Patologik fiziologiya kafedrasi

Patologik fiziologiya kafedrasi

Abdullayeva Muslima Axatovna

kafedrasi mudiri

Kafedra xodimlari

To’rayev Umar Raximovich
assistent
Raximova Gulnoz Shamsiyevna
assistent
Qodirova Laylo Valijonovna
assistent
Navruzova O'g'ilxon Orzijonovna
assistent
Umurov Erkin O'tkirovich
assistent
Fayzillayeva Gulnora Ibragimovna
assistent

Kafedra tarixi

Kafedra Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining birinchi rektori, professor A.I. Mo’minov tomonidan chiqarilgan 1990 yilning 30 oktyabridagi № 4/7-sonli buyruq asosida tashkil etildi. Kafedra mudiri etib o’sha paytda Buxoro Pedagogika institutida ishlab kelgan b.f.n., dotsent, Ato Boltaevich Boltaev tayinlandi.

1993-yil oktyabr oyida institut rektori taklifi bilan kafedraga t.f.n.,dotsent, Usmonova Roziya Abduraxmanovna taklif etilgan va kafedra T.f.n., dotsent Usomonova Roziya Abduraxmanovna mudiri etib tayinlangan. R.A Usmonovaning yangi kafedra mudiri etib tayinlanishi kafedra tarixida yorkin saxifalar ochilishiga sababchi bo’lgan. Bu davr kafedraning ilmiy faoliyatida samarali yutuqlarga erishilgan davr bo’ldi. Kafedrada 6 ta nomzodlik ximoyasi amalga oshirildi, o’quv ishlariga ham katta etibor qaratildi va kafedra tajriba o’tkazish uchun kerak bo’ladigan anjomlar bilan boyitildi. 1999-yilda bir nechta talabalar Andijon shahrida o’tkazilgan respublika fan olimpiadalarida qatnashib faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan. Usmonova taklif etilgan va kafedra mudiri etib    tayinlangan. R.A  Usmonova 1993-2005 yillargacha kafedra mudiri sifatida faoliyat ko’rsatdi.

2005-yilda  Fiziologiya kafedrasi va Patologik fiziologiya kafedrasi birlashtirildi, «Fiziologiya va Patologik fiziologiya kafedrasi» deb yuritila boshlandi va t.f.n. Hasanov Baxtiyor Burxanovich kafedra mudiri etib tayinlandi.

2012-2015 yillar mobaynida kafedra mudiri lavozimiga b.f.n. Sodiqov Iskandar Shavkievich tayinlandi. Ushbu vaqt mobaynida multimediyalar yaratildi va qator ilmiy makolalar chop etildi. Bu davrda kafedra uchun aloxida laboratoriya xonasi mavjud emasligi sababli, Viloyat Onkologiya Dispantseri va VKTTM bilan shartnomalar tuzildi va talabalarga laboratoriya ishlari bajarib ko’rsatildi. 2015-yilda Fiziologiya va patologik fiziologiya kafedrasi Farmakalogiya kafedrasi tarkibiga qo’shildi va kafedra mudiri lavozimiga tibbiyot fanlari nomzodi O.M. Ernazarov tayinlandi. 2017-yil Fiziologiya va patologik fiziologiya kafedrasi alohida kafedra bo’lib ajralib chiqdi va b.f.n. I.Sh. Sodiqov fiziologiya kafedrasi mudiri etib tayinlandi.

2016-2018 yillar mobaynida kafedra mudiri lavozimiga b.f.n Komilova Baxmal Odilovna tayinlandi. Ushbu vaqt mobaynida multimediyalar yaratildi va qator ilmiy makolalar chop etildi.

Tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Abdullayeva Muslima Axatovna 1971-yil 6-aprelda Buxoro shaxrida tugʼilgan.1989-yil Samarqand tibbiyot insititutiga o’qishga kirib,1994-yil tamomlagan.2020-yil avgust oyida dotsentlik darajasiga erishgan.Xozirgi kunda kafedrada t.f.n.,U.R To’rayev., J.J Baxronov.,N.Q Xamidova., L.V Qodirova., O’.O Navruzova.,M.A Negmatullayeva.,D.S Qosimova.,G.SH Raximovalar faoliyat ko’rsatib kelyabdilar.

1994-1995 yilda Buxoro viloyat klinik kasalxonasida internaturani gematologiya yo’nalishi bo’yicha o’tgan. 2019-yil 5-iyulda nomzodlik dissertatsiyasini ximoya qildi. 2020-yil avgust oyidan dotsentlik ilmiy darajasiga erishgan. 2019-yil sentyabr oyidan “Patologik fiziologiya” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

2019-yil fevral oyida kafedra mudiri M.A Abdullayeva AL-Farobiy nomidagi Qozog’iston Unversitetida patologiya yo’nalishi bo’yicha malaka oshirib va tajriba almashish borasida amaliyot o’tib, sertifikat bilan taqdirlandi.

Buxoro davlat tibbiyot insitituti Tibbiy pedagogika va OXI fakulteti dekani t.f.d.,professor A.R Obloqulov, Patologik fiziologiya kafedrasi mudiri M.A Abdullayeva, Umumiy gigiyena va ekologiya o’qituvchilari Z.J Jumayeva, А.А Jumayevalar 10-fevraldan 22-fevralgacha “akademik mobillik”dasturi bo’yicha Al-Farobiy nomidagi Qozog’iston Unversitetida bo’lishdi. Akademik mobillik dasturi davomida biz unversitetning tibbiyot va sog’liqni saqlash, jamoat salomatligini oliy maktabida bo’ldilar. (fakultet dekani t.f.d.,professor J.A Kalmatayeva ).

Fakultetda xalqaro standartlar va yangi ilmiy yutuqlar asosida ta’limning barcha dasturi bo’yicha bakalavriyat va internatura bo’yicha tibbiy kadrlar tayyorlanmoqda.

Fakultet tarkibida 2 ta maktab faoliyat olib bormoqda:jamoat salomatligi va tibbiy oliy maktabi xamda “Innovatsion sog’liqni saqlash ”ilmiy amaliy markazi.

AL-Farobiy nomidagi Qozog’iston Unversitetida ulkan ta’lim, ilmiy va infrastruktura resurslariga boy bo’lgan 2 ta xusisiy klinik boy bo’lgan 2 ta xususiy klinik bazaga ega:klinik-diagnostik markaz,1-shaxar klinik kasalxonasi, shaxar bolalar kasalxonalari bo’lib, ularning tarkibida klinik kafedralar.

Bizni AL-Farobiy nomidagi Qozog’iston Unversitetida ilmiy kutubxonasi faoliyati bilan tanishtirishdi. Kutubxona  Unversitetning axborot ta’lim va madaniyat markazi bo’lib, sifatli ta’lim olishini va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda kitob fondi va zamonaviy elektron sifatli olishini va yuqori malakali mutaxassislarni tayyoshda kitob fondi va zamonaviy elektron resurslardan foydalanish jixatidan universitetning ta’lim dasturini targ’ibot qiladi. Kutubxonaning 1-qavatida  X- asrning ikkinchi yarmida yashab, ijod etgan faylasuf, ensiklopedist olim Abu Nasr Al-Farobiy at Turkning xayoti va faoliyatiga bag’ishlangan muzey faoliyat yuritadi.

O’qituvchilarimiz «Akademik mobillik» asosida “klinik fanlarni o’qitishda intllekt- karta” usulidan foydalanish, “Amaliy mashgulotlarda «Sinkveyn» usulidan foydalanish, «Аssesmen», ва “SWOT- таҳлил” usullaridan foydalanish bo’yicha master klass o’tkaziladi.

Talabalar va internalarga amaliy mashg’ulotlar,seminar va ma’ruza mashg’ulotlari o’tkazishdi. Talabalar juda yuqori qiziquvchanlik bilan ma’ruzalarni  eshitishdi va amaliy mashg’ulotda jonli mashg’ulotlarda jonli munozora olib borishdi.

Kafedraning ilmiy yo'nalishi

“A’zo va tizimlardagi patologik jarayonlarning ekologiya bilan bog’liqligi”va “Kasalliklarning zamonaviy patogenetik talqini”.Kafedra xodimlari ushbu yo’nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borishadi.

2019-yilda kafedrada laboratoriya xonasi tashkil etilib, o’ndan ortiq laborator asbob-uskunalar olib kelindi. Jumladan, avtomatik Gemoanalizator, Muzlatgichli sentrafuga, elektron mikroskoplar, pH-metr, analitik tarozi, aquadistilyator va boshqa bir qator uskunalar olib kelindi. Ayni vaqtda fan uchun ajratilgan laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazishda keng qo’llanilmoqda.

Institutda ehtiyojmand talabalar muntazam rag'batlantirilmoqda

Yurtimizda ezgulik shukuhi aks etib turgan shu kunlarda Muborak Ramazon oyi munosabati bilan saxovat va ehson tadbirlari o’tkazib kelinmoqda. Kecha Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida bir guruh kam ta’minlangan va ehtiyojmand talabalarga rektorat va institut o’qituvchisi Muslima Abdullayeva tomonidan tashkil etildi.

Bundan tashqari, yurtimizda boquvchisni yo’qotgan yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida amalga ezgu ishlar ham institutda doimiy amalda.

Kuni kecha rektor Shuxrat Teshayev uch nafar talabaning to’lov kontrakt summasini to’liq to’lab berilishini ta’kidladi. Bunday ezgu va xayrli amallardan ruhlangan talabalar ilm olib, kelgusida o’z sohasini mohir mutaxassisi bo’lishga va’da berishdi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashi 31.05.2023

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashi 11 – yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash joizki, har oyda o‘tkaziladigan mazkur kengash ham oy davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, muhokama va muzokaralarga bag‘ishlandi.

Dastlab, yaqin orada o‘zining doktorlik ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan olima Abdullayeva Muslima Axatovnaga Oliy attestatsiyasi kommisiyasi tomonidan berilgan  doktorlik  diplomi  institut rektori ilmiy kengash raisi Shuxrat Teshaev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Bugun 16 iyun fuqaro mudofaasi favqulotda vaziyatlar bo'yicha tadbir tanlov bo'lib o'tdi

Buxoro davlat tibbiyot instituti  xodimlari  tomonidan fuqaro mudofaasi bo’yicha qutqaruv tuzilma  sanitariya drujinasi 24 xodim a’zolari  viloyat mchs boshqarmasida qatnashib tashkilotlar orasida 3-o’rinni egalladi.