Kafedra tarixi
29.12.2021 2021-12-29 10:42Kafedra tarixi
Gospital xirurgiya kafedrasi 1993-yilda Buxoro viloyat klinik kasalxonasi bazasida tashkil topgan. 1997-yilda Fakultet xirurgiya hamda gospital xirurgiya kafedralarining qo`shilishi munosabati bilan kafedra «Xirurgik kasalliklar» kafedrasi deb nomlandi. Kafedra tashkil topgan kundan boshlab 2021-yilgacha tibbiyot fanlari doktori, professor R.M.Axmedov kafedraga rahbarlik qilgan.
Kafedrada o’tgan davr mobaynida quyidagi professor-o`qituvchilar faoliyat yuritgan: t.f.n. Sh.R.Omirov, B.Y.Makliyev, J.M.Safarov, M.I.Amonov, M.I.Atavullaev, I.G.Malkiyev, Sh.X.Xayotov, L.M.Najmitdinov, T.A.Askarov.
2005-yilda Anesteziologiya va reanimatologiya hamda Urologiya kurslari kafedraga qo`shilgan va t.f.n., dosent Z.R.Zikrillayev, t.f.n., dosent Sh.S Gafarov, t.f.n., dosent O.Sh.Eshonovlar faoliyat ko’rsatgan.
Kafedra tashkil etilgan davrdan buyon hozirgacha 2 ta professor, 6 ta dosent, 12 ta assistent, 5 ta laborant faoliyat yuritgan.
2017-2018-o’quv yilidan boshlab Anesteziologiya va reanimatologiya kursi boshqa kafera hisobiga o’rganligi sababli “Fakultet va gospital xirurgiya, urologiya” kafedrasi deb nomlandi.
Kafedraning ilmiy yo`nalishi:
1) Turli xirurgik kasalliklarning noqulay ekologik sharoitda kechishi va davolash xususiyatlarini o`rganish.
2) Diabetik tovon sindromini davolash usullarini mukammalashtirish va yangi usullarni tadbiq qilish.
3) Qorin bo’shlig’i a’zolari, ko’krak qafasi, qalqonsimon bez kasalliklarini zamonaviy innovatsion davolash usullarini tadbiq qilish.
O`tgan davr mobaynida professor R.M.Axmedov rahbarligida 9 ta (Sh.X.Hayotov, J.M.Safarov, Z.T.Saydaxmedova, A.Q.Abdullayev, B.Z.Hamdamov, K.U.Gaziev, O`.B.Ochilov, T.S.Komilov, U.B.Sharipov, B.B.Muazzamov) nomzodlik, 1 ta (B.B.Safoyev, B.Z.Hamdamov) doktorlik dissertatsiyasi himoya qilingan.
Oxirgi 5 yilda 4 ta o’quv darslik, 50 dan ortiq o’quv qo’llanma, 15 ga yaqin monografiya kafedra xodimlari tomonidan chop etilgan. Hozirgi kunga qadar kafedrada 200 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi va 7 ta patent olindi.
O`quv jarayonida ma’ruza mashg`ulotlarida 16 ta mavzuda o`quv filmlari va 28 ta multimediyalar qo`llaniladi. Darslarni 50% dan ortig`i interfaol usullarda o`tkaziladi.
Kafedra xodimlari Xalqaro Respublika va viloyatlar miqyosida tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda o`z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etib kelmoqdalar. Buxoro viloyat Sog`liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda xirurgiya xizmatini takomillashtirishda nazariy va amaliy yordam ko`rsatmoqdalar. 2021-yildan Fakultet va gospital xirurgiya, urologiya kafedrasiga t.f.d. (DSc), professor Hamdamov Baxtiyor Zarifovich rahbarlik qilmoqda.