Davolash prorektorlik vazifalari bilan bir qatorda, Shermuxammadxo’ja Lutfulloyevich Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasining bosh shifokori sifatida ham faoliyat yuritadi. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davalat tibbiyot instituti klinikasi davlat muassasasi» belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib 2024 – yilning 27 mart sanasidan o‘z ish faoliyatini boshladi..
Klinikada serebrovaskulyar patologiya (Nevrologiya) bo‘limi, Terapiya bo`limi, Kardioxirurgiya bo`limi, Neyroxirurgiya va travmatologiya-ortopediya, Rekonstruktiv jarrohlik (ChLX,LOR) bo‘limi, Repruduktologiya (Akusherlik va Ginekologiya) bo‘limilari bosqichma-bosqich o‘z ish faoliyati boshladi.Klinika binosining 1-qavatida poliklinika bemorlarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatmoqda.Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasi Kardioxirurgiya bo‘limi o`z ish faoliyatini boshladi Xirurgik amaliyotlar bajarilmoqda Xirurgiya bo‘limi joriy yilning avgust oyidan bo`lim ochilib Laporoskopik xirurgik amaliyotlar olib borilmoqda.Yangi neyroxirurgik operatsiya joriy etishda. Bosh miya o’smasi, orqa miya o’smasi, tug’ma nuqsonlar, umurtqa miya churralari, gidrosefamiya kattalarda va bolalarda, Adenoma gipofiza- endoskopicheskoye udaleniya Shular bo’yicha jarrohlik amaliyoti instituti klinikasining neyroxirurgiya bo’limida amalga oshirilgan.
2024-2025 o’quv yilida 15 ta ilmiy markazlar bilan 24 ta ilmiy yo‘nalishda, 12 ta tuman va 8 ta viloyat Sog‘liqni Saqlash boshqarmasi bilan klinik ordinaturaning 44 ta yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash borasida integratsiya qilish rejalashtirilgan.
Institut hududida yer ajratilgan bo`lib tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda noan’anaviy ekinlar maydonlarini ko‘paytirish, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ekinlarni ekish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish bo‘yicha Xalq tabobatini rivojlantirish, mahalliy dorivor o‘simliklardan dori-darmon ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi kampus yon tomonida yer maydoni ajratilgan bo‘lib, 17 turdagi dorivor o‘simliklar yetishtiriladi.