Kafedra tarixi
11.01.2022 2022-04-12 10:05Kafedra tarixi
Gematologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasi 2021 yil 27-avgustda ilmiy kengash majlisida institut rektori Sh.J. Teshayev tomonidan Fakultet va gospital terapiya kafedrasidan ajratilib, alohida kafedra tashkil etilishi to’g’risidagi qaror qabul qilindi. Fakultet va gospital terapya kafedrasi 1993 yil 13 avgustda institut rektori I.A. Mo‘minov buyrug‘iga asosan Buxoro viloyat klinik kasalxonasining terapiya va gastroenterologiya bo‘limlari bazasida “Gospital terapiya kafedrasi” nomi tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib tibbiyot fanlari nomzodi A.M. Kaylakov tayinlangan.




Kafedrada “Davolash”, “Tibbiy pedagogika”, “Tibbiy biologiya”, “Tibbiy profilaktika” va “Pediatriya” fakulteti talabalariga gematologiya va klinik laborator diagnostika fanlaridan amaliy va klinik mashulotlar olib boriladi.
Zamonaviy gematologiya bo’limi va klinik laborator diagnostika laboratoriyalarida ishlash uchun shifokor nafaqat o’z sohasida yuqori malakali mutaxassis bo’lishini, balki tegishli tibbiyot fanlarida deyarli har kuni professionallik ko’rsatishni talab qiladi. Gematologiya va KLD kafedrasining yuqori ilmiy va o’quv salohiyati yillar davomida uning xodimlari (professorlar, dotsentlar, assistentlar) ning faol tibbiy va ilmiy ishlari bilan qo’llab -quvvatlandi.


Kafedra xodimlari tomonidan 130 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar respublika va chet el ilmiy jurnallarida chop etilgan bo`lib, shulardan 30 tasi nufuzli xorijiy jurnallarda chop etilgan.
Kafedrada 6 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta elektron darslik, 8 ta monografiya, 70 dan ortiq o‘quv uslubiy qo‘llanma, 7 ta EHM dasturga guvohnoma, 7 ta uslubiy tavsiyanoma o‘zbek- rus tillarida tayyorlanib, fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarda foydalaniladi.
Hozirgi kunda Gematologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasi mudiri Boltayev Kamol Jumayevich. Boltaev K.J. 1961 yil 27 aprelda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1988 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutining Davolash ishi fakultetini tugatgan. 1991-1993 yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining Gematologiya va transfuziologiya kafedrasida klinik ordinaturada tahsil olgan. 1993-1996 yillarda shu kafedrada aspirantura o‘tgan va 1997 yilda “Qari yoshdagilarda ferrokinetika” mavzusida 14.00.29- Gematologiya va transfuziologiya ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
2021 yilda fan doktori ilmiy darajasi uchun 14.00.29. – Gematologiya va transfuziologiya ixtisosligi bo‘yicha «Qari va keksa yoshdagilar salomatligini baholashda polidefitsitli holatni aniqlashning diagnostik va prognostik ahamiyati»nomli ishi muvaffaqiyatli himoya qilingan.
Boltaev Kamol Jumayevich rahbarligida kafedra xodimlari tomonidan 2009-2011 yillarga mo‘ljallangan “Qari va keksa yoshdagi polidefitsitli holatni davolash va profilaktikasini tibbiy texnologiyalarini yaratish” mavzusidagi ilmiy amaliy tadqiqot ishi, loyihalar tanlovda g‘olib topildi.
2011-2012 o‘quv yilida kafedra Davolash fakulteti miqyosida namunali kafedra deb e’lon qilindi. 2013-yilda kafedra dotsenti Boltayev Kamol Jumayevich “Mehnat shuhrati” nufuzli davlat ordeni bilan taqdirlanganlar.
Hozirgi kunda kafedrada 1 ta PhD, 1 dotsent, 2 ta tayanch doktorant, 3 ta o’qituvchi faoliyat ko‘rsatib, ular yosh barkamol avlodni tarbiyalashda o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar: PhD, Sh.A. Naimova, G.T.Sulaymonova, N.O.G’iyosova, N.S.Shadjanova, S.Q.Egamova
2019- yilda Giyosova Nigora Odiljonovna ERASMUS+ IHOD loyihasi doirasida Irlandiyaning Dublin shahrida 4-noyabrdan 29-noyabrgacha bo`lib o`tgan talabalar akademik mobilligida kafedra magistranti sifatida ishtirok etdi.

Hozirgi vaqtda gematologiya va klinik laborator diagnostika kafedrasi klinik gematologiya va laboratoriya ishi sohasida ilg’or tadqiqotlarni olib bormoqda. Kafedra xodimlarining tadqiqotlari keng tarqalgan qon tizimi kasalliklarini erta tashxislash, laborator tahlillaridagi xususiyatlari va ko‘pgina boshqa kasalliklarda (terapevtik, xirurgik, infeksion-COVID-19 va b.) qon tahlilining diagnostik va prognostik ahamiyatiga qaratilgan bo’lib, ular gemostaz mexanizmi va patogenezi haqidagi zamonaviy bilimlarga asoslangan
Kafedra xodimlari quyidagi asosiy ilmiy yo’nalishlarda ish olib boradilar:
- Nazariy va amaliy gematologiya muammolari asosida gemoblatoz va anemiyalar diagnostikasi va davolash usullarini takomillashtirish;
- COVID-19 kasalligidan keyingi asoratlar negizida gemostaz buzilishining prognostik va diagnostik ahamiyatini baholash va profilaktik chora-tadbirlar innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish.
Bu bizga kafedra talabalari uchun o’quv dasturlarini eng zamonaviy darajada ushlab turish imkonini beradi.
2021-yilda Naimova Sh.A. tomonidan “Revmatoidli artrit, ankilozlovchi spondiloartritlarda buyrak zararlanishining o‘ziga xosligi va uning reabilitatsiyasi” mavzusida mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Hozirda G.T.Sulaymonova “Turli etiologiyali surunkali buyrak kasalligini erta laborator tashxislashga zamonaviy yondashuvlar va patogenetik davolashning samaradorligini baholash”, S.Q.Egamova “Клиническая значимость оценки хромосомных аберраций и генных мутаций при острых лейкозах” hamda G’iyosova N.O. tomonidan “Covid-19 bilan kasallangan va kasallanmagan shaxslardagi gipertoniya kasalligida bemorlar yoshi, qon bosimi darajasi va arterial gipertenziya davomiyligidan kelib chiqib, nefropatiya markerlarini solishtirma o‘rganish va davolashni muqobillashtirish” mavzularida ilmiy tadqiqotlar olib borishmoqda.
Asosiy nashrlar:
1. Boltaev K.J va Ahmedova N.Sh – “ Gemablastozlar” (O‘quv qo‘llanma).
2. Ismatova M.N.,Nosirova M.Sh, Shadjanova N.S “Metabolik sindromi mavjud bemorlarda trombotsitar gemostazni me’yorlashtirish dasturi” (EHM uchun dastur).
3. Nosirova M.Sh., Naimova Sh.A., Egamova S.Q “Особенности системы гемостаза при ревматоидном артрите у лиц с сердечно – сосудистой патологией” (Monografiya).
4. Boltaev K.J., Egamova S.Q., Giyasova N.O. “Gematologiya fani” (Elektron o’quv qo’llanma).
5. Axmedova N.Sh., Naimova Sh.A., Sulaymonova G.T. “Klinik laborator diagnostika” (Elektron o’quv qo’llanma).
6. Axmedova N.Sh., Boltaev K.J., Sulaymonova G.T., Naimova Sh.A. “Хронические болезни почек – раняя диагностика и профилактика” (Monografiya).
7. Axmedova N.Sh., Boltaev K.J. “Предикторы ранней диагностики и профилактики развития хронической болезни почек” (Monografiya).
8. Boltaev K.J., G.T.Sulaymonova, L.I.Maxmudova “Анализ современных предстовлении на формиравание критических периодов при возникновении железодефицитных анемии и их региональных особенности” (Monografiya).