Urologiya, nefrologiya, gemodializ va trasplantologiya kafedrasi

Urologiya, nefrologiya, gemodializ va trasplantologiya kafedrasi

Azimov Sardorbek Ilxomovich

PhD, dotsent

Kafedra mudiri

2005-2006 yy.   – Andijon davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti talabasi

2006-2012 yy.   – Buxoro davlat tibbiyot instituti  davolash fakulteti talabasi

2012-2014 yy.   – Buxoro davlat tibbiyot instituti urologiya yo‘nalishi bo‘yicha klinik ordinator

2014-2015 yy.   – Buxoro davlat tibbiyot instituti fakultet va gospital xirurgiya anesteziologiya va  reanimatologiya, urologiya kafedrasi assistent- stajori

2015-2019 yy.   – Buxoro davlat tibbiyot instituti fakultet va gospital xirurgiya, urologiya kafedrasi assistenti

2019-2022 yy   – Buxoro davlat tibbiyot instituti  fakultet va gospital xirurgiya, urologiya   kafedrasi  tayanch-doktaranti

 2023y – Buxoro davlat tibbiyot instituti Urologiya, nefrologiya va gemodializ kafedrasi mudiri

2023 yil iyun oyida TTA huzuridagi tibbiyot pedagoglarni qayta tayyorlash markazi

2022 yil Toshkent vrachlarni qayta tayyorlash markazida

2021 yilda BUXDU pedagogika yo`nalishida

  • Shoshilinch urologiya 2021 yil S.I.Azimov
  • Urologiyada kechiktirib bo`lmaydigan xolatlar S.I.Azimov B.Z.Xamdamov 2022 yil
  • Sil kasaklliklarda chalingan bemorlarda Urologik kasalliklarni klinik immunologik tavsifi 2023yil S.I. Azimov

Kafedra xodimlari

Yodgorov Ibrohim Faxriddinovich
PHD
Raximov Farrux Farxod o’g’li
Assistent
Atoyev Sherzod Sharifovich
Assistent
Gulamov Mirfayz Xalilovich
Assistent
Shodiyev O`lmas Mustafoyevich
Assistent

Ma'naviy-ma'rifiy ishlari

Talabalarning bo’sh vaqtlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshiriladi. Kafedra ma’naviyat ishlari bo’yicha mas’uli boshchiligida talabalar ommaviy tadbirlarda faol qatnashadilar, madaniy hordiq chiqaradilar, Buxoroning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga, teatr va muzeylarga tashrif buyuradilar. Kafedra professor-o’qituvchilar tomonidan tez-tez institut talabalar turar joyida turli dolzarb mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilib turiladi.

Kafedrada jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor beriladi. Kafedra professor-o’qituvchilari institut, viloyat va respublika miqiyosida tashkillashtiriladigan tennis, shaxmat, futbol, basketbol, voleybol, yengil atletika bo’yicha sport musobaqalarida faol ishtirok etadilar.

  Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘tkazilgan 2-tashabbus doirasida sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha Osiyo, jahon va olimpiada chempionlari, musobaqa g‘oliblari ishtirokida vebinar uchrashuv va mahorat darslarini o‘tkazildi. Uchrashuv xamda mahorat darslariga kafedra xodimlari talabalar bilan birga ishtirok etishdi.

Institut talabalari o‘rtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sport-sog‘lomlashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish ishlarini muntazam targ‘ibot qilish maqsadida seminar-treninglar, suhbatlar, ma’ruzalar o‘tkazildi

15 01. 2024y Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda Urologiya, nefrologiya, gemodializ va trasplantologiya kafedrasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan tadbirlar mavzusida o‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida.

Buxoro davlat tibbiyot institutida 4-tashabbus doirasida akademik guruhlarda har oyda bir marotaba shaklda badiiy adabiyot taqdimotini tashkil qilindi.  Uning doirasida “Mening birinchi kitobim” ma’rifiy loyihasini  o‘tkazildi. Loyiha  doirasida talabalar ijod namunalarini to‘plam sifatida nashr etildi.

    Talabalarning ilmiy-ma’rifiy, badiiy, ensiklopedik va ilmiy adabiyotlarga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida mamlakatimiz nashriyotlarida mavjud kitoblarning elektron katalogini yangilandi.

 “Birga kitob o‘qiymiz” loyihasini amalga oshirildi.

O‘zbek adabiyoti vakillari ijodi bilan yaqindan tanishish va ularning badiiy asarlarini mutolaa qilish hamda allomalarning tavallud kunlariga bag‘ishlangan adabiy-badiiy  kechalar tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda kafedra xodimlari va talabalari ishtirok etdilar.

     Buxoro davlat tibbiyot  institutida o‘tkazilgan 1-tashabbus doirasida talabalarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kafedradagi talabalar bilan qatnashildi.

“Tassavurimda jonajon O‘zbekistonim”, “Teatr – ibrat maskani”, “Nazm va navo” mavzularida tanlovlar  o‘tkazildi.

Talabalarning ijodiy ishlar ko‘rgazmasi, yaratgan ishlanmalari va ma’rifiy targ‘ibot aksiyasini o‘tkazildi.

San’at arboblari, yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar bilan vebinar uchrashuvlar, mushoiralar, badiiy kechalar tashkil etishldi.“Men chizgan surat” ko‘rgazmasini tashkil etildi. Tadbirda kafedra xodimlari va talabalar bilan birga ishtirok etildi.

15.02. 2024y   Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda Urologiya, nefrologiya, gemodializ va trasplantologiya kafedrasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan tadbirlar mavzusida o‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida. 

  Talabalarning bo‘sh vaqtlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshiriladi. Kafedra ma’naviyat ishlari bo‘yicha mas’uli boshchiligida talabalar ommaviy tadbirlarda faol qatnashadilar, madaniy hordiq chiqaradilar, Buxoroning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga, teatr va muzeylarga tashrif buyuradilar.

15.03 2024y yangi kampusdagi TTJ da yashovchi talabalar orasida “Jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustaxkamlash” mavzusida o‘tkazilgan tadbir utkazildi.

  “Jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustaxkamlash” mavzusida o‘tkazilgan tadbir utkazildi.

  1. Yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar 
  2. Hozirgi kunda yovuz kuchlar tomonidan uyushtirilayotgan mafkuraviy tahdid ta’siri

  Belgilangan masalalar buyicha kafedra mudiri Ph.D, dotsent  S.I.Azimov so‘zga chikdi, unda yangi kampus TTJ talabalari orasida Yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar barkamol insonni tarbiyalash va shu asosda, shaxsning ma’naviy dunyosini kamol toptirish yo‘lida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘yadi. Dar-haqiqat, har bir insonning shakllanishida, qolaversa, davlatning rivojla-nishida taraqqiyparvar g‘oya va mafkuralarning o‘rni beqiyosdir. Xususan, inson dunyoga kelar ekan, u o‘z oilasi va vatanida tarbiyalanadi, shu muhitda kamol topadi. Uni ezgulik, jo‘shqinlik, bunyodkorlik, vatanparvarlik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash oila va Ona vatan zimmasidagi dolzarb masala ekanligi aytib utildi.

Mafkuraviy kurashlarda g‘olib kelishlikning yo‘llaridan biri va eng ishonchlisi yoshlarda “mafkuraviy immunitet”ni shakllantirish va mustahkamlashlikdir.

Hozirgi kunda yovuz kuchlar tomonidan uyushtirilayotgan mafkuraviy tahdid ta’sirining butun dunyo miqyosida oshib borishida masofa bilmas ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, radio, televidenie) dan, internetdan va telefondan qurol sifatida unumli foydalanilmoqda. Ushbu qurollarning o‘qi bo‘lib asosan o‘z bag‘riga yovuz g‘oyalarni joylab olgan “axborot” xizmat qilmoqdaligi tushuntirildi.

Kuzatishlar yana shu narsani ham tasdiqlaydiki, yuksak axloqiy did bilan tanlab ko‘p kitob o‘qigan kishilarning mafkuraviy immuniteti yetarlicha mustahkam bo‘ladi. Bu davra suxbatida talabalar uzlarini kiziktirgan savollariga javob oldilar.

          20 .03. 2024y    Yangi kampusdagi TTJ da yashovchi talabalar orasida

“Buyuk ajdodlarga extirom” mavzusida o‘tkazilgan tadbir utkazildi.

  1. Buyuk ajdodlarimizning ulkan ma’naviy merosini chuqur o‘rganish.
  2. Ulug‘ allomalarimiz asarlarini targ‘ib etishga alohida e’tibor berish.

                                           Tadbirda belgilangan masalalar buyicha kafedra mudiri Ph.D, dotsent  S.I.Azimov so‘zga chikdi, unda yangi kampus TTJ talabalariga Buyuk ajdodlarimizning ulkan ma’naviy merosini chuqur o‘rganish xususan, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan sanalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ana shular jumlasidan ekanligi aytib o‘tildi.

 Tadbir ishtirokchilariga hazrat Alisher Navoiy hamda Bobur Mirzoning hayoti va ijodi, qoldirgan boy bebaho merosi haqida gapirib berdi.

  Ayniqsa, buyuk mutaffakirning hayoti va ijodi mamlakatimiz, qolaversa, xalqaro miqyosida ham keng o‘rganilayotgani, targ‘ib etilayotgani e’tirof etildi. Shuningdek, bebaho memuar asar “Boburnoma” bugungi globallashuv jarayonlarida jahon hamjamiyatida ham dunyo olimlarida katta qiziqish uyg‘otayotgani qayd etildi.Tadbirda talabalar g‘azallar o‘qidi.

 Bundan maqsad talabalarga yurtimizda o‘tkazilayotgan islohotlar va yangiliklar xaqida oz bo‘lsada ma’lumotlarni yetkazish.

 Butun dunyoda buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga qiziqish hamisha yuqori bo‘lgan. Xorijiy mamlakatlarda ularning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar yaratilgan, ulug‘ ajdodlarimiz xotirasiga yodgorliklar barpo etilgan.

 Buyuk bobolarimiz tafakkuri va dahosi mahsuli bo‘lgan minglab asarlar, tarix, adabiyot, san’at, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, kimyo, astronomiya, me’morlik va boshqa sohalarga oid noyob qo‘lyozmalar bizning bebaho ma’naviy boyligimizdir. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, bunday boy merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi degan gaplari iboralari bilan tadbir yakunlandi. Talabalarning kiziktirgan savollariga javob berildi.

 

 

UROLOGIYA, NEFROLOGIYA VA GEMODIALIZ KAFEDRASI

      2024 yilda kafedramizga xorijiy ilmiy tashkilotlardan (markazlar, universitetlar va boshqalar) malakali mutaxassislarni mahorat saboqlarini oʻtkazish uchun jalb qilindi.                                         

1Shikunova Yana Vladimirovna      bolalar urologi     Rossiya Federatsiyasining Sibir Davlat tibbiyot universiteti Bolalar xirurgiyasi va bolalar urologiyasi kafedrasi dotsenti, t.f.d. 2024 yil 25-29 yanvar .

  1. Prof. Kaya Horasanli, Prof.Halil Basar, Prof. Ahmet Yaser Muslimano`gli,Dotsent. Serdar Arissan         Urologiya fani o`qituvchilari  Turkiya Sogliq bilimlari universiteti 2024yil  24 mart-07 aprel
  1. Yevgeniy Valeryevich Shpot vrach urolog, onkourolog Rossiya Federatsiyasi I.M.Sechenov nomidagi Mockva Birinchi davlat tibbiyot universiteti professori, t.f.d.,onkouro urologiya bo`limi mudiri 2024yil 29 aprel-02may
  2. Prof Dr.Ilknur Aktas`, Prof.Dr.Hasan Fotih C`ay, Prof.Dr Omer KURU, Doc. Dr. Meliha Kasaroglu  Aksoy      Fizioterapiya fani o`qituvchilari Turkiya Sogliq bilimlari universiteti  2024yil  25 maydan- 16 iyungacha
  3. Shamsiyev Djamoliddin Amriyevich Urologiya kafedrasi professori   Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot Universiteti 2024 yilning 27-29- sentabr kunlari        hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirib, professor-o`qituvchilarning malaka oshirishi va talabalarning akademik mobillik  dasturlarini yanada kuchaytirish maqsadida   tashrif buyirishdi.     

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                    

O'quv-uslubiy ishlari

2023 yil “Sil kasalligiga chalingan bemorlarda urologik kasalliklar immuno-klinik tavsifi” (monografiya), 2024 yil “Siydik yullari infeksiyasi” nomli o`quv qo`llanmalar chiqardi.