Xorijdagi oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlik

Xorijdagi oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlik

Tibbiy biologiya kafedrasi hozirgi kunda dunyoning nufuzli mingtaligiga kirgan bir nechta oliy o`quv yurtlari bilan hamkorlikni yo`lga qo`ygan bo`lib, akademik mobilliklar bo`yicha bir nechta shartnomalar imzolashgan. Jumladan, Osh davlat tibbiyot universiteti Gistologiya,Tibbiy biologiya va patanatomiya kafedrasi, Turkiya Sog`liq bilimlari universiteti, Janubiy Qozog`iston davlat universiteti, Minsk Tibbiyot universiteti bilan shartnomalar imzolangan.




Gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi mudiri A.N.Zulfiqorov Osh davlat tibbiyot universiteti Gistologiya va patanatomiya kafedrasi mudiri professor, tibbiyot fanlari nozodi Shatmanov Suynali Toknonazarovich bilan hujjat imzolash va shartnoma kelishuvi jarayoni

M.AUEZOV NOMIDAGI JANUBIY QOZOG`ISTON DAVLAT UNIVERSITETI BILAN  HAMKORLIK

2019 yil noyabr oyida dunyoning 500 taligiga kirgan M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog`iston davlat universiteti Biologiya kafedrasi mudiri Isayev Erjan Bolisbayevish bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiy biologiya kafedrasi mudiri, dosent Oysha Iskandarovna Jabborova bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.








Janubiy Qozog`iston davlat universiteti biotexnologiya ta`lim yo`nalishi talabalariga o`tilayotgan ma`ruzadan lavha

Joriy o`quv yilida bizning Tibbiy biologiya kafedrasida Turkiya sog`liq bilimlari universiteti bilan hamkorlik shartnomasi tuzildi. Shu shartnoma asosida darslik va o`quv qo`llanmalar chop etish rejalashtirildi. Shunga Buxoro davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan Turkiya fakulteti talabalari uchun Tibbiy biologiya o`quv qo`llanmasi asosiy darslik sifatida chop etildi.






Turkiya Sog`liq bilimlari universititidan akademik mobillik bo`yicha biologiya fanlari doktori, professor Ulkan Kilich tashrifi va talabalarga o`tilayotgan ma`ruzadan lavha.

 

           Kafedra xodimlari talabalar bilimini nazorat qilishning yangi shakllarini ishlab chiqishda amaliy mashg’ulotlar mavzulari bo’yicha o’quv dasturlari, o’quv -uslubiy qo’llanmalar tayyorlaydi.




































Kafedrada talabalarning ilmiy ishlari rag’batlantiriladi. Talabalarning ilmiy ishda ishtirok etish shakllari talabalar ilmiy to’garagining muntazam yig’ilishlarini, turli talabalar konferensiyalarida qatnashishini, shuningdek, talabalar ishining Respublika tanlovlarida va olimpiadalarda  qatnashishni o’z ichiga oladi.