Fakultet va gospital xirururgiya, urologiya kafedrasi

Fakultet va gospital xirururgiya, urologiya kafedrasi

Xamdamov Baxtiyor Zarifovich

Kafedra mudiri

Kafedra xodimlari

Axmedov Raxmad Maxmudovich
professor
Komilov Safar Ortiqovich
dotsent
Mirxodjayev Islom Asrorovich
dotsent
Gaziyev Karim Umarovich
dotsent
Muazzamov Bobir Bahodirovich
dotsent
Davlatov Salim Sulaymonovich
dotsent
Tursunov Shermuhammadxuja Lutfulloyevich
assistent
Norov Feruz Haqberdiyevich
assistent
Hikmatov Jasur Safarovich
assistent
Hamdamov Ilhomjon Baxtiyorovich
assistent
Axrorova Laylo Barnoyevna
assistent
Azimov Sardor Ilxomovich
assistent
Gulamov Mirfayz Xalilovich
assistent
Rahimov Farrux Farxodovich
assistent
Husenova Shamsiya Haydarovna
assistent

Kafedra tarixi

Gospital xirurgiya kafedrasi 1993-yilda Buxoro viloyat klinik kasalxonasi bazasida tashkil topgan.

1997-yilda Fakultet xirurgiya hamda gospital xirurgiya kafedralarining qo`shilishi munosabati bilan kafedra «Xirurgik kasalliklar» kafedrasi deb nomlandi.

Kafedra tashkil topgan kundan boshlab 2021-yilgacha tibbiyot fanlari doktori, professor R.M.Axmedov kafedraga rahbarlik qilgan.

t.f.d., professor Axmedov Rahmad Maxmudovich (1993-2021-yillarda kafedni boshqargan). Albert Shveyser nomli Xalqaro Tibbiyot Akademiyasining a’zosi

Kafedrada o’tgan davr mobaynida quyidagi professor-o`qituvchilar faoliyat yuritgan: t.f.n. Sh.R.Omirov, B.Y.Makliyev, J.M.Safarov, M.I.Amonov, M.I.Atavullaev, I.G.Malkiyev, Sh.X.Xayotov, L.M.Najmitdinov, T.A.Askarov.

2005-yilda Anesteziologiya va reanimatologiya  hamda Urologiya  kurslari  kafedraga qo`shilgan va t.f.n., dosent Z.R.Zikrillayev, t.f.n., dosent Sh.S Gafarov, t.f.n., dosent O.Sh.Eshonovlar faoliyat ko’rsatgan. 

Kafedra tashkil etilgan davrdan buyon hozirgacha 2 ta professor, 6 ta dosent, 12 ta assistent, 5 ta laborant faoliyat yuritgan.

2017-2018-o’quv yilidan boshlab Anesteziologiya va reanimatologiya kursi boshqa kafera hisobiga o’rganligi sababli “Fakultet va gospital xirurgiya, urologiya” kafedrasi deb nomlandi.  

Kafedraning ilmiy yo`nalishi:

1) Turli xirurgik kasalliklarning noqulay ekologik sharoitda kechishi va davolash xususiyatlarini o`rganish.

2) Diabetik tovon sindromini davolash usullarini mukammalashtirish va yangi usullarni tadbiq qilish.

3) Qorin bo’shlig’i a’zolari, ko’krak qafasi, qalqonsimon bez kasalliklarini zamonaviy innovatsion davolash usullarini tadbiq qilish.

O`tgan davr mobaynida professor R.M.Axmedov rahbarligida 9 ta (Sh.X.Hayotov,  J.M.Safarov, Z.T.Saydaxmedova, A.Q.Abdullayev, B.Z.Hamdamov, K.U.Gaziev, O`.B.Ochilov, T.S.Komilov, U.B.Sharipov, B.B.Muazzamov) nomzodlik, 1 ta (B.B.Safoyev, B.Z.Hamdamov) doktorlik dissertatsiyasi himoya qilingan.

            Oxirgi 5 yilda 4 ta o’quv darslik, 50 dan ortiq o’quv qo’llanma, 15 ga yaqin monografiya kafedra xodimlari tomonidan chop etilgan.    Hozirgi kunga qadar kafedrada 200 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi va 7 ta patent  olindi.

O`quv jarayonida ma’ruza mashg`ulotlarida 16 ta mavzuda o`quv filmlari va 28 ta multimediyalar qo`llaniladi. Darslarni 50% dan ortig`i interfaol usullarda o`tkaziladi.

Kafedra xodimlari Xalqaro Respublika va viloyatlar miqyosida tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda o`z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etib kelmoqdalar. Buxoro viloyat Sog`liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda xirurgiya xizmatini takomillashtirishda nazariy va amaliy yordam ko`rsatmoqdalar.          

            2021-yildan Fakultet va gospital xirurgiya, urologiya kafedrasiga t.f.d. (DSc), professor Hamdamov Baxtiyor Zarifovich rahbarlik qilmoqda.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Talabalarning bo’sh vaqtlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshiriladi. Kafedra ma’naviyat ishlari bo’yicha mas’uli boshchiligida talabalar ommaviy tadbirlarda faol qatnashadilar, madaniy hordiq chiqaradilar, Buxoroning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga, teatr va muzeylarga tashrif buyuradilar. Kafedra professor-o’qituvchilar tomonidan tez-tez institut talabalar turar joyida turli dolzarb mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilib turiladi.

  Kafedrada jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor beriladi. Kafedra professor-o’qituvchilari institut, viloyat va respublika miqiyosida tashkillashtiriladigan tennis, shaxmat, futbol, basketbol, voleybol, yengil atletika bo’yicha sport musobaqalarida faol ishtirok etadilar.