Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya kafedrasi

Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya kafedrasi

Saidova Muxabbat Muxidinovna

KAFEDRA MUDIRI

Kafedra xodimlari

Po’latov Sadriddin Sayfullayevich
DOTSENT
Qazoqov Sodiq Ramazonovich
DOTSENT
Shokirov Kamol Fazliyevich
DOTSENT
Zokirova Fazila Boltayevna
DOTSENT
Jabbarova Miyassar Boboqulovna
Hamroyeva Yulduz Saidovna
O’qituvchi
Mustafayeva Shargiya Ahmadovna
O’qituvchi
Urakov Jamshid Rustamovich
ASSISTENT
Umarov Firuz Xolmurodovich
ASSISTENT
Boltayeva Maryam Miraliyevna
ASSISTENT
Turdiyev Ulug'bek Murodovich
ASSISTENT
Gulova Munisaxon Afzalovna
ASSISTENT
Ro’ziyev Feruz G’iyosovich
ASSISTENT
Boltayev Orzibek Baxriddinovich
ASSISTENT

Kafedra tarixi

Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya kafedrasiAbu Ali ibn Sino nomli Buxoro tibbiyot instituti rektori, professor A.Sh.Inoyatovning 2019-yil 2-sentyabrdagi buyrug‘iga asosan Buxoro shahar 9-oilaviy poliklinika hududida tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent  Po’latov Sadriddin Sayfullaevich tayinlangan.

Hozirgi kunda “Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri lavozimida tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent Saidova Muxabbat Muxidinovna ishlab kelmoqda. Saidova Muxabbat Muxidinovna 1973-yil Buxoro shahrida tug’ilgan. Saidova Muxabbat Muxidinovna 1998-yil Buxoro davlat tibbiyot institutini “Davolash ishi” mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. 2000 yil “Ichki kasalliklar” mutaxassisligi bo`yicha klinik ordinaturani tamomlagan. 2018-2020-yillarda Buxoro davlat tibbiyot institutida tayanch doktoranti. 2020-yilda “Revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda kardiovaskulyar patologiyaning rivojlanishi va avj olishini prognozlash” mavzusida tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan (ilmiy rahbar tfd, professor Kamilova U.K., tfd Yusupaliyev B.Q.)

2000-2014-yillarda Buxoro davlat tibbiyot instituti “Xalqaro YUNЕSKO, sharq tabobati va fizioterapiya, davolash jismoniy tarbiyasi va vrach nazorati” kafedrasi assistenti, 2014-2017-yillar Buxoro davlat tibbiyot instituti “Xalq tibbiyoti, kasb kasalliklari, fizioterapiya, jismoniy madaniyat va sport, VN va DJT” kafedrasi assistenti, 2017-2018-yillar Buxoro davlat tibbiyot instituti, “Xalq  tabobati, ftiziatriya va jismoniy madaniyat” kafedrasi assistenti, 2017-2020-yillar Buxoro davlat tibbiyot instituti «Ichki kasalliklar» ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranti, 2020-2021-yillar “Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya” kafedrasi katta o’qituvchisi, 2021-yil sentyabr oyidan kafedra dotsenti, 2021-yil dekabr oyidan mazkur kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan.

Po’latov Sadriddin Sayfullayevich Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent 2019-2021- yillarda kafedra mudiri lavozimida ishlagan.

Asosiy nashrlar

1. Qazoqov S.R. “Sport o’yinlari va uni o’qitish metodikasi(Badminton)” (o’quv qo’llanma);

2. Po’latov S.S., Saidova M.M., Hamroyeva Yu.S., Mustafayeva Sh.A., Umarov F.X. “Stomatologiyada reabilitatsiya” (o’quv qo’llanma);

3. Shokirov K.F. “Fizicheskoye vospitaniye studentov v meditsinskom VUZe” (o’quv qo’llanma);

4. Hidoyatov Sh.Sh. “Jismoniy tarbiya va sport” (o’quv qo’llanma);

5. Qazoqov S.R. “Sport o’yinlari va uni o’qitish metodikasi(Badminton)”  (darslik);

6. Hidoyatov Sh.Sh. “Jismoniy tarbiya va sport” (darslik);

7. Po’latov S.S., Saidova M.M., Hamroyeva Yu.S., Mustafayeva Sh.A., Umarov F.X. “Tibbiy reabilitatsiya” (darslik);

8. Zokirova F.B. “Jismoniy tarbiya va sport (gimnastika)”;

9. Shokirov K.F. , Zokirova F.B. «Effektivnost gimnasticheskix sredstv dlya razvitiya fizicheskix kachestv u studentov» (o’quv qo’llanma).

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid dastur :

  1. Saidova M.M., Po’latov S.S., Hamroyeva Yu.S., Mustafayeva Sh.A. – Revmatoid artritli bemorlarda yurak qon tomir kasalliklaridan o’lim xavfini aniqlash uchun modifikatsiyalangan SCORE dasturi;
  2. Saidova M.M.- Ayollarda bepushtlik xavfini aniqlash uchun dastur;
  3. Zokirova F.B., Shokirov K.F., Qazoqov S.R., Habibov B.D., Hidoyatov Sh.Sh.- O’smirlarning jismoniy ko’rsatgichlarini baholab boruvchi elektron shkala;
  4. Saidova M.M., Hamroyeva Y.S.- Tizimli sklerodermiya bilan bemorlarda yurak-qon tomir tizimi zararlanish xavfini aniqlash uchun dastur;

Raxmatova M.R., Mavlonov Z.I., Mustafayeva Sh.A.- Yosh futbolistlarda jismoniy faoliyat ko’rsatkich xarakteristikasi, hamda ularning o’yin ampluasi bilan aloqadorligi.

Kafedra xodimlarining ilmiy izlanishlari

Kafedra dotsenti Po’latov Sadriddin Sayfullayevich, 15-21.11.2021y QS 1000 reytingiga kiruvchi M.Avezov nomidagi Qozoqiston davlat universitida akademik mobillik doirasida tajriba almashib keldi.

Kafedra o’quv–uslubiy faoliyati

Kafedra xodimlari tomonidan talabalar bilimini nazorat qilishning yangi shakllarini ishlab chiqqan holda amaliy mashg‘ulotlar mavzulari bo’yicha o’quv dasturlari, o’quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlanadi.

Kafedrada neyroreabilitatsiya yo’nalishi bo’yicha magistrlar tayyorlash bo’yicha ta’lim dasturi amalga oshirilmoqda. Sport tibbiyoti va neyroreabilitatsiya mutaxassisliklari bo’yicha klinik ordinatorlar tayyorlanadi.

Kafedrada talabalarning ilmiy ishlari rag’batlantiriladi. Talabalarning ilmiy izlanishlarda ishtirok etishi, talabalar ilmiy to’garagining muntazam yig‘ilishlari o’tkazilib, talabalarning turli konferensiyalarda qatnashib, shuningdek, respublika tanlovlarida qatnashib faxrli o’rinlarnii egallab kelishadi.

Kafedra xodimlari bemorlarni davolash, diagnostika va maslahat ishlarida ham faol ishtirok etib keladi.

Akademik mobillik

“ERASMUS+” taʼlim granti dasturi negizida “BERNICA”loyihasi doirasida 15-16 mart kunlari Qozogʼistonning Аlma-ata shahrida Аsfandiyar nomidagi xalqaro tibbiyot institutida “Kick-off meeting”-boshlangʼich uchrashuvi boʼlib oʼtdi.

Yigʼilishda Qirgʼizistonning: Osh davlat universiteti, Bishkek xalqaro tibbiyot maktabi, Qozogʼistonning: Karaganda tibbiyot universiteti, Аsfandiyar nomidagi xalqaro tibbiyot instituti, Tojikistonning: Аvitsenna nomidagi tibbiyot universiteti, Xalton Davlat tibbiyot universiteti, Oʼzbekistonning: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Buxoro Davlat tibbiyot instituti, Аvstriyaning JOANNEUM universiteti va Turkiyaning Istanbul tibbiyot universiteti professor- oʼqituvchilari ishtirok etishdi.

Yigʼilishda Buxoro Davlat tibbiyot instituti “Reabilitologiya,sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya” kafedrasi assistentlari Urakov J.R. va Turdiyev U.M. qatnashishdi.

Loyihaning asosiy maqsadi- Markaziy Osiyoda toʼgʼri ovqatlanish boʼyicha taʼlim va tadqiqot salohiyatini takomillashtirish va rivojlantirish boʼlib, uchrashuv bahs- munozaralarga boy tarzda davom etdi va ishtirokchilar oʼzaro fikr va tajriba almashishdi.

“ERASMUS+” taʼlim granti dasturi negizida “BERNICA”loyihasi doirasida 26.06.2023 dan 06.07.2023 gacha  Qirgʼizistonning Bishkek shahri yaqinidagi Cho`lpon-Ota shaharchasi Issiq-ko`l dam olish zonasi “RADUGA” pansionatida  navbatdagi oflayn “SUMMER SCHOOL” seminar treningi boʼlib oʼtdi.

Seminarda Qirgʼizistonning: Osh davlat universiteti, Bishkek xalqaro tibbiyot maktabi, Qozogʼistonning: Karaganda tibbiyot universiteti, Аsfandiyar nomidagi xalqaro tibbiyot instituti, Tojikistonning: Аvitsenna nomidagi tibbiyot universiteti(onlayn rejimda), Xalton Davlat tibbiyot universiteti(onlayn rejimda), Oʼzbekistonning: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Buxoro Davlat tibbiyot instituti, Аvstriyaning JOANNEUM universiteti va Turkiyaning Istanbul MEDIPOL universiteti professor- oʼqituvchilari ishtirok etishdi.

Yigʼilishda Buxoro Davlat tibbiyot instituti “Reabilitologiya,sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya” kafedrasi assistentlari Turdiyev U.M.,Boltayev O.B., Urinov R.M. va Umarov F.X.lar qatnashishdi.

Yigʼilish davomida Аvstriyaning JOANNEUM universiteti professori , Avstriya sport nutricologiyasi jamiyatining prezidenti Dr.Manuela Konrad  MOODLE tizimiga oid barcha  ma`lumotlarni qisqacha takrorlab, yakuniy xulosa o`rnida ishtirokchilarga o`zining tavsiyalari va topshiriqlarini berdi.Bundan tashqari Turkiyaning Istanbul MEDIPOL universiteti, nutrisiologiya va dietologiya kafedrasi professori Dr.Indrani Kalkan va shu universitetning mustaqil izlanuvchisi Dr.Fatmaur Arpa maxsus guruhlardagi nutrisilogiya mavzusini davom ettirib, kerakli tavsiyalarini aytishdi va nutrisiologiya hamda dietilogiyaning kelajakdagi istiqbolli rejalari bilan o`rtoqlashishdi.

“ERASMUS+” taʼlim granti dasturi negizida “BERNICA”loyihasi doirasida 06.11.2023 dan 10.11.2023 gacha Istanbul MEDIPOL universitetida loyiha mavzularini Moodle o`quv platformasida rivojlanishini muhokama qilish va takomillashtirish bo`yicha navbatdagi  o’quv seminari bo’lib o’tdi.

Seminarda Buxoro Davlat tibbiyot instituti “Reabilitologiya,sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya” kafedrasi assistentlari Turdiyev U.M. va Umarov F.X.lar qatnashishdi.

“ERASMUS+” taʼlim granti dasturi negizida “BERNICA”loyihasi doirasida 15.04.2024 dan 19.04.2024 gacha  Avstriyaning Graz shahridagi   JOANNEUM amaliy fanlar universitetida navbatdagi oflayn  seminar treningi boʼlib oʼtdi.

Seminarda Buxoro Davlat tibbiyot instituti “Reabilitologiya,sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya” kafedrasi assistentlari Turdiyev U.M. va Umarov F.X.lar qatnashishdi.

Аvstriyaning JOANNEUM universiteti professori Anastasia Sfiri “Innovatsion ta’limda  MOOC dasturining o’rni va ahamiyati” haqida to`xtalib, ishtirokchilarning savollariga javob berdi.

Seminarnig oxirgi kuni 19.04.2024  Аvstriyaning JOANNEUM universiteti professori , Avstriya sport nutricologiyasi jamiyatining prezidenti Dr.Manuela Konrad  yakuniy xulosa o`rnida ishtirokchilarga o`zining tavsiyalari va topshiriqlarini berdi. Shu kunning o`zida ishtirokchilarga seminar terningni muvaffaqiyatli tugatganlari bilan qutlashdi va sertifikatlarni topshirishdi.

12.04.2024 yil Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti professor o’qituvchilari xususan “Reabilitologiya,sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya” kafedrasi assistentlari Turdiyev U.M. va Umarov F.X.lar top 1000 ga kiruvchi Avstriyaning Gras tibbiyot universitetiga tashrif buyurishdi. Professor-o’qituvchilarni Gras tibbiyot universiteti halqaro bo’limi boshlig’i professor Mag. Heidrun Moerti kutib oldi va universitet haqida batafsil ma’lumot beruvchi taqdimotini namoyish etdi.Taqdimot davomida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Shundan so’ng Buxoro Davlat tibbiyot instituti professor-o’qituvchilari anatomiya kafedrasiga tashrif buyurib, u erdagi pat.anatomik muzey, 3D laborotoriya, morg, kutubxona va ma’ruza xonalari bilan bevosita tanishishdi hamda shu erlik talabalarga ma’ruzalar o’qishdi.

Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri PhD  dotsent M.M.Saidovaning 2024 yil 16-maydan 14-iyungacha Koreya Respublikasining Kyonbuk milliy universitetida  stajirovkada bo‘lganligi
Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri PhD, dotsent M.M.Saidova va kafedra doktoranti Hamroeva Yu.S.ning 2024 yil 4 noyabrdan 9-noyabrga kadar Turkiyaning Sog’lik bilimlari universitetida akademik mobillikda bo’lganligi tug’risida.

Masala yuzasidan kafedra mudiri, PhD, dotsent M.M.Saidova so‘zga chiqib, 2024 yil 4 noyabrdan 9-noyabrga qadar Turkiyaning Sog’lik bilimlari universiteti «Gulxane» tib fakultetida akademik mobillikda bo‘lganligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Akademik mobillik davomida fakultet dekani bilan o‘zaro hamkorlik va akademik mobillik olib borish to‘g‘risida kelishib olindi. Fakultetda dars jarayonlarida ishtirok etib, talabalar bilan muzokaralar olib borildi, zamonaviy labaratoriyalar va ularda olib borilayotgan ilmiy yangiliklar ko‘rib chiqildi va o‘rganildi. Shuningdek sohaga oid bir guruh ilmiy xodimlar va professor-o‘qituvchilar bilan muzokarali suhbat olib borildi. Bunda birgalikda monografiyalar yozish va grant loyihalari tayyorlash, o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga kelishib olindi. Mobillik jarayonida Reabilitatsiya bulimida yotib davolanayotgan kasallarni bo‘lim mudiri va bulim shifokorlari bilan birgalikda kuratsiya jaraenlarida qatnashdik. Reabilitatsiya markazi zamonaviy tipdagi asbob-uskunalar bilan ta’minlangan bo‘lib, u yerdagi bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va zamonaviy robot texnikalari bilan reabilitatsion jarayonlarni olib borilayotganligining guvohi bo‘ldik.

Bugungi kunda bizning kafedramiz 2024-yil noyabr oyi

NavigatsiyaToggle Table of ContentToggle