Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Axmedova Zebiniso Azizovna

kafedra mudiri

Kafedra xodimlari

Tursunov Qahramon Sodiqovich
Dotsent
Gadoyeva Lobar Ergashevna
Dotsent
Karimova Lola Muzaffarovna
Dotsent
Namozova Nodira Djumayevna
Dotsent
Kenjayeva Xurshida Po‘latovna
Katta o’qituvchi
Raxmatov Nuriddin Negqadamovich
O’qituvchi
Choriyeva Madina Aliyevna
O’qituvchi
Hamdamov Bexzod Habibovich
O’qituvchi

Kafedra tarixi

Maxmudov M.X.
f.f.d., professor (1991-1993 yy.)

Qosimova Z.I
f.f.n, dots
(1993-1999 yy.)

RadjabovaS.M
f.f.n., dotsent
(1999-2002 yy.)

Abdullayeva M.S.
i.f.n., dotsent (2000-2001 yy.)

Ortiqova D.O.
f.f.n., dotsent
(2001-2007 yy.)

O‘rinova B.Z.
t.f.n, dots
(2002-2005 yy. 2007-2010 yy.)

Tursunov Q.S.
s.f.n., dots
(2010-2017 yy.)

Huseynova A.A
f.f.d., prof..
(2017 – 2018 yy.)

Axmedova Z.A.
f.f.n., dots.
( 2018-yildan h.v.)

Kafedra 1991 yilda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining birinchi rektori, professor A.I.Mo‘minov  buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. 1991-1993 yillarda kafedrada f.f.d., professor MaxmudovM.X. rahbarlik qilgan. 1993-1999 yillarda f.f.n., dotsent Qosimova Z.I.rahbarlik qilgan. 1999 yilda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi ikkiga ajratilgan. 1999-2000 o‘quv yilida “Falsafa va iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasiga f.f.n., dotsent Qosimova Z.I.va “O‘zbekiston tarixi”  kafedrasiga f.f.n., dotsent Rajabova S.M. mudiralik qilgan. 2000-2001 o‘quv yilida “Falsafa va iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasini i.f.n. Abdullayeva M.S. boshqargan. 2001 yil avgust oyidan boshlab kafedra 2 ga bo‘lindi:“Falsafa” kafedrasiga f.f.n., dotsent OrtiqovaD.O., “O‘zbekiston tarixi” kafedrasiga t.f.n., dotsent O‘rinova B.Z. mudir etib tayinlandi. 2005 yilning 26 fevralida kafedralar qayta qo‘shilib, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi deb nomlandi. 

Kafedraga f.f.n, dotsent Ortiqova D.O.,  2007-2010 yillarda t.f.n.,  dotsent O‘rinova B.Z. rahbarlik qildi. 2010-2017 yillarda  s.f.n., dotsent Tursunov Q.S., 2017-2018 yillarda f.f.d. Huseynova A.A. kafedrada rahbarlik faoliyatini amalga oshirdi. 2018 yil avgust oyidan boshlab f.f.n., dotsent Axmedova Z.A. kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslarida talabalarning dunyoqarashini,  mustaqil bilim olish darajasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida   zamonaviy ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.

Kafedrada 1 ta professor, 5 nafar dotsent, 1 ta katta o‘qituvchi, 5 ta o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda.

Kafedraning maqsadi, vazifalari va faoliyati yo’nalishi

Kafedraning maqsadi talabalarga Ijtimoiy fanlardan bilim berish, bu fanlar yuzasidan talabalarning bilim va malakalarini oshirish. Bugungi globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolarni hal etish, xalqimiz ma’naviy me’rosini asrash va yanada yuksaltirish, yoshlarning falsafiy tafakkurini shakllantirish, ongini turli zararli g‘oyalardan saqlash, ularni falsafiy bilimlar bilan qurollantirish. Shuningdek, O‘zbekistoning eng yangi tarixi doirasida mustaqillikning mazmun-mohiyati va ahamiyatini talabalarga tushuntirish, mustaqillik yillarida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va huquqiy sohalarda olib borilgan islohotlarning mazmun-mohiyatini bayon etish, bugungi islohotlar mazmuni, yangilanayotgan O‘zbekistonda fuqarolik pozitsiyasi va daxldorlikni hamda Vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishdan iborat.

O’quv rejasi

Tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar asosida kafedrada ishchi o`quv dasturlar va o`quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish, ularni ta`lim jarayoniga joriy qilish, o`quv mashg`ulotlari, nazorat turlari, mustaqil ishlarni tashkil qilish hamda darslarda eng yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishdan iborat.

Ilmiy yo’nalishi

“O’zbekistonda zamonaviy ijtimoiy-siyosiy modernizatsiya jarayoni:  holati va rivojlanish istiqbollari”

 Kafedraninig ilmiy salohiyati – 66%.

Hozirgi vaqtda kafedrada 5 ta mustaqil izlanuvchi faoliyat yuritmoqda.

Axmedova Z.A. –  izlanuvchi. Ilmiy rahbar – falsafa fanlari doktori, professor Huseynova A.A. Dissertatsiya mavzusi: “Ahmad Donish ma’naviy me’rosining falsafiy tahlili”.

Tursunov Q.S. – mustaqil izlanuvchi. Ilmiy rahbar – falsafa fanlari doktori, professor Ergashev B. Dissertatsiya mavzusi: «Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyodagi siyosati»

Choriyeva M.A. – mustaqil izlanuvchi. Ilmiy rahbar – falsafa fanlari doktori, professor Huseynova A.A. Dissertatsiya mavzusi: “Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarida falsafiy ta’limotlar tahlili”.

Raxmatov N.N. – izlanuvchi. Ilmiy rahbar – iqtisod fanlari doktori, professor Aliqoriev N.S. Dissertatsiya mavzusi: “Professor-o‘qituvchilar mehnat samaradorligini oshirishning ijtimoiy mexanizmlari”.

Hamdamov B.X. – izlanuvchi. Ilmiy rahbar – falsafa fanlari doktori, professor Huseynova A.A. Dissertatsiya mavzusi:  “Zaxiriddin Muxammad Boburning falsafiy qarashlari”.

Istiqbolli rejalar

  • Kafedra ilmiy salohiyatini oshirish;
  • Xorijiy mamlakatlar bilan o’quv, ilmiy-uslubiyhamkorlikni yanada kengaytirish
  • Kafedra moddiy-texnik bazasini yangi zamonaviy o`quv jihozlari bilan boyitish

Kafedra xodimlari Xalqaro konferensiyada

Kafedra xodimlari va institut talabalari “Kitobxonlik” tadbirida.

Kafedra xodimlari Respublika konferensiyasida

Xalqaro aloqalar

Kafedra erishgan yutuqlari: Ijtimoiy fanlar kafedrasihozirgi kunda dunyoning nufuzli mingtaligiga kirgan bir nechta oliy o`quv yurtlari bilan hamkorlikni yo`lga qo`ygan bo`lib, akademik mobillik dasturi bo`yicha bir nechta shartnomalar imzolashgan. Jumladan, Osh davlat tibbiyot universiteti, Turkiya Sog`liq bilimlari universiteti, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog`iston davlat universiteti, Boshqirdiston davlat universiteti, Al-Forobiy nomida Qozog`iston davlat universiteti, Ural Qozog`iston davlat universiteti, Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik amalga oshirilmoqda.

Kafedra xodimlari M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog`iston davlat universiteti “Falsafa va madaniyatshunoslik” kafedrasida.

Kafedra xodimlari M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog`iston davlat universiteti “Politologiya” kafedrasida.

M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog`iston davlat universiteti “Falsafa va madaniyatshunoslik” kafedrasi xodimlari bilan.

Qozog`iston Falsafiy Kongressi ijrochi direktori, “Falsafa, siyosatshunoslik va dinshunoslik instituti” Falsafa bo’limi boshlig’i, professor Sagikizi Ayajanning kafedraga tashrifi.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar

 Kafedrada ma’naviyat va ma’rifat  yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi.

Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy sohaga doir O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, buyruqlari mazmun-mohiyatini talabalarga to’liq etkazish hamda ularning ma’naviy yuksak darajadagi inson, o’z kasbiga sodiq va vatanparvar shifokor bo’lishi maqsadida “Yosh ma’naviyatchi” to’garagi tashkil etilgan. Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha ma’sul  Hamdamov B.H. va dotcent Q.S.Tursunov tomonidan mazkur yo‘nalishda ishlar doimiy ravishda reja asosida olib boriladi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING OLIY MAJLISGA MUROJAATNOMASI TARG‘IBOTI

“Konstitutsiya – huquq va manfaatlarimiz kafolati” mavzuida o‘tkazilgan tadbir

Buxoro viloyatning Peshko‘ tumani maktablarida uchrashuvlar

“Jaholatga qarshi – ma’rifat”

“Yoshlarning huquqiy va iqtisodiy madaniyatini oshirish”

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Xudoyberdiev Damir bilan uchrashuv

Talabalar turar joylarida uchrashuvlar

“Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va ustuvor vazifalar” mavzusida targ‘ibot tadbirlari

Sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari

Tarixiy ob’ektlarga sayohat

Falsafa va O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanlaridan o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida talabalarning ishtiroki

O'quv-uslubiy ishlar

Chop etilgan o’quv qo’llanmalar. 2020 yil.

Chop etilgan monografiyalar. 2021 yil

Chop etilgan monografiyalar. 2022 yil

O‘quv jarayonlari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatori A.A.Huseynova va Xotin-qizlar Buxoro viloyat Kengashi raisi Q,Sharipovalar bilan uchrashuv

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Jasorat” darsi

Falsafa darsi

O‘zbekistonning eng yangi tarixi darsi

Professor-o‘qituvchilar yutuqlari

Oila va xotin-qizlarning faoliyati bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari