Endokrinologiya kafedrasi

Endokrinologiya kafedrasi

Badriddinova Barno Kamoliddinovna

Kafedra mudiri

Kafedra xodimlari

Sherov Umar Nurulloyevich
Axmedova Shaxlo Malikovna
Xudoyorova Dilnoza Rizayevna
Rizayeva Mehriban Axmadovna
Yahyoyeva Hilola Sharifovna
Shodiyeva Nilufar O’tkirjonovna
Jo’raqulova Zebuniso Axtam qizi
Nazarova Aziza Baxronovna
Ismailova Shaxnoza Samandarovna
Axmedov Nodir Ilhomovich

Kafedra tarixi

Endokrinologiya kafedrasi ilk bor 1993 yilda  endokrinolog A.M.Kaylakov boshchiligida, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Akram  Ibrogimovich Mo`minov rahbarligida o`z faoliyatini boshlagan va A.M.Kaylakov kafedra mudiri etib tayinlangan. Birinchi marotaba 1993-yil Buxoro viloyat kasalxonasi (hozirda Buxoro viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazi) klinik bazasi tarkibida tashkil qilindi. Institut ma`muriyati tomonidan  talabalarning  dars o`tishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo`lib, ma`ruza zallari, o`quv xonalari mavjud edi.    

   1996 y. endokrinolog Kaylakov A.M. va gastroenterolog Kaylakova M.R.

2001-2008 yillarda  Buxoro Davlat tibbiyot instituti “’Endokrinologiya”  kafedrasi mudiri etib tibbiyot fanlari nomzodi, Sherov Umar Nurulloevich tayinlangan.   

t.f.n, katta o`qituvchi, Sherov Umar Nurulloevich.

2008-2016 yillarda tibbiyot fanlar nomzodi, dotsent Kamol Jumaevich boshchiligida ish olib borayotgan “ Fakultet va gospital terapiya” kafedrasi tarkibida endokrinologiya kursi sifatida o`z faoliyatini davom ettirgan.  

DSc, dotsent Boltaev Kamol Jumaevich

“Ichki kasalliklar” kafedrasi 2016-yildan Endokrinologiya kafedrasi bilan birgalikda faoliyat ko`rsata boshlagan. 2016 yillarda rektor Asqarov T.A. tashabbuslari   bilan kafedra “Ichki kasalliklar va endokrinologiya” kafedrasi sifatida faoliyat yuritgan. 2016-2022 yillarda DSc Badritdinova M.N kafedra mudiri lavozimida  faoliyat ko`rsatgan.        

DSc, dotsent Badritdinova M.N.

Endokrinologiya kafedrasi institut rektori Sh. J. Teshayev tashabbuslari bilan 2023 yilda alohida kafedra bo`lib tashkil etildi va PhD Badridinova Barnoxon Kamalidinovna kafedra mudiri etib tayinlandi.

PhD Badridinova B.K.

DSc, dotsent Badritdinova M.N.

Badritdinova Matluba Najmiddinova – DSc, dotsent 1996-2006 yillarda umumiy amaliyot tayyorlash kafedrasida assistant lavozimida ishlagan.

2015-2023 yilgacha Buxoro davlat tibbiyot instituti ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelgan. Hozirda Ichki kasalliklar kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda.

2006 yil 25 oktyabr kuni “Оптимизация диагностики экстрагенитальных неинфекционных заболеваний среди женщин фертильного возраста” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2022 yil “Инновационные методы профилактики и немедикаментозного лечения метаболического синдрома” nomli doktorlik ilmiy mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. Oliy toifali vrach. 6 ta monografiya, 5 o’quv qo’llanma, 30 dan ortiq uslubiy qo’llanma va tavsiyanomalar, 5 ta EHM dasturi muallifi. Ilmiy pedagogik faoliyati davomida 100 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan, shulardan 30 tasi nufuzli xorijiy jurnallarda.

Badriddinova Barnoxon Kamalidinovna – kafedra mudiri, tibbiyot fanlari bo`yicha falsafa doktori. 2019-2023 yillarda Ichki kasalliklar va endokrinologiya kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 2023 yil  “Оценка факторов риска развития терминальной почечной недостаточности у больных с сахарным диабетом 2 типа”,   mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 2023 yildan boshlab Buxoro davlat tibbiyot instituti endokrinologiya kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi. Oliy toifali vrach. 2ta monografiya, 2 o’quv qo’llanma, 20 dan ortiq uslubiy qo’llanma va tavsiyanomalar, 2 ta EHM dasturi muallifi. Ilmiy pedagogik faoliyati davomida 50 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan, shulardan 12 tasi nufuzli xorijiy jurnallarda.

Kafedrada davolash, tibbiy pedagogika, tibbiy biologiya va tibbiy profilaktika, pediatriya, xalq tabobati, oliy hamshiralik ishi fakulteti talabalariga bolalar endokrinologiyasi, endokrinologiyada hamshiralik ishi, diabetologiya, endokrinologiya  fanlaridan amaliy va klinik mashg’ulotlar olib boriladi.

Hozirgi kunda kafedrada 1 ta PhD, 1 ta katta o`qituvchi,  2 ta mustaqil tadqiqotchi, 9 ta assistent faoliyat ko‘rsatib, yosh barkamol avlodga bilim berishda o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Bugungi kunda kafedrada Sh.M. Axmedova “Turli darajadagi bosh miya jarohatlaridan keyin timusda bo`ladigan morfologik o`zgarishlarning qiyosiy tasnifi”,M.A. Rizaeva “Miokard infarktida uglevod almashinuvining buzilishi va gipoglekimik terapiyaning imkoniyatlari”, X.SH. Yaxyayeva “Koronovirus infeksiyasini o`tkazgan shaxslarda qalqonsimon bez faoliyatining morfofunksional va ultratovushli anatomiyasining o`ziga xos xususiyatlari”, N.O`. Shodiyeva  “Особенности состава тела у больных  с сахарном диабетом 2 типа с НАЖБП”, ilmiy mavzularida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.  

Kafedra xodimlari tomonidan 150 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar respublika va chet el ilmiy jurnallarida chop etilgan bo`lib, shulardan 80 tasi nufuzli xorijiy jurnallarda.

Kafedrada 10 ga yaqin o‘quv qo‘llanma, 2 ta elektron darslik, 5 ta monografiya, 40 dan ortiq o‘quv uslubiy qo‘llanma, 7 ta EHM dasturga guvohnoma, 7 ta uslubiy tavsiyanoma o‘zbek, rus tillarida tayyorlanib, fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarda foydalaniladi.

Kafedra xodimlari o’z kasbiy faoliyatlari davomida bir qator muvaffaqiyatlarga erishganlar. Ko’plab grant loyihalar va dasturlarda ishtirok etib, chet el mamlakatlarning nufuzli oliygohlarida malaka oshirib kelishmoqda. Jumladan, 2019 –yil Italiya IHOD proyekti bo’yicha Paviya universitetida kafedra o’qituvchilari   PhD Badritdinova  B.K., 2023 yil iyul oyida kafedra assistenti A.B. Nazarova Germaniyaning SOLID proyekti bo`yicha “Frankfurt university of Applied sciences“ universitetida  malaka oshirib kelganlar.  Hozirgi kunda kafedrada 11 nafar professor-o’qituvchi o’z pedagogik va davolash ishlarini faxr va mamnuniyat bilan yuritib kelmoqda.

Ma'naviy - ma'rifiy ishlar

Kafedra tomonidan tibbiy ko`riklar tashkillashtirilgan.  Endokrinologiya kafedrasi QVPlarda professor-o‘qituvchi xodimlari bilan birgalikda birlamchi tibbiy ko‘rikda bemorlar uchun profilaktik ko’riklar tashkil etishdi. 

Ilmiy tadqiqot ishlari

Hozirgi kunda kafedrada 1 ta PhD,  4 ta tayanch doktorant, 3 ta mustaqil tadqiqotchi, 9 ta assistent faoliyat ko‘rsatib, ular yosh barkamol avlodga bilim berishda o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Bugungi kunda kafedrada  Sh.M. Axmedova “Turli darajadagi bosh miya jarohatlaridan  keyin timusda bo`ladigan morfologik o`zgarishlarning qiyosiy tasnifi”, M.A. Rizaeva  “ Miokard infarktida uglevod almashinuvining buzilishi va gipoglekimik terapiyaning imkoniyatlari”, X.SH. Yaxyayeva “Koronovirus infeksiyasini o`tkazgan shaxslarda qalqonsimon bez faoliyatining morfofunksional va ultratovushli anatomiyasining o`ziga xos xususiyatlari”, N.O`. Shodiyeva “Особенности состава тела у больных  с сахарном диабетом 2 типа с НАЖБП”, ilmiy mavzularida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.  

Kafedra  xodimlari  tomonidan 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar respublika va chet el ilmiy jurnallarida chop etilgan bo`lib, shulardan 50 tasi nufuzli xorijiy jurnallarda. Kafedrada 6 ta o‘quv qo‘llanma,  3 ta monografiya, 10 dan ortiq o‘quv uslubiy qo‘llanma, 5 ta EHM dasturga guvohnoma, 2 ta uslubiy tavsiyanoma o‘zbek- rus tillarida tayyorlanib, fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarda foydalaniladi. Kafedra xodimlari o’z kasbiy faoliyatlari davomida bir qator muvaffaqiyatlarga erishganlar.

Badridinova B.K. “Inson qadri uchun’’ Endokrinologlar kongressi. Buxoro – 12-13 oktyabr 2022 yil.

2022-yil  Buxoro davlat tibbiyot institutiga Y.X. To‘raqulov nomidagi Respublika endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi delegatsiyasi tashrif buyurishdi. Institut faollar zalida markaz vakillarining professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Buxoro davlat tibbiyot instituti va akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘rtasida Memorandum imzolandi.

 Buxoro davlat tibbiyot instituti Endokrinologiya kafedrasiga 07.11.2023yil Germaniyaning Hochschule Fulda University of Applied Sciences dan Dr. med. H.Lo`big tashrif buyurdi. Tashrif doirasida o`zaro hamkorlik, ya`ni tibbiyot sohasida amaliyot almashinuvi , endokrinologiya sohasiga oid yangiliklar, zamonaviy dasturlar bilan ish olib borishni yo`lga qo`yish masalalari ko`rib chiqildi. Undan tashqari ta`lim sohasida ham o`zgarishlar kiritildi.

Dr. H.Lo`big tashrifi davomida  Endokrinologiya kafedrasida ma`ruzalar va amaliy ko`nikmalar olib bordi. Dars jarayonidan fotolavhalar.

Buxoro Davlat Tibbiyot institutining klinikasida endokrinolog Dr. Lo`big qabulida fotolavhalar