Kafedraga 1994 yilda asos solingan. Kafedra mudiri etib t.f.n Murodov T.R tayinlangan. Kafedrada assistentlar t.f.n. Raxmatov J.K., Bozorov E., Saidov G.S., Ostonov O.R., Sayfullaev N.Ya., Davlatov S., Saidov S.S., Sharipova M.M. lar faoliyat yuritishgan. Keyinchalik institutning 31.08. 1997 yildagi № 4173 sonli buyrug`iga asosan kafedra mudiri etib t.f.d., professor Rauf Yuldashevich Omirov tayinlangan.
Kafedrada kafedra dotsenti t.f.n. O`roqov Sh.T., assistentlar t.f.n. Murodov T.R., t.f.n. Saidov S.S. t.f.n. Abduraxmanov M.M. va kafedra aspiranti Abidov O`.O. ishlashgan. Marhum ustoz professor Rauf Yuldashevich Omirov nurli xotirasi shogirdlar va hamkasblar yodida manguga muhrlandi. Professor kafedrani 2005 yilgacha boshqardi va salomatligi yomonlashgani bois ish va ilmiy faoliyatini to`xtatishga majbur bo`ldi.
Shu yillarda kafedra va kafedra xodimlari o`zini tajribaviy va pedogogik saloxiyatini mustahkamlab oldi. Professor Omirov R.Yu tomonidan ko`krak kafasi, qorin bo`shlig`i va qalqonsimon bezda ko`plab operatsiyalar amalga oshirildi, u kishining raxbarligi ostida 4 nafar nomzodlik va 1 nafar doktorlik ishi muvaffaqiyatli himoya kilindi.
2005 yildan boshlab kafedra mudiri etib t.f.d.O‘roqov SHuxrat To‘xtaevich tayinlandi.
2007 yilda 6-7 kurs Xirurgik kasalliklar kafedrasi Bolalar xirurgiyasi kafedrasi bilan birlashtirildi.
2015-2016 yildan to 2016-2017 o‘quv yiligacha kafedra tarkibiga «Onkologiya, nur tashxisoti va terapiyasi» kursi qo‘shildi. Kafedra «Xirurgik kasalliklar, bolalar xirurgiyasi, onkologiya, nur tashxisi va terapiyasi» deb nomlandi.
2017- yildan kafedraga “Xirurgik kasalliklar va reanimatsiya” kafedrasi nomi berildi.«Xirurgik kasalliklar va reanimatsiya» kafedrasi o‘quv jarayonlarini RSHTYoIM Buxoro filialida I-II chi jarrohlik, qabulxona, kombustiologiya, umumiy reanimatsiya, nevroreanimatsiya, kardioreanimatsiya bo‘limlarida va shok palatasida olib bormoqda.
Kafedraning hozirgi kundagi tarkibi: Kafedra mudiri: t.f.d. O‘roqov SH.T, kafedra professori: t.f.d. Abduraxmanov M.M., kafedra dotsenti: t.f.n. Eshonov O.SH., kafedra assistentlari:t.f.n. Musoyev T.Y., t.f.n. Abidov O`.O., t.f.n. Abduraxmonov SH.M., t.f.n. CHo‘liyev A.T., t.f.n. Abduraxmonov Z.M., assistent Boltayev E.B., assistent Po`latova SH.X., assistent Rizayeva M.J., assistent Isomitdinov B.SH., assistent Xayitov D.X., assistent Qayumov M.T., assistent Oltiyev U.B.
Kafedrada o‘quv jarayoni yuqori kvalifikatsiyadagi o‘quv texnik vositalar bilan jihozlangan xonalarda olib boriladi. Har bir auditoriyada kompyuter va zamonaviy texnologiyalar bor, elektron kutubxona va Hemis dasturidan foydalanish uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari kafedrada multimedia asosida dars o‘tish uchun proektor, elektron doska, amaliy mashgulot darslarini yanada mukammallashtirish uchun tarqatma materiallar tayyorlashga qullaylik yaratuvchi skanerlar, fotoapparat va videokameralar mavjud. Kafedraning ma’ruzalar xonasida amaliy ko`nikma va operatsiyalar tasviri tushirilgan 3D formatdagi DVD disklar 100 dan oshiq. Kafedrada xirurgiya va anatomiya, operativ xirurgiya, anesteziologiya va reanimatologiya kurslariga ta`luqli kitoblar bor.
Kafedra xodimlari respublika va jahon miqyosidagi doimiy ravishda ilmiy, amaliy konferensiyalar va forumlarga qatnashib kelmoqda. Kafedra o`zini saytiga ega, saytda doimiy ravishda ilmiy va o‘quv jarayoniga ta`lukli yangiliklar yoritib borilmoqdi. Hozirda «Xirurgik kasalliklar va reanimatsiya» kafedrasi institutdagi nufuzli kafedralar toifasiga kiradi.
Kafedrani oldiga qo`ygan asosiy maqsadi Buxoro viloyati va qo‘shni viloyatlarga yuqori saviyaga ega bo‘lgan vrach-xirurglarni yetkazib berishdan iborat. Ayni vaqtda kafedra Respublika SHoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy Markazi Buxoro filiali 1-2 shoshilinch xirurgiya bo`limlarida joylashgan. Kafedrada 14 nafar magistr va 23 nafar klinik ordinator tahsil olmoqda.