Kafedra tarixi

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori professor A.I. Mo‘minov 25 avgust 1993 yil 4/78 raqamli paragraf 15 buyrug‘iga asosan stomatologiya kursi tashkil qilindi va kursga dosent Yu.X. Yunusov mudir etib tayinlandi. 1994 yil stomatologiya kafedrasi talabalari soni oshishi hamda mutaxassislik fanlarini o‘tish lozim bo‘lganligi sababli 3 kafedra tashkil qilindi . Buxoro Davlat Tibbiyot Institutining rektori professor A.I. Mo‘minovning 25.08.1993 yil № 4/78 raqamli 15- Buyruqlari asosida terapevtik stomatologiya kafedrasi tashkil qilindi. Uning mudiri etib dotsent Y.X.Yunusov tayinlandi. Yu.X. Yunusov stomatologiya fakul’teti ish faoliyatini tashkillashtirish uchun: kafedralarni jihozlash va o‘quv jaraѐnini sifatli o‘tkazish uchun klinik bazalarni yaratishda birinchilardan bo‘lib faol ishtirok etdi.

Buxoro davlat tibbiѐt instituti rektori professor A.I. Mo‘minov 25 avgust 1993 yil 4/78 raqamli paragraf 15 buyrug‘iga asosan stomatologiya kursi tashkil qilindi va kursga dosent Yu.X. Yunusov mudir etib tayinlandi. 1994 yil stomatologiya kafedrasi talabalari soni oshishi hamda mutaxassislik fanlarini o‘tish lozim bo‘lganligi sababli 3 kafedra tashkil qilindi . Buxoro Davlat Tibbiyot Institutining rektori professor A.I. Mo‘minovning 25.08.1993 yil № 4/78 raqamli 15- Buyruqlari asosida terapevtik stomatologiya kafedrasi tashkil qilindi. Uning mudiri etib dotsent Y.X.Yunusov tayinlandi. Yu.X. Yunusov stomatologiya fakul’teti ish faoliyatini tashkillashtirish uchun: kafedralarni jihozlash va o‘quv jaraѐnini sifatli o‘tkazish uchun klinik bazalarni yaratishda birinchilardan bo‘lib faol ishtirok etdi. Ish faoliyati davomida o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy ishlarni chuqur va o‘ziga xos tarzda tahlil etib olib borish salohiyati bilan Yu.X. Yunusov ko‘pchilikning ehtiromu-e’tirofiga erishgan. Dosent Yu.X. Yunusov o‘z ilmiy va kasbiy ish faoliyatini 70 dan ortiq ilmiy ishlarida aks ettirgan. Uning shogirdlari tibbiѐt yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasida va boshqa davlatlarda tibbiѐt sohasida ulkan, beminnat xizmatini qo‘shib kelmoqdalar. Fidoiy olimning shifokorlik va ilmiy-pedagogik faoliyati Hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. Yu.X. Yunusov 1980 yil 12 noyabrda Toshkent shahrida «Tibbiѐt a’lochisi» ko‘krak nishoni va 1988 yil 8 noyabrda Toshkent shahrida «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi. Yu.X. Yunusov Xalqaro Stomatologlar konferensiyalarida: Qozog‘istonda, Bolgariyada (1964 yil), Moskvada (2000 yil), Leningradda (2000 yil), Janubiy Koreyada (2012 yil) o‘z ma’ruzalari bilan doimiy qatnashib kelgan. 1993 yildan boshlab Buxoro tibbiѐt institutida stomatologiya fakul’tetini tashkil qilishdagi faol qatnashganligi va o‘quv ilmiy ishlaridagi rivojlanishida faol qatnashganligi hisobga olinib, bir necha faxriy ѐrliqlar va sertifikatlarga ega bo‘lgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, institut professor va dosentlari tibbiyotning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha viloyatda yetakchi mutaxassis sifatida tan olindi, misol tariqasida xirurgiya, travmatologiya va ortopediya, nevrologiya, narkologiya, ko‘z kasallliklari, LOR kasalliklari va stomatologiya yo‘nalishlarini keltirish mumkin.

1992 yilda institutda stomatologiya fakul’tetining ochilishi juda katta e’tiborga loyiq voqea bo‘ldi. Shu bilan birga stomatologiya yo‘nalishi ko‘p mablag‘ talab qiluvchi asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi shartligi hamda bu talabni bajarish maqsadida maxsus stomatologiya markazi tashkil qilindi, markaz uchun maxsus faoliyat ko‘rsatmaѐtgan bino olinib, u talab darajasida ta’mirlandi, rekonstruksiya qilindi va ushbu markazga aholining ma’lum qismi davolash uchun biriktirildi. Stomatologiya fakul’teti talabalari manual mahoratlarini rivojlantirish maqsadida Isroil mamlakatida ishlab chiqarilgan 20 ta bor mashina va stomatologik kreslolar bilan jihozlandi. Institutning stomatologiya markazini jihozlash, stomatologiya ashѐlari bilan ta’minlash, yangi texnologiyalarni joriy etish, xullas ta’lim jarayonini muntazam takomillashtirib borish Yu.X. Yunusovning asosiy vazifasiga aylandi. Hozirgi paytda stomatologiya markazida maxsus fantom zali tashkil qilingan bo‘lib, unda talabalarning bemorlarni boshidan oxirigacha qabul qilish, jaraѐnni batafsil ko‘rsatib berish imkoniyati, mavjud jaraѐn maxsus materiallardan tayѐrlangan tish imitatorlari va boshqa asboblardan bevosita foydalanish imkonini beradi. Bunda bemorgacha bo‘lgan propedevtik kurs o‘tilib, amaliy ko‘nikmalar hosil qilingandan so‘ng bevosita bemor qabul qilishga o‘tiladi. Yu.X. Yunusovning sa’y-harakatlari natijasida stomatologiya yo‘nalishidagi davolash va profilaktika ishlarini zamonaviy talablar darajasida amalga oshirish maqsadida Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi instituti va markazi bilan hamkorlikda ma’ruzalar, master-klass davolash muolajalari talabalar bilan almashish ishlari “Yan Yu Shik” nomidagi stipendiyalarini tanlash va taqdirlash, institut rahbariyatining Janubiy Koreyaning Seul va Pussan shaharlaridagi nufuzli universitetlarga borib, hamkorlikda bajariladigan ishlar to‘g‘risidagi shartnomalar imzolanishi hurmat e’tiborga loyiq.Kafedrada 1993 yil assistentlik lavozimiga Nurov N., Mirzaev M., Nazarov O., Rahimov F.,Ergashov I., Xo‘janazarov faoliyat ko‘rsatishdi. 1994 yil talabalar soni ko‘payganligi sababli ortopedik va jarrohlik stomatologiya kafedralari ajralib chiqdi. Terapevtik stomatologiya kafedrasida Hamroev.D.X. Barnoev.R.K. Namichkina L.X assistentlik lavozimiga klinik ordinaturaga esa Gaforov S.A qabul qilindilar. Kafedralar Viloyat klinik stomatologiya poliklinikasida, stomatologiya markazida va Bolalar stomatologiya poliklinikasida joylashib talabalar bilan dars o‘tdilar. 2019-yilda Buxoro Davlat tibbiyot instituti rektori Inoyatov A.Sh. buyruqlari asosida Rajabov Otabek Asrorovich “Terapevtik stomatologiya” kafedrasi mudiri etib tayinlandi.