Kafedra 1993 yil 26 avgustda institut rektorining 171 – sonli buyrug`i asosida tashkil etilgan, hamda “nevrologiya, neyroxirurgiya va tibbiyot genetikasi” deb nomlangan. Kafedra mudiri lavozimida t.f.n. R.A.Yakubov dastlabki ish faoliyatini boshlagan.
Nevrologiya kafedrasi 26.08.1993 yil Viloyat klinik kasalxonasi nevrologiya bo’limi tarkibida tashkil etilgan bo`lib, kafedra mudiri lavozimida 1993 – 1999 yillarda t.f.n. R.А. Yakubov ishlagan.
1999-2013 yillarda kafedra mudiri sifatida t.f.d. M.B.Orinov faoliyat ko’rsatgan. 2013 yildan beri kafedra mudiri lavozimida D.T. Xodjayeva ishlab kelmoqda.
Kafedra bir necha ilmiy yo’nalishda izlanishlar olib boradi.Periferik asab tizimi kasalliklari, tserebrovaskulyar kasalliklar, asab tizimi nasliy kasalliklari.
2018 yil kafedra assistenti Axrorova Sh.B. “Idiopatik yuz nervi nevropatiyasi jins dimorfizmi aspektida” mavzusidagi tibbiyot yo’nalishida falsafa doktori dissertatsiyasini yoqladi. 2020 yil kafedra dotsenti O’rinov M.B. “Prozopalgik va prozoplegik patologiyaning erkak va ayollarda kechishi” mavzusidagi tibbiyot fanlari doktori dissertatsiyasini yoqladi.
2020 yil Buxoro davlat tibbiyot instituti huzurida tibbiyot fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to`g`risidagi nizom 11.03.2020 belgilandi va o’z faoliyatini boshladi. Ilmiy kengash raisi etib t.f.d. Xodjiyeva D.T. tayinlandi. 2020 yil 13-oktabr kuni tashkil etilgan dissertatsiya kengashida Nargiza Mansurova tomonidan “Nevrologiya” ixtisosligi bo’yicha “O’zbek va yapon millatida Parkinson kasalligining qiyosiy klinik va patobiokimyoviy jihatlari” mavzusida ilk dissertatsiya himoyasi bo’lib o’tdi.
Kafedra bir necha ilmiy yo’nalishda izlanishlar olib boradi.Periferik asab tizimi kasalliklari, tserebrovaskulyar kasalliklar, asab tizimi nasliy kasalliklari.
Bundan tashqari kafedra mudiri boshchiligida har yili muntazam ravishda Respublika va Xalqaro miqiyosida nevrologiyaning dolzarb muammolariga bag’ishlangan ilmiy anjumanlar o’tkaziladi. Shuningdek Respublika va xalqaro miqiyosida tashkil etilgan fan olimpiadalarida kafedra – professor o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan talabalar qatnashib faxrli o’rinlarni egallab kelishmoqda.
Kafedra mudiri va institut rektori sayi harakati bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti va tadqiqot.uz bilan hamkorlikda nevrologiya va neyroxirurgik tadqiqotlar jurnali (Journal of neurology and neurosurgery research ISSN 2181-0982 DOI 10.26739/2181-0982) tashkil etildi. Journal of neurology and neurosurgery research jurnali AQSHning Crossref.org tizimiga kiritiladi, har bir maqolaga doi raqam beriladi. Shuningdek Rossiya Federatsiyasining elibrary.ru ilmiy maqolalar electron bazasiga to’g’ridan to’g’ri kiritilib boriladi.
2018 yil 19-23 noyabr Shimkent tibbiyot Akademiyasi nevrologiya kafedrasi professori Tuksanbaeva Gulfariza Usenbaevna Buxoro tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. Professor o’z tashrifi vaqtida nevrologiya va psixiatriya kafedrasida nevrologiya fani bo’yicha tsikl o’tayotgan talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlarga ma’ruzalar o’qidi. O’z ilmiy va amaliy tajribasini nevrologiya va psixiatriya kafedrasi professor o’qituvchilari bilan almashdi.
2018 yil 17 noyabr kuni Stavropol tibbiyot universiteti nevrologiya va nevroxirurgiya kafedrasi mudiri, professor Karpov Sergey Mixaylovich Buxoro tibbiyot instituti nevrologiya kafedrasi mudiri, t.f.d. Xodjieva Dilbar Tadjievna bilan uchrashdi. Professor o’z tajribasi va olib borayotgan ishlari, erishgan yutuqlari haqida kafedra xodimlari va kafedrada tahsil olayotgan talabalar bilan suhbatlashdi. O’z ilmiy va amaliy tajribasini nevrologiya va psixiatriya kafedrasi professor o’qituvchilari bilan almashdi. Kafedra xodimlari bilan hamkorlikda nevrologiya fani bo’yicha darsliklar yozish fikrini bildirib, qisqa vaqt ichida “Nevrologik simptomlar” darsligi hamkorlikda rus, ingliz, o’zbek tillarida chop etildi.
21 sentyabr 2018 yil Buxoro shahrida Turk tili davlatlari nevrologlarining III- kongressi bo’lib o’tdi. Kongress Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, O’zbekiston nevrologlari jamoa birlashmasi tomonidan tashkil etildi. Anjumanda Turkiya, Ozarbayjon, Qozogiston, Ukraina, Rossiya mamlakatlaridan professor nevrologlar jamoasi ozining ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashdi.
Bundan tashqari kafedra mudiri boshchiligida har yili muntazam ravishda Respublika va Xalqaro miqiyosida nevrologiyaning dolzarb muammolariga bag’ishlangan ilmiy anjumanlar o’tkaziladi. Shuningdek Respublika va xalqaro miqiyosida tashkil etilgan fan olimpiadalarida kafedra – professor o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan talabalar qatnashib faxrli o’rinlarni egallab kelishmoqda.