Kafedra tarixi

“Sog’liqni saqlashni tashkil qilish va ijtimoiy gigiyena” kafedrasi Buxoro davlat tibbiyot institutining 1990 yil 30 oktyabrdagi 47-sonli buyrug’i bilan tashkil etilgan. Kafedra mudiri tibbiyot fanlari nomzodi G. Abdullayeva, assistentlar Qayumov X.N., Muxtorov M.

1992 yil 1 yanvarda kafedra mudiri tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Qurbonov R.Sh., kafedra assistentlari Qayumov X.N., Badalov X.B., Smaylova L.F. va Toirov M.K. 1995-2002 o’quv yilida kafedra mudiri t.f.n. Qurbonov R.Sh. va uning rahbarligida yordamchilar Badalov X.B., Salomova H.J.,

 Smaylova L.F., Kenjaeva X.P., Ablyazov R.F., Atoyeva M.A., Qobilova G.A. 2002-2003 o’quv yilida kafedra tibbiy xizmat marketingi, yuqumli bo’lmagan kasalliklar epidemiologiyasi, valeologiya kabi yangi fanlarni joriy qildi va ushbu fanlarni yangi standart va ish dasturlari asosida o’qitdi. Dotsent Xasanov U.X., katta o’qituvchilar Salomova H.J., Qobilova G.A., Atayeva M.A., Manasova I.S., o’qituvchilar A.A. Jumayeva, Z. J. Djumayeva, N. Sharipova, D.B. Rajabova. 2008-2012 o’quv yilida kafedrani dotsent Xasanov U.X. boshqardi, katta o’qituvchilar Salomova H.J., Qobilova G.A., Manasova I.S., o’qituvchilar A.A. Jumayeva, Z. J. Djumayeva, N. Sharipova, D.B. Rajabova faol edi.

2012-2014 o’quv yilida dotsent Qayumov X.N. kafedra mudiri bo’ldi, katta o’qituvchilar Salomova H.J., Qobilova G.A., Sharipova N.S., o’qituvchilar Sh.T.Yo’ldoshova, D.B. Rajabova faoliyat olib bordilar.

2017-2019 yillarda kafedra mudiri tibbiyot fanlari nomzodi Atoyeva M.A. edi. 2019 yil 2 sentyabrdan boshlab kafedra “Jamiyat salomatligi, sog’liqni saqlashni boshqarish va umumiy gigiena” kafedrasidan ajralib chiqdi va “Jamoat salomatligi, sog’lig’ini saqlashni boshqarish” kafedrasida t.f.n. dotsent Atoyeva M.A. o’z faoliyatini davom ettirdi.

Ph.D. Baratova M.S. 2019 yildan kafedra mudiri qilib tayinlandi. Kafedra o’qituvchilari Salomova H.J., Rajabova D.B., Voxidov U.G., Fayziev X.B., Yo’ldoshova Sh.T., Djumamuratova B.S., Murodova M.M., G’aforov Sh.U.,

    Shodiyev B.V. va ichki o’rindoshlar Ph.D. dotsent Atayeva M.A., i.f.n. katta o’qituvchi Nasullayev A.A., doktorant Qobilova G.A. professorlik va o’qituvchilik faoliyatini olib bordi.

   Kafedra dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi M.S.Baratova 1997 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutida “Анализ влияния нифедипина на гемодинамику и его сочетания с витамином “Е” на состояние перекисного окисления липидов и на некоторые показа­тели липидного обмена у больных в ранних стадиях гипертонической болезни”  mavzusida ilmiy ishini himoya qilgan. 2000-2010 yillarda – Buxoro viloyat kardiologik dispanserida kardiolog sifatida, 2011-2019 yillarda Buxoro viloyat kardiologik dispanseri funktsional diagnostika bo’limi boshlig’i bo’lib ishlagan. 2019 yildan 2021 yilgacha M.S.Baratova kafedra mudiri lavozimida faoliyat yurdi, 2 ta magistrlik dissertatsiyasini himoya qilishga tayyorlanmoqda.

    Hozirgi kunda kafedrani tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Atoyeva M.A. boshqarib kelmoqda.