O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 2909–sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida BuxDTI rektorining 11.11.2021 yildagi 138/3 sonli buyrug‘i hamda oliygohlararo hamkorlik shartnomasi va taklifnomasiga asosan 2021 yil 15-20 noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahridagi dunyo OTMlarning TOP -1000 reytingidan o‘rin olgan M.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universitetida akademik mobillik doirasida xizmat safarida bo‘ldim.
15 noyabr 2021 yilda Chimkent shahridagi Darkol mehmonxonasida joylashdik. 16 noyabr 2021 yilda M.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universitetining geolokatsiyasi, ma’muriyat rahbarlari, jumladan xalqaro aloqalar bo‘limi, fakultet va kafedralar, kutubxona va laboratoriyalar bilan tanishib chiqdik. Shu bilan birga Biotexnologiya fakulteti dekani hamda Biotexnologiya kafedrasi mudiri t.f.n., dotsent Alpamыsova Guljayna Bayqonыsqыzы bilan uchrashuv davomida kafedraning struktur tuzilishi, professor-o‘qituvchilar tarkibi, o‘quv ishlarining borishi, ilmiy va istiqbolli rejalari bilan tanishtirildi.
Shuningdek, dars taqsimotlari o‘tkazilib, guruhlar asosida darslar boshlandi. Xuddi shu kunning o‘zida Biologiya va geografiya kafedrasi mudiri Yerjan Isaev hamda kafedra a’zolari bilan ham tanishib, YeP-19-12 k guruh talabalariga “Biologiya kletki” va “Cell biology” mavzusida master klasslar tashkil etildi.
17 noyabrda o‘zaro tajriba almashinish borasida o‘quv-uslubiy ishlar muhokama qilindi. XT-19-5 k1, 5k2 guruhida “Biotexnologiya ob’ektlari” modulli asosida ma’ruzalar va amaliyot darslari an’anaviy tashkil etilib, talabalarga rus va ingliz tillarida darslar olib borildi.