Xalq tabobati va kasb kasalliklari kafedrasi

Xalq tabobati va kasb kasalliklari kafedrasi

Qayumov Holmurod Naimovich

Kafedra mudiri

Kafedra xodimlari

Qodirova Shahlo Salomovna
phd , Dotsent
Karimova Feruza Raxmatboyevna
phd , DOtsent
Jumayev Bahodir Zayniddinovich
phd , dotsent
Radjabova Gulchehra Baxadirovna
phd , katta o'qituvchi
Tuksanova Zebiniso Izatulloyevna
Assistent
Radjabova Dilorom Djalilovna
Assistent
Murodova Mehriniso Mubinovna
assistent
Aminova Nafisa Narzullayevna
Assistent
Muxsinov Nodir Toxirovich
assistent
Abdullayeva Aziza San’atovna
assistent

Kafedra tarixi

O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. A. Karimovning “Abu Ali ibn Sino Xalqaro Jamg‘armasi tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ibn Sino boy merosini o‘rganish to‘g‘risida”gi qarorini bajarish maqsadida Respublika ibn Sino xalqaro jamg‘armasining tavsiyasiga ko‘ra ulug‘ allomalar yurti –  Buxoroi sharifda o‘zbek milliy xalq tabobatini, ayniqsa Abu Ali ibn Sino ulkan merosini o‘rganish, keng ko‘lamda o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti tarkibida 1999 yil 30 avgustda YUNESKO «An’anviy tibbiyot» kafedrasi tashkil etildi.

  Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti Xalqaro YUNESKO «SHarq tabobati» fizioterapiya,  jismoniy madaniyat va sport kafedrasi institut rektorining № 62 / 1 paragraf 1 sonli 1.07.99 yil buyrug‘i asosida mavjud “Xalq tabobati” kursi negizida tashkil etilgan bo‘lib, kurs rahbari sifatida dotsent X. N. Qayumov faoliyat ko‘rsatgan.

  Kafedra o‘z faoliyatini 1999-2000 o‘quv yilidan boshlagan. Kafedraning birinchi mudiri lavozimida tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent N. P. SHonazarov, 2000 yildan boshlab t.f.n. dotsent Nurboev F.E., 2013 yil noyabr oyidan boshlab t.f.n. Babadjanova Z.X., 2016 yil 24 fevraldan t.f.n. dotsent Nurboev F.E, 2016 yil 26 avgustdan Abdulxakov I.U., 2017 yil 25 avgustdan t.f.n. dotsent Nurboev F.E, 2018 yildan hozirgi kungacha t.f.n. dotsent X. N. Qayumov rahbarlik qilib kelmokda. Kafedra uchun Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazning fizioterapiya, rentgen bo‘limlaridan o‘quv xonalari ajratilgan.

  1999 yil kafedrada 3ta klinik ordinator, 2000 yilda 1ta, 2001 yilda 3ta, 2003 yilda 4ta, 2005 yilda 3ta, 2007 yilda 3ta, 2008-2009 o‘quv yilida 2ta, 2009-2010 o‘quv yilida 4ta, 2010-2011 o‘quv yilida 3ta,  2014 -2015 o‘quv yilida 7ta, 2015 -2016 o‘quv yilda 9ta, 2016 -2017 o‘quv yilida 3ta, 2017 -2018 o‘quv yilida 7ta, jami shu yillar davomida 40 ta klinik ordinatorlar qabul qilinib revmatologiya, kardiologiya, terapiya va boshqa tor mutaxssisliklar bo‘yicha muvafaqiyatli tugatganlar. Sport tibbiyotidan hozirgi kungacha 2ta magistr tugatib kefedrada o‘qituvchi lavozimida ishga qabul qilinganlar. 2020 yilda sport tibbiyotidan yana bir magistr o‘qishga qabul qilingan.

          Kafedaradagi o‘quv ishlarining tashkiliy tomonlari Respublika Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi, Respublika Sog‘liqni Saqlash Vazirligi O‘rta va Oliy tibbiy ta’lim bo‘yicha o‘quv-uslubiy kabinet tomonidan tasdiqlangan meyoriy hujjatlar asosida olib borilmoqda. Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlardan namunaviy o‘quv dasturlar mavjud.

Kafedraning maqsadi, vazifalari va faoliyati yo’nalishi:

Kafedra talabalar va klinik ordinatorlarining o‘quv, tarbiyaviy va davolash ishlari Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli markaz tasarrufida va viloyatning boshqa davolash-profilaktika muassasalarida olib boriladi.

Kafedramiz hozirda Koreya Davlati bilan hamkorlikda ilmiy va davolash ishlari olib bormoqda. Kafedra tashkil etilganidan hozirgi davrgacha 50 dan ortiq xalqaro konferensiyalarda ishtirok etib barcha kafedra o‘qituvchilari ko‘plab sertifikatlarga ega bo‘lganlar.

         Oxirgi yillarda Respublikamizda Xalq tabobatiga nisbatan e’tibor oshib bormoqda. Buni yaqqol namunasi sifatida Respublikamiz Prezidentining 2018 yil 12 oktyabrdagi  “O‘zbekiston Respublikasi Xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3968 va 2020 yil 10 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida Xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ -4668 sonli qarorlari bo’lib, ularda Milliy xalq tabobatimizni rivojlantirish sohasidagi vazifalar belgilab berildi. Belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti Xalq tabobati va kasb kasalliklari kafedrasi qoshida “Integrativ va Xalq tabobati klinikazi” ochildi. Bu klinikada Xalq tabobati va kasbkasalliklari kafedrasi tarkibida bo‘lib, bunda davolash va profilaktika ishlarini kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilishi rejalashtirilgan.

2020 yil 21-Oktyabrda Integrativ va Xalq tabobati Klinikasini ochilish marosimini Buxoro Viloyat Hokimi o’rinbosari Mirali Hamroev, institut rektori Shuxrat Teshaev, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

1.IbnSinota’limotifani 3 kurs davolash, tibbiy pedagogika fakulteti talabalari uchun;

2.Xalk tabobati fani – 5 kurs davolash, stomotologiya va tibbiy pedagogika yo’nalishi talabalari uchun ;

3.Klinik allergologiya fani – 6 kurs davolash va tibbiy pedagogika fakulteti talabalari uchun ;

4.Kasb kasalliklari fani-5 kurs davolash, pediatriya va tibbiy pedagogika yo’nalishi talabalari uchun.

5.Tibbiyot kasbiga kirish fani- xalq tabobati yo’nalishi talabalari uchun.

6.Xalq tabobati falsafasi fani- xalq tabobati yo’nalishi talabalari uchun.

7.Ibn Sino Tib qonunlari fani- xalq tabobati yo’nalishi talabalari uchun.

Kafedra professor-o‘qituvchilardan X.N.Qayumov 2018 yilda Koreya Respublikasi CHong YOn klinikasi bilan shartnoma tuzish va tajriba almashish maqsadida 10 kunga borib keldilar. DjabborovaM.B. va QodirovaSH.S. 2018 yilda Tojikiston Davlat Tibbiyot Universitetida iyul oyida talablarni yozgi amaliyotini amalga oshirib qaytdilar. X. N. Qayumov va F. E. Nurboev  2019 yilda Tojikiston Davlat Tibbiyot Universitetida Xalq aro anjumanga qatnashib hamda tajriba almashish maqsadida ikki hafta davomida borib keldilar.

         Kafedra mudiri X. N. Kayumov o‘z ilmiy ishlarini 1999 yilda va F. E. Nurboev 1996 yilda muvofaqiyatli himoya qilganlar.

Kafedrada hozirgi kungacha 8 ta  o‘quv adabiyoti, 4 tamonografiya va 100 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan. Hozirgacha chop etilgan ilmiy maqolalar 500 dan ortiq bo‘lib bularni ko‘pchiligi Rossiya jurnalllarida va O‘zbekiston tibbiyot jurnallarida chop etilgan. Ilmiy ishlarda olingan elektron guvoxnomalar hozirgacha 20 tadan ortiq.

Hozirgacha kafedradan 2ta o‘qituvchimiz doktoranturada taxsil olganlar, shulardan F. E. Nurboev 2018 yil dekabr oyida doktorlik disertatsiyani yoqladi. M. M. Saidova nomzodlik disertatsiyasini yoqlash arafasida.

“Xalq tabobati: tarixi, yutuqlar, istiqbollar” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani va xalqaro olimpiadasi bo’lib o’tdi

Magistrantlar va doktorantlar, tadqiqotchilar hamda talabalarining ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda 2023 yil 28-29 aprelda Toshkent shahrida “Xalq tabobati: tarixi, yutuqlar, istiqbollar” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani va xalqaro olimpiadasi bo’lib o’tdi. Ushbu anjumanda Rossiya, Janubiy Koreya, Moldaviya, Turkiya, Qozog’iston va boshqa davlatlardan mehmonlari tashrif buyurishdi. “Abu Ali ibn Sino” nomidagi Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti tomonidan ham professor o’qituvchilar o’z ma’ruzalari bilan faol qatnashishdi.

NavigatsiyaToggle Table of ContentToggle