italiya Ferrari institutida malakaviy amaliyot o‘tab keldi.
Bolalar stomatologiya kafedrasi dotsenti Yarieva.O.O Turkiya Soglik bilimlar universitetida malakaviy amaliyot o‘tab keldi
Bolalar stomatologiyasi kafedrasi mudiri Dsc.dotsenti Kamalova.F.R va assisteti Tolibova.M.I Sankt Peterburg davlat universitetida akademik mobillik asosida malakaviy amaliyot o‘tab keldi.
Bolalar stomatologiyasi kafedrasi assistentlari Tosheva G.S va Turaeva F.A talabalar bilan amaliyot jarayonida
Bolalar stomatologiyasi kafedrasi mudiri Dsc.dotsenti Kamalova.F.R talabalar bilan dars jarayonidan lavhalar
Bolalar stomatologiyasi kafedrasi assistenti PhD Turaeva F.A. talabalar bilan dars jarayonida
Bolalar stomatologiyasi kafedrasi assistentlari PhD Eronov Yo.K va assistent Rajabov A.A talabalar turar joyida bo‘lib, “Keksalarni ezozlash xalkimizga xos ezgu fazilat” mavzusida davra suhbati o‘tkazishdi
Bolalar stomatologiyasi kafedrasi xodimlari bilan tartib-intizom masalari borasida majlis o‘tkazildi.
Bolalar stomatologiya kafedrasi assistenti PhD Turaeva F.A Qozoqiston Davlat Milliy Tibbiyot Universiteti stomatologiya fakultetida akademik mobillik asosida malakaviy amaliyot o‘tab keldi.

KAFEDRA XODIMLARINING  MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARI

Oqivchi xodimlar malaka oshirishda

Bolalar stormatologiyasi kafedrasida 523-gurux bilan birgalikda murabbiylik soati o‘tildi!

Bolalar stomatologiyasi kafedrasi xodimlari talabalar bilan birga refrendumga ishtirok etishdi

Bolalar stomatologiyasi kafedrasi xodimlari va talabalar referendumga qatnashishdi

Bolalar stomatologiyasi kafedrasi xodimlari magistrlardan yarim yillik imtihon olish jarayonida

Bolalar stomatologiyasi kafedrasida amaliyot darslari

Akademik mobillik

Mukofotlar

🏆“ Faol izlanuvchi ва замонавий узлуксиз таьлим сифатини ошириш” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi  ” FAOL IZLANUVCHI” xalqaro ilmiy-amaliy ko’rik tanlovi,shuningdek  Best Publication – yoshlarni qo’llab quvvatlash hamda ilmiy tadqiqotlar markazining 2023 yil 17sentyabr kungi № 720-sonli qaroriga muvofiq eng munosib deb topilgan “Faoll izlanuvchi” xalqaro konkurs tanlovi taqdirlanuvchilari  esdalik kòkrak nishoni hamda qimmatbaho sovģalari bilan mukofotlandilar. Shuningdek Buhoro davlat tibbiyot instituti Bolalar stomatologiya kafedrasi dotsenti, PhD Yariyeva Oynisa Oltinovna ham mazkur konkurs goliblaridan biri sifatida esdalik koʻkrak nishoni hamda qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi. Butun Bolalar stomatologiya kafedrasi nomidan ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz!!!