Tibbiy kimyo kafedrasi 1991 yildan o‘z faoliyatini dastlab “Umumiy va bioorganik kimyo” kafedrasi sifatida boshlagan.
Kafedra tashkil etilgan vaqtda mudir Amonov M.R. bo‘lgan. O‘sha davrda kafedraning va o‘qish jarayonini tashkil etishda quyidagi professor o‘qituvchilar jonbozlik ko‘rsatib ish boshlaganlar: dotsentlar Xayrullaev Ch.K., Juraev Yu., Nazarov I.I., assistentlar Mavlonov X.N., Sodikova S.Sh., Shukurov I.B., Mirzametov B.S., Amonova X.I. Bozorova S.O., Juraeva S.B., Xolikova R.F. Laborantlar: Safarova R., Nuriddinova X., Umurov F. Faoliyat yurutishgan.
1993 yildan kafedra “Biologik kimyo” kafedrasi bilan birlashtirilib “Biologik va bioorganik kimyo” kafedrasi deb nomlangan, kafedra mudiri lavozimiga biologiya fanlari doktori, professor Raxmatov N.A. tayinlangan. Raxmatov N.A. 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.
1995 yildan 2002 yilgacha kafedrani dotsent Amonov M.R. boshqargan. O‘zining ilmiy izlanishlari davomida 300 dan ortiq ilmiy maqolalar, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar va tezislar tayyorlagan. Ilmiy maslahatchi prof. O.M.Yoriev rahnamoligida 2005 yil M.R.Amonov 02.00.16 – Kompozitsion materiallar kimyosi va texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha “Paxta tolasini ishlab chiqarishda qo‘llash uchun mahalliy xom-ashyo asosida suvda eruvchan polimer kompozitsiyalar va ularni olish texnologiyasi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini O‘zbekiston Respublikasi “Fan va taraqqiyot” ilmiy-texnologik markaz huzuridagi ixtisoslashtirilgan kengashda muvoffaqiyatli himoya qilgan.
2002-2014 yillarda kafedrani dotsent Nazarov I.I. boshqargan. 1991 yilda «Радикальная полимеризация и сополимеризация бензоксазолилметилметакрилатов и свойства полимеров на их основе» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Mutaxassisligi 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi. OAK tomonidan 2002 yilda dotsentlik ilmiy unvoni berilgan. Dotsent Nazarov I.I. ilmiy pedagogik faoliyati davomida 180 dan ortiq Respublikamiz va xorij jurnallarida maqolalar va tezis chop ettirgan. 1 ta elektron darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma hamda 20 ta uslubiy qo‘llanma chop etgan.
Kafedrada 2004 yilda assistent I.B.Shukurov “O‘tkir pankreatitda glutation almashinuvi va uning peroksidlanish va detoksikatsiya jarayonlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilib, biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.
2005 yil mart oyidan 2015 yil may oyigacha kafedra nomi o‘zgarib “Bioneorganik, bioorganik va biologik kimyo” kafedrasi deb nom berilgan.
2009 yilda katta o‘qituvchi H.I.Amonova “Kraxmal va seritsin asosida iqtisodiy samarali ohorlovchi polimer kompozitsiyalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qilib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.
2014 – 2015 yillarda kafedrani professor Yoriev O.M. boshqargan. O.M. Yoriev 300 dan ortiq ilmiy maqolalar 20 dan ortiq patentlar va ixtirolar muallifi. O.M.Yoriev Respublikamiz “Ustoz” jamg‘armasi tomonidan 2002 yilning eng yaxshi ilmiy rahbari deb tan olingan. Uning ilmiy rahbarligida 25 nafar kimyo va texnika fanlari nomzodi va doktorlari tayyorlangan. Polimerchi olimlarning Buxoro maktabini shakllanishiga asos solgan.
2015 yil may oyida kafedraga “Tibbiy va biologik kimyo” nomi berilgan. 2016 yil yanvar oyidan 2017 yil sentabr oyigacha kafedrani dotsent Shukurov I.B. boshqargan.