Travmatologiya va neyroxirurgiya kafedrasi

Travmatologiya va neyroxirurgiya kafedrasi

Akramov Vohidjon Rustamovich

Kafedra mudiri

Kafedra xodimlari

Mardanov Jamshid Jaхongirovich
Хakimov Sherali Kuzievich
Хамraev Begzod О`ktamovich
Ahmedov Shamshod Shavkatovich
Ziyadullaev Abdusalom Xabibullavich
Nematov Dilshod Amrillovich
Nurullaev Suxrob Ozodovich
Mirzamurodov Xabib Xalimovich

Kafedra tarixi

Тravmatologiya – ortopediya, XDJ vа  neyroxirurgiya  kafedrasi 1993 yil  8 mart  kuni  O’zbekiston respublikasi sog’liq saqlash vazirligining   №665 raqamli buyrug’i va   ko’rsatmalariga asosan  Buxoro davlat tibbiyot instituti  rektorining 91-9/3  raqamli buyrug’I  asosan  tashkil  etilgan . Kafedra mudiri T.f.d. professor I.Sh. Akramov  tayinlangan.

Akramov Istam Sharipovich t.f.d., professor

T.f.n. dotsent Akramov V.R.  1997 –2021  yillarda  t.f.n. dotsent Akramov V.R.  kafedra mudiri lavozimida ishlagan .

Akramov Vohidjon Rustamovich

Dotsent, DSc

Tug’ilgan yili: 23.06.1970

Tillar: o’zbek, rus

Ixtisoslash:

Travmatologiya va ortopediya

TA’LIM:

1987-1993 – Toshkent Davlat pediatriya tibbiyot instituti

1993-1996 – Buxoro davlat tibbiyot institutining “Travmatologiya-ortopediya” ixtisosligi bo‘yicha aspirantura

PROFESYONAL TAJRIBASI:

2005 yil – Sitenko nomidagi Xarkov davlat tibbiyot instituti

2006 yil – Rossiya davlat tibbiyot universiteti, Rossiya Travmatologiya va ortopediya kafedrasi

2017 yil – Italiya, Katta bo’g’imlarning endoprostetikasi

2020 yil – Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot instituti. R. R. Vredena, Rossiya

2023 yil – Italiya, Katta bo’g’imlarning endoprostetikasi

nomidagi Travmatologiya va ortopediya markazi. Tsivyana

TADQIQOT YO’NATI VA QIZIQISHLARI:

  • Katta bo’g’imlarning endoprotezlari
  • Artroskopiya
  • Politravma

PROFESSIONAL A’ZOLIK:

  • O‘zbekiston Travmatolog va ortopedlar uyushmasi

ILMIY TADQIQOTLAR:

150 dan ortiq maqolalar chop etilgan. “Travmatologiya va ortopediya” darsligi muallifi. 26 dan ortiq oʻquv qoʻllanma va monografiyalar muallifi.

JURNALLAR MUHARRIRI:

  1. O’zbekistonda tibbiyotda yangi kun

MA’MURIY MA’LUMOTLAR:

1997-1999 yillar – Buxoro davlat tibbiyot instituti travmatologiya, ortopediya, harbiy xirurgiya va neyroxirurgiya kafedrasi assistenti.

1997 – hozirgi kungacha –     Buxoro davlat tibbiyot instituti Travmatologiya, ortopediya, harbiy jarrohlik va neyroxirurgiya kafedrasi mudiri

T.f.n. Mardanov J.J. 2021 yildan  t.f.n. Mardanov  Jamshid Jaхongirovich  kafedra mudiri etib tayinlangan.

«Travmatologiya va  neyroxirurgiya » kafedrasi Buxoro viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Buxoro filliali va “Star orthomed “ x/k   bazasida tashkil topgan.

Kafedra xodimlari t.f.n. Mardanov Jamshid Jaхongirovich

va  t.f.n. dotsent Akramov V.R. boshchiligida Buxoro viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazida joylashgan yangi zamonaviy binoning 1-2  qavatida joylashgan ortopediya va jarohat asoratlari, Neyroxirurgiya bo’limi   ning davolash ishlarida faoil ishtirok etadi. Kafedra assistentlari uzun naysimon  suyaklar shikastlanishini zamonaviy yuqori texnologiyali usullarini(bloklovchi intramedullar osteosintez, LCP plastinalari bilan suyakusti osteosintez) qollashadi. Kafedra dotsenti Akramov V.R. katta bo’gimlarni endoprotezlash bilan shug’ullanadi, Isroil, Italiya, Rossiyada amaliyot o’tab kelgan. 2014 yilda ilk bor viloyatda tizza bo’gimini yuqori texnologik artroskopik davolashni boshlagan. Bu yillar davomida 500dan ortiq artroskopik usulda operatsiya o’tkazgan.

Kafedra xodimlari tomonidan bugungi kunga kelib, 200 dan ortik ilmiy maqolalar chop etilgan. 5 ta ixtiro, 20 ta ratsionarlik taklifi taklif qilingan. Kafedraning ilmiy yoʼnalishi “Buxoro regionida tayanch – xarakat sistemasiga ekologiyaning taʼsiri”ni oʼrganish yoʼnalishida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Navigatsiya