Kafedra Mudiri
1975-1983 yy. – Tojikiston ilmiy izlanish instituti kichik ilmiy xodimi
1983-1984 yy. – Tojikiston ilmiy izlanish instituti katta ilmiy xodimi
1984-1985 yy. – Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologik stansiya sanitar vrachi
1985-1985 yy. – Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologik stansiya sanitar vrachi
1985-1989 yy. – Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologik stansiya bo‘lim boshlig‘i
1989-2001 yy. – Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologik stansiya bosh hakim o‘rinbosari
2001-2008 yy. – Buxoro viloyati Bosh davlat sanitariya vrachi
2008-2008 yy. – Buxoro davlat tibbiyot instituti sog‘liqni saqlashni tashkil etish, boshqarish va
umumiy gigiyena kafedrasi dots.nt vazifasini bajaruvchisi
2008-2010 yy. – Buxoro davlat tibbiyot instituti moliya va iqtisodiyot ishlari prorektori vazifasini
bajaruvchisi
2010-2011 yy. – Buxoro shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
2011-2013 yy. – Buxoro shahar madaniy markaz ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash
departamenti rahbari
2013-2016 yy. – Buxoro shahar obodonlashtirish boshqarmasi madaniy markazi bo‘lim boshlig‘i
2016-2018 yy. – Buxoro viloyati davlat sanitariya epidemiologik nazorat markazi mehnat gigiyena
bo‘linmasi sanitar vrachi
2018– 2019yy– Buxoro davlat tibbiyot instituti sog‘liqni saqlashni boshqarish va gigiyena kafedrasi
assistenti
2019-h.k.-Buxoro davlat tibbiyot instituti Umumiy gigiyena va ekologiya kafedrasi mudiri, dotsent
Malaka oshirish TTA huziridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida 2024 yil may oyida. onlayn
GigiyenaTibbiy ekologiya, Hayot faoliyati xavfsizligi, Nutrisalogiya, Ekologiya.Gigiyena, harbiy gigiyena.
Kafedra xaqida tarixiy ma’lumotlar umumiy gigiyena kafedrasi 1991-1992 o‘quv yilida tashkil qilindi. Kafedra mudiri t.f.n. U.X.Xasanov. tayinlandi va assistentlar Manasova I.S., Jumayeva A.A, Mirzoyeva M.R, Fayzullayeva F.U. faoliyat ko‘rsatdi.
2005 o‘quv yilida kafedra jamoat salomatligi kafedrasi bilan birlashtirildi va Tibbiy xizmat marketingi, Valeologiya, Noinfektsion kasalliklar epidemiologiyasi kabi yangi fanlar kiritildi va shu fanlar bo‘yicha yangi namunaviy va ishchi dasturlar asosida dars jarayonlari olib borildi. Kafedrada dotsent X.N.Qayumov, dotsent O‘.X.Xasanov, katta o‘qituvchilar Salomova H.J, Qobilova G.A., Sharipova N.S, Atayeva M.A, o‘qituvchilar A.A.Jumayeva, Z.J.Jumayeva, D.B.Rajabova, X.X.Shirinovalar faoliyat olib bordilar.
2017-2018 o‘quv yilida kafedrada dotsent X.N.Qayumov, dotsent O‘.X.Xasanov, katta o‘qituvchilar Salomova H.J, Qobilova G.A., Sharipova N.S, I.S.Manasova , o‘qituvchilar A.A.Jumayeva, Z.J.Jumayeva, D.B.Rajabova, X.X.Shirinova, Yuldashova Sh.T. va Mavlyanova S.Sh lar faoliyat olib bordilar. 2018 yil yanvardan kafedra mudiri t.f.n. Atoyeva M.A. o‘z faoliyatini yuritdi.
2018-2019 o‘quv yilida kafedrada Mutaxassislikka kirish 1-kurs Tibbiy profilaktika fakulteti talabalari uchun va Gigiyena va tibbiy ekologiya Tibbiy biologiya yo‘nalishi talabalari uchun yangi fanlar kiritildi va shu fanlar buyicha yangi namunaviy va ishchi dasturlar asosida dars jarayonlari olib borildi. .Bugungi kunda kafedrada professor t.f.d. Nuraliyev N.A., t.f.n., kafedra mudiri Atoyeva M.A. , dotsent X.O.Qosimov, katta o‘qituvchilar Manasova I.S. , o‘qituvchilar : Salomova H.J, Qobilova G.A., A.A.Jumayeva, Z.J.Jumayeva, D.B.Rajabova, Yuldashova Sh.T. , Voxidov U.G. va tashqi o‘rindoshlar t.f.n. To‘xtayev A.A. vat.f.n. Baratova M.S.lar faoliyat olib bordilar. 09.09.2019 yil kafedra mustaqil bo‘lib ajralib chiqdi.
2019-2020 o‘quv yilida kafedra ikkiga bo‘lindi. Umumiy gigiyena kafedrasida X.O. Qosimov kafedra mudiri qilib tayinlandi.O‘qituvchilar Manasova I.S, Jumayeva A.A., Jumayeva Z.J, Nurova Z.X., Mirzoyev O.M. o‘quv yilini to‘liq bajardilar. 2020-2021 yil o‘quv yilida Ortiqov.A.A, Nabiyeva.S.S, Yadgarova.Sh.S, Muhammedova.Z.R, Zokirov.V.Z. va ichki o‘rindoshlar Kosimov I.X, Ismoilova M.Z. lar faoliyat olib bordilar. 2021-2022 o‘quv yilida Olimova D.V., Sharipova G.I. o‘quv yili boshida ishga qabul qilindilar hamda Jumayeva Z.J. mehnat shartnomasi bekor qildi. 24.12.2021 yildan Ibroximov K.I. ichki o‘rindosh sifatida ishga qabul qilindi, 17.01.2022 yilda Hakimov T.B. ichki o‘rindosh sifatida ishga qabul qilindi. 01.02.2022 yilda Oxunjonova M.Z. 1.0 hissaga asosiy shtatga ishga qabul qilindi. 06.05.2022 yildan Mirzoyev O.M. mehnat shartnomasini bekor qildi. 01.06.2022 yil Ismoilov F.F. 1.0 hissaga asosiy shtat bilan ishga qabul qilindi.
2023-2024 o’quv yilida Umumiy gigiyena va ekologiya kafedrasi ikkigabo’lindi:
1 son gigiyena va 2 son gigiyena kafedralari.
Kafedrada bugungi kunda quyidagi professor –o’qituvchilar faoliyatko’rsatmoqda:
X.O. Qosimov kafedra mudiri dotsent, o’qituvchilar Manasova I.S, Jumayeva A.A., Ortiqov A.A. Ibrohimov K.I. Umurov Sh.S, Ibotova M.O, Muhammedova Z.R, Babayeva N.M, Berdiyev U.A, Bafoyev A.H.
Shuningdek kafedrada Samadova X.S-doktarant (2024yil), magistrBahodirova D.B, (2023 yil) 2 kurs, Qurbonova D. (2024 yil), Murodov K(2024 yil), klinik ordinatorlar Murodov B (2023 yil) lar oqishga qabul qilingan.
Talabalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar.
Kafedrada o‘quv yili davomida talaba-yoshlarni odobli, bilimli bo‘lishlariga, ularning ongini o‘stirish, insoniylik qadriyatlarini shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlar olib borildi.
Amaliy mashg‘ulot, ma’ruza darslarida ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, mafkuraviy tarzda tarbiyalash, vatanparvarlik tuyg‘ularini o‘stirish, fuqarolik, ya’ni talabalik burchlarini tushuntirish, o‘z huquqini bilishini, etika, estetika ruxida tarbiyalash, ma’naviy yetuk inson bo‘lib chiqishi maqsadida muntazam ravishda darslar vaqtida suxbatlar olib borildi. Mamlakatimizdagi, xorijdagi, qolaversa, institutdagi hafta yangiliklari, prezidentimiz qaror va farmonlari eshittirilib borildi
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish uchun yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar, tavsiya va risolalar.
Ma’lumki yetuk shifokor tayyorlashda murabbiyning qiyofasi, o‘zini tutishi, muloqoti, deontologik mahorati muhim o‘rin tutadi. Bu o‘rinda talabalarda falsafiy dunyoqarashni shakllantirish, talabalarni o‘zaro hurmat va e’tibor ruhida tarbiyalash katta ahamiyat kasb etadi. Bular tarbiyaviy va ma’naviy ishlarning mohiyatini tashkil etadi. Bu o‘rinda prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning asarlarini, farmon va qarorlarini o‘rganish va targ‘ib qilish zamon talabi hisoblanadi. Shu mavzularga oid fikrlar nafaqat ma’ruza va amaliyot darslarini o‘tish jarayonida, hatto darslardan so‘ng, talabalar orasida, xususan, talabalar turar joyida ham suhbatlar yil mobaynida kafedra xodimlari tomonidan olib borildi. Jumladan, kafedrada ma’naviyat va ma’rifat burchagi tashkil etilib, unda mustaqil O‘zbekistonimizning ramziy belgilari (bayrog‘i, gerbi, madhiyasi va h.k.) rasmiylashtirilgan. Kafedra xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi”, “Navro‘z”, “9-may Xotira va qadrlash kuni” bayramlarida faol ishtirok etdilar.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish uchun yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar, tavsiya va risolalar 2021 – 2022 o‘quv yilida kafedraning barcha xodimlari olib borayotgan tarbiyaviy, madaniy va ma’rifiy ishlarga aloxida e’tibor berib kelindi.
Kafedramizda ma’naviyat va ma’rifat burchagi tashkil qilingan bo‘lib, unda Prezident asarlari, Konstituttsiyaga oid maqolalar, tavsiya, risolalar va turli ro‘znomalar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, kafedra xodimlari va talabalar bundan muntazam foydalandilar.
2022 yil «Inson qadrini ulug‘lash va faol maxalla yili» davlat dasturlarida vazifalarning bajarilish natijalari to‘g‘risida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yilga «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili deb nom berishni taklif qildi. Davlat rahbari bu haqda Oliy Majlisga Murojaatnomasi vaqtida aytib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga har yilgi murojaatnomasi doirasida «Albatta, 2022 yilni nomlash juda qiyin … Biz bunga juda ko‘p tayyorgarlik ko‘rdik. Inson qadrini ulug‘lash – yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash demakdir” – dedi prezident. U bu borada jamiyat asosi bo‘lgan mahalla hal qiluvchi o‘rin tutishi, mahalla tinch bo‘lsa, yurt tinch bo‘lishini ta’kidladi.
“Mahalla obod bo‘lsa, mamlakat obod bo‘ladi. Shu bois, bundan buyon har bir mahallada samarali ish olib borish faoliyatimizning bosh mezoniga aylanadi”, – deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.
«Umuman olganda, har qanday jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi rolni ushbu jamiyatning kelajagi bog‘liq bo‘lgan yosh avlodning sog‘lom va barkamol rivojlanishi o‘ynaydi. Shuning uchun islohotlarimizni kengaytirish va samaradorligini yanada oshirish masalalarida biz zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan g‘ayratli, tashabbuskor, har tomonlama rivojlangan yoshlarimizni o‘zimizga tayanch deb bilamiz», dedi davlat rahbari.
U mamlakatda yangi Uyg‘onish davrining poydevorini shakllantirish uchun yangi Xorazm, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiy va Boburlarni tarbiyalash uchun muhit va sharoit yaratish zarurligini ta’kidladi.
«Bizning eng ustuvor vazifamiz ulkan maqsadlarni belgilash va ularga erishish uchun vakolatli yoshlarni yaratish bo‘lishi kerak. Shundagina bolalarimiz xalqimizning azaliy orzularini amalga oshiradigan haqiqiy kuchga aylanadi», dedi prezident.
«Ayniqsa, yaqinda bo‘lib o‘tgan Yoshlar forumida yigit-qizlarimizning ishtiyoq bilan yonayotgan ko‘zlarini, bilimga bo‘lgan ishtiyoqlarini ko‘rib, men juda katta kuch oldim. Va ular yana Ibn Sino aytgan jasur va qattiyatli yoshlar ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim», dedi prezident.
«Ishonchim komilki, biz qudratli ijodiy salohiyatga ega bo‘lgan bunday bilimli yoshlar bilan birgalikda yangi O‘zbekistonni barpo etamiz», dedi davlati rahbari.
Davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha kafedramiz professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 5 ta muhim tashabbusning bajarilishi bo‘yicha ham G‘ijduvon tumanida targ‘ibot ishlarini olib bordi.
Kafedra assistenti MIRZOEV O.M. Talabalarda mutaxassislik madaniyati, kasb odobi va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish bo‘yicha malaka-ko‘nikmalarni rivojlantirish yo‘nalishida talabalar bilan olib borayotgan tushintiruv suhbati
Ma’naviyat-ma’rifat yo‘nalishlarida o‘tkazilgan seminar va anjumanlarning natijalari
Ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishida kafedramizda turli seminar va anjumanlar tashkil qilingan bo‘lib, bu tadbirlar asosan bayramlarda, 21 oktyabr kuni 1 oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozlar o‘giti – kamolotimiz qanoti”, “O‘zbek tilim – jonu dilim” 18 noyabr tibbiyot hodimlari kuniga bag‘ishlab “Kasbim – faxrim”, “Bayrog‘imiz – faxrimiz”, “OITS va turli tanosil kasalliklarning oldini olish” mavzularida, 7 dekabr Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan “Konstituttsiyamiz – taraqqiyotimiz omili” mavzusida, 22 yanvar kuni “14 yanvar Vatan ximoyachilari kuni” ga bag‘ishlab “Vatan yagonadir, vatan bittadir” mavzusida, 15 fevralь g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning tavallud kuniga bag‘ishlab davra suhbati, 6 mart Xalqaro Xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Ayol borki, olam munavvar” mavzusidagi tadbirlarda, 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlarda, talabalar turar joyida o‘tkazilgan sumalak saylida kafedra xodimlari faol ishtirok etishdi. Bundan tashqari xar oyning birinchi juma kunida rejali ravishda ma’naviyat bo‘limida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashib bordik.
“Talabalar turar joyida” amalga oshirilgan tadbirlar
O‘quv yili davomida kafedra xodimlari tomonidan ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha reja tuzilgan bo‘lib, shu reja asosida har bir o‘qituvchi “Talabalar turar joyi” da turli mavzularda tadbirlar, kechalar o‘tkazdi.
Kafedra mudiri va professor-o‘qituvchilari Talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan uchrashib, 2021 yil 24 sentyabrь kuni “Ustoz otangdek ulug‘”, 2021 yil 11 yanvar kuni “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muxim tashabbus”, 2021 yil 14 yanvarь kuni “Kitob mening baxtim”, 2022 yil 7 aprel kuni “Huquqiy tarbiya jinoyatchilikning oldini oladi” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazdilar.
Umumiy gigiyena va ekologiya kafedrasi xodimlari mart oyining Navro‘z bayramiga atab tashkil qilingan sumalak va halim dasturxonlarida, 14 fevral Vatan himoyachilari kuniga atab o‘tkazilgan paratda, 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda faol qatnashdilar. Shuningdek, har juma kuni kafedra xodimlari yotoqxonada yashovchi talabalar bilan uchrashib, ularning yashash sharoitini, xonalarining toza-ozodaligi, saranjomligini nazorat qilib turdilar.
Yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi olib borilgan ishlar natijalari
Yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida kafedra xodimlari, kafedra mudiri, dotsent Jumayeva A.A. boshchiligida talabalar bilan “Terrorizm, diniy ekstremizm yoshlar kelajagiga tahdid”, “Ogoxlik-davr talabi”, “Giyohvandlik va OITS ga qarshi kurash” mavzularida davra suxbatlari o‘tkazildi. Bundan tashqari maqsadga muvofiq kafedramiz xodimlari talabalar turar joyida oyida bir marta navbatchilik qilib, talabalarni nazorat qilib turdilar.
Ommaviy axborot vositalariga chiqishlar bo’lmagan.
Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish borasidagi tadbirlar va ularning natijalari
Talabalar bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish uchun ularni fanga jalb qilish maqsadida, kafedramizdagi turli xildagi o‘quv adabiyotlar va disklar institut kutubxonasiga topshirilgan. Kafedrada ham o‘quv qo‘llanmalar va barcha mavzularga oid o‘qitish multimediyalari tashkil qilingan.
Talabalarning bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish maqsadida kafedrada “Yosh biologlar,” to‘garagi tashkil etilgan, hamda o‘quv yili davomida talabalar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borildi. Shuningdek, talabalarni kitobxonlikka qiziqishlarish maqsadida institutimizda “Kitobxonlar bayrami” tashkil etildi. Bunda kafedra assistentlari hamda ularning murabbiylik guruhlari faol ishtirok etdilar.
Ta’lim muassasasidagi targ‘ibot
Kafedramiz xodimlari institut tomonidan chiqarilgan buyruqqa asosan proforiyentatsiya ishlarini olib bordilar. Har bir hodim Buxoro viloyatining belgilangan tumanlariga borib, maktab va litsey bitiruvchilarini Buxoro Davlat tibbiyot institutiga o‘qishga taklif qilib keldilar. Kafedra assistenti Mirzoyev O.M. Navoiy viloyati Zarafshon shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi talabalariga ma’ruza o‘tdilar.
Jismoniy tarbiya va sport ishlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” bo‘yicha “Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi” professor-o‘qituvchilar tomonidan Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport soxasida qobiliyatini namoyon kilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yunaltirilgan. Bunda kafedra mudiri dotsent Qosimov X.O. ma’sul etib tayinlanib, “Sog‘lik -umr garovi” mavzusida TTJ.da talabalr bilan sport mashg‘ulotlarini tashkil etdi. Xar bir talaba bilan sport bilan shug‘ullanish soglik uchun juda zarurligi, xamda sportsiz xayot yo’qligini tushintirish ishlarini olib bordi.
Kafedra o‘quv-uslubiy ishlar bo’yicha TTA, SamTI, ToshPTI, AnTI «umumiygigiyena va radiatsion gigiyena » kafedralari bilan uzviy alokada va xorijdagi Al Farabi nomidagi Qozogistonmilliy universitetida va Asfediyarov nomidagiQozogiston tibbiyot universitetida kafedra o‘qituvchilari Manasova I.S. ma’ruza vaamaliy mashg‘ulotlar o‘tib tajriba almashdilar.
2023 yil noyabr oyida akademik mobillik bo’yicha kafedraning dotsentiJumayeva A.A Qozog’iston Respublikasi “Turkiston milliy universitetida” ma’ruzava amaliy mashg‘ulotlar o‘tib tajriba almashdilar.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 2023 yilda 90 ta milliy, 65 ta xorijiy, 1ta scopus ilmiy maqolalar, 2024 yilning o’tgan davrida 76 ta milliy, 65 ta xorijiy, 2ta scopus ilmiy maqolalar chop etildi va ilmiy maqolalar chop etishdavom etmoqda.
2023 yilda “Gigiyena va Ekologiyaning dolzarb muammolariga bag’ishlanganxalqaro ilmiy– amaliy konferensiya, 2024 yilning o’tgan davrida ushbu mavzugabag’ishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi Al-Farabi nomidagi Qozog’iston Milliy universitetining tibbiyot va sog’liqni saqlash fakultetiga tashrif buyurdi (https://www.kaznu.kz/ru/17311/page). Tashrif davomida ikki oliy o’quv yurti vakillarining uchrashuvi bo’lib o’tdi, unda hamkorlikni kengaytirish va qo’shma ta’lim dasturini yaratish masalalari muhokama qilindi.
© 2024 BSMI. Barcha huquqlar himoyalangan