Nevrologiya kafedrasi

Xodjiyeva Dilbar Tadjiyevna

Kafedra mudiri

Kafedra xodimlari

O’rinov Muso Boltayevich
Professor
Sanоyeva Matluba Jahonkulovna
dotsent
Axrorova Shahlo Botirovna
dotsent
Rahmatova Sanobar Nizamovna
dotsent
Rahmatova Dilbar Ismatilloyevna
katta o’qituvchi
Gaffarova Visola Furqatovna
assistent
Salomova Nilufar Qahhorovna
assistent
To’layev Mirzohid Jalolovich
assistent
Davronova Hilola Zavqiddinovna
assistent
Xayriyeva Muxsina Farhodovna
assistent

Kafedra tarixi

Nevrologiya kafedrasi Institutning yetakchi kafedralaridan biridir. U viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazida  joylashgan bo`lib, Buxoro Davlat tibbiyot institutining asosiy o`quv, ilmiy – tarkibiy qismi ekanligi bilan klinik fanlar orasida muhim o`rin egallaydi. Mazkur kafedra 1993 yil 26 avgustda institut rektorining 171 – sonli buyrug`i asosida tashkil etilgan, hamda “nevrologiya, neyroxirurgiya va tibbiyot genetikasi” deb nomlangan. Kafedra mudiri lavozimida t.f.n. R.A.Yakubov dastlabki ish faoliyatini boshlagan. 2019 yildan nevrologiya  kafedrasi deb nomlanib  kelmoqda. 1999-2013 yillarda kafedra mudiri sifatida O’rinov Muso Boltayevich faoliyat ko’rsatgan. 2013 yildan hozirga qadar kafedrani dotsent D.T. Xodjayeva  boshqarib kelmoqda. 

Yakubov Raxmin Ashurovich t.f.n.dotsent

O'quv-uslubiy ishlar

Hozirgi kunda kafedra “nevrologiya” kafedrasi deb ataldi. Kafedrada asosiy hissada 11 nafar professor – o`qituvchilar faoliyat ko`rsatib kelmoqdalar. Kafedrada davolash  va tibbiy pedagogika fakultetlari  5 kurs talabalari nevrologiya fanidan, 3 kurs tibbiy profilaktika fakulteti talabalari uchun nevrologiya, tibbiy genetika fanidan, 3 – kurs davolash fakulteti talabalari uchun tibbiy genetika fanidan, 4 kurs tibbiy biologiya fakulteti talabalari uchun tibbiy genetika, molekulyar genetika va nevrologiya  fanidan  ta`lim beriladi. Kafedrada bakalavr talabalari bilan birgalikda nevrologiya  mutaxassisligi bo’yicha klinik ordinatorlar va magistrlar tayyorlanadi.

Kafedrada 2 nafar professor, 2 nafar dotsent, 1 nafar katta o’qituvchi, 6 nafar assistant ta’lim beradi.

O`quv dasturi asosida kafedrada asab kasalliklari, tibbiy genetika, molekulyar genetika bo`yicha mashg`ulotlar o`tiladi. Ma`ruza mashg`ulotlari malakali yetuk mutaxassislar tomonidan o`qiladi. Buxoro viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazi bazasida nevrologiya bo`limida amaliy va klinik mashg`ulotlar olib boriladi.

Kafedrada barcha professor o`qituvchilar nevrologiya yo`nalishi bo`yicha iqtidorli talabalar bilan faol shug`ullanib kelmoqdalar. Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasi tuzilgan, reja asosida har bir o`qituvchi talabalar bilan muntazam respublika va xorij  miqiyosidagi olimpiada va anjumanlarda ishtirok etib, faxrli o`rinlarni egallab kelmoqdalar.

O'quv jarayoni

Kafedrada barcha professor o`qituvchilar nevrologiya fahi bo`yicha iqtidorli talabalar bilan faol shug`ullanib kelmoqdalar. Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasi tuzilgan, reja asosida har bir o`qituvchi talabalar bilan muntazam respublika va xorij  miqyosidagi olimpiada va anjumanlarda ishtirok etib, faxrli o`rinlarni egallab kelmoqdalar.

Iqtidorli talabalari yutuqlaridan namunalar

Ilmiy amaliy anjumanlar. Turk tilli davlatlar nevrologlarining 3 kongressi

21 sentyabr 2018 yil Buxoro shahrida Turk tili davlatlari nevrologlarining III- kongressi bo‘lib o‘tdi.  Kongress Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, O‘zbekiston nevrologlari jamoa birlashmasi tomonidan tashkil etildi. Anjumanda Turkiya, Ozarbayjon, Qozogiston, Ukraina, Rossiya mamlakatlaridan professor nevrologlar jamoasi uzining ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Shimkent tibbiyot akademiyasi nevrologiya kafedrasi professori Tuksanbayeva Gulfariza Usenbayevnaning kafedraga tashrifi. 

Stavropol tibbiyot universiteti nevrologiya va neyroxirurgiya kafedrasi mudiri professor Karpov Sergey Mixaylovich nevrologiya kafedrasi professor o’qituvchilari bilan uchrashuvi.

2018 yil 17 noyabr kuni Stavropol tibbiyot universiteti nevrologiya va neyroxirurgiya kafedrasi mudiri, professor Karpov Sergey Mixaylovich  Buxoro tibbiyot instituti nevrologiya kafedrasi mudiri, dotsent Xodjaeva Dilbar Tadjievna bilan uchrashdi. Professor o‘z tajribasi va olib borayotgan ishlari, erishgan yutuqlari haqida kafedra xodimlari va kafedrada tahsil olayotgan talabalar bilan suhbatlashdi. O‘z ilmiy va amaliy tajribasini nevrologiya va psixiatriya kafedrasi professor o‘qituvchilari bilan almashdi.  Kelajakda kafedra xodimlari bilan hamkorlikda  nevrologiya fani bo‘yicha  darsliklar yozish fikrini bildirdi.

“Klinik nevrologiyada innovatsiyalar”

2019 yil 14-17 mart kunlari nevrologiya va psixiatriya kafedrasi mudiri, dosent Xodjieva Dilbar Tadjievna Sestroresk, Sankt Peterburg shahrida “Klinik nevrologiyada innovasiyalar” mavzusida o‘tkazilgan RF shimoliy-g‘arbiy federal okrugi va Sankt Peterburg nevrologlari 17- shimoliy maktabi ilmiy amaliy anjumanida qatnashdi. Xodjieva anjumanda o‘zining “Organizasionnie aspekti sovershenstvovaniya medisinkoy reabilitasii bol’nix s ostrimi narusheniyami mozgovogo krovoobrasheniya” nomli ma’ruzasi bilan qatnashdi va “master klass” o‘tkazdi. O‘z ilmiy va amaliy tajribasini RF nevrologlari bilan almashdi.

Davolash va ma'naviy – tarbiyaviy ishlar faoliyati

“Neyrosomatik muammolar”

16 noyabr 2022 yil Buxoro davlat tibbiyot instituti nevrologiya va psixiatriya kafedrasi xodimlari va talabalar “Neyrosomatik muammolar” deb nomlangan onlayn konferensiyada qatnashishdi. Konferensiya Dogiston davlat tibbiyot universitetida tashkil etildi. Konferensiyada nevrologiya va psixiatriya sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan dogistonlik professorlar ma’ruzalari tinglandi. Konferensiya translyatsiyasi davomida BuxDTI  talabalari va kafedra xodimlari savollar berib faol qatnashishdi.

Chop etilgan adabiyotlar