Hozirgi vaqtda 1 –son akusherlik va ginekologiya kafedrasi allergologiya va immunologiya, klinik laboratoriya va funksional diagnostika, farmakogenetika sohasida ilg’or tadqiqotlarni olib bormoqda.
Kafedra xodimlarining tadqiqotlari akusherlik va ginekologiya sohasida uchrovchi kasalliklarni immunitet bilan bog’liq bo’lgan va ularni klinik laborator va funksional diagnostikasi, davolash va oldini olishning yangi texnologiyalari va vositalarini yaratishga qaratilgan bo’lib, ular immunitet reaksiyasi va patogenezining molekulyar-genetik mexanizmlari haqidagi zamonaviy bilimlarga asoslangan. Kafedraning ilmiy ishlari xalqaro ilmiy va o’quv markazlari bilan chambarchas bog’liq. Kafedra xodimlari milliy va xalqaro ilmiy -texnik loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etadilar.
Kafedra xodimlari quyidagi asosiy ilmiy yo’nalishlarda ish olib boradilar:
- immun yallig’lanish kasalliklarining molekulyar – genetik mexanizmlarini patogenezini o’rganish, moyillik qiluvchi va erta tashxis qo’yish biomarkerlarini izlash hamda farmakoterapiyasini takomillashtirish;
- ginekologik kasalliklarni prognoz qilish, oldini olish, kechishi va davolashini nazorat qilishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish.
Bu bizga kafedra talabalari uchun o’quv dasturlarini eng zamonaviy darajada ushlab turish imkonini beradi. Kafedra xodimlari “Davolash ishi”, “Oliy hamshiralik ishi” va “Tibbiy -pedagogik ishi”, “Tibbiy profilaktika”, “Tibbiy biologiya”, “Stomatologiya” fakultetlari talabalariga “Akusherlik va ginekologiya reproduktiv tibbiyoti” va “Ginekologiya” boshqa fanlarni o’qitadilar.
O’tgan 3 yil mobaynida kafedra xodimlari respublika, rus va xorijiy jurnallarda 250 dan ortiq maqolalar chop etishgan; 15 ta patent oldi; 5 ta darslik, 6 ta ilmiy monografiya, 20 dan ortiq o’quv -uslubiy qo’llanmalar, uslubiy ko’rsatmalar nashr etilgan. Keyingi 3 yillik davrda kafedrada 2 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Professor Ayupova F.M. rahbarligida G.A. Ixtiyarova “Turli muddatlardagi antenatal o’lim holatlarda differensiallashgan homiladorlikni to’xtatish usullari” mavzusida, N.N. Karimova “Tug’ruqda massiv qon ketgan ayollar hayot sifatini oshirishning zamonaviy yondashuvi” mavzusida doktorlik dissertatsiya ishini himoya qilishgan. N.S. Narzulloyeva “Bachadon miomasi bilan xastalangan bemorlarda taqqosiy immunokorreksiyani patogenetik asoslash” mavzusida, N.Q. Dustova “Varikoz kasalligi bo’lgan tug’uvchi ayollarda tug’ruqni olib borish va perinatal diagnostikasini optimallash” mavzusida, F.Sh. Oripova “Nospesifik vaginit rivojlanishining patogenetik mexanizmlarini hisobga olgan holda yangi davolash vositalarini ishlab chiqarish (klinik-eksperimental tadqiqot)” mavzusida tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.