Umumiy gigiena kafedrasi

Umumiy gigiena kafedrasi

Qosimov Xayriddin Olimovich

Kafedra Mudiri

Kafedra xodimlari

Jumaeva Aziza Askarovna
DOTSENT
Manasova Izumgul Serdarovna
Katta oqituvchi
Ortiqov Azim Axrorovich
assistent
Zokirov Voxid Zoxidovich
assistent
Muxammedova Zarifa Ravazonovna
assistent
Ibrohimov Kamol Isroil o`g`li
assistent
Samadova Xadichabegim Samandarovna
assistent
Ibotova Mahfuza Oybek qizi
assistent
Sohibova Zarina Ortiqovna
assistent

Kafedra tarixi

Kafedra xaqida tarixiy ma’lumotlar umumiy gigiyena  kafedrasi  1991-1992 o‘quv yilida  tashkil qilindi. Kafedra mudiri  t.f.n. U.X.Xasanov. tayinlandi va assistentlar Manasova I.S., Jumayeva A.A, Mirzoyeva M.R, Fayzullayeva F.U. faoliyat ko‘rsatdi.

2005 o‘quv yilida kafedra jamoat salomatligi kafedrasi bilan birlashtirildi va Tibbiy xizmat marketingi, Valeologiya, Noinfektsion kasalliklar epidemiologiyasi  kabi  yangi fanlar kiritildi  va shu fanlar bo‘yicha yangi namunaviy va ishchi dasturlar asosida dars jarayonlari olib borildi. Kafedrada dotsent X.N.Qayumov, dotsent O‘.X.Xasanov,  katta o‘qituvchilar  Salomova H.J, Qobilova G.A., Sharipova N.S, Atayeva M.A, o‘qituvchilar A.A.Jumayeva, Z.J.Jumayeva, D.B.Rajabova, X.X.Shirinovalar faoliyat olib bordilar.

2017-2018 o‘quv yilida kafedrada    dotsent X.N.Qayumov, dotsent O‘.X.Xasanov,  katta o‘qituvchilar  Salomova H.J, Qobilova G.A., Sharipova N.S,  I.S.Manasova , o‘qituvchilar A.A.Jumayeva, Z.J.Jumayeva, D.B.Rajabova, X.X.Shirinova, Yuldashova Sh.T. va Mavlyanova S.Sh lar faoliyat olib bordilar. 2018 yil yanvardan kafedra mudiri t.f.n. Atoyeva M.A. o‘z faoliyatini yuritdi.

2018-2019 o‘quv yilida kafedrada  Mutaxassislikka kirish 1-kurs Tibbiy profilaktika fakulteti talabalari uchun  va Gigiyena va tibbiy ekologiya Tibbiy biologiya yo‘nalishi talabalari uchun  yangi fanlar kiritildi  va shu fanlar buyicha yangi namunaviy va ishchi dasturlar asosida dars jarayonlari olib borildi. .Bugungi kunda kafedrada professor t.f.d. Nuraliyev N.A., t.f.n.,  kafedra mudiri Atoyeva M.A. , dotsent X.O.Qosimov, katta o‘qituvchilar  Manasova I.S. , o‘qituvchilar : Salomova H.J, Qobilova G.A.,  A.A.Jumayeva, Z.J.Jumayeva, D.B.Rajabova, Yuldashova Sh.T. , Voxidov U.G. va tashqi o‘rindoshlar t.f.n. To‘xtayev A.A. vat.f.n. Baratova M.S.lar faoliyat olib bordilar. 09.09.2019 yil kafedra mustaqil bo‘lib ajralib chiqdi.

2019-2020 o‘quv yilida kafedra ikkiga bo‘lindi. Umumiy gigiyena kafedrasida X.O. Qosimov  kafedra mudiri qilib tayinlandi.O‘qituvchilar Manasova I.S, Jumayeva A.A., Jumayeva Z.J, Nurova Z.X., Mirzoyev O.M. o‘quv yilini to‘liq bajardilar. 2020-2021 yil o‘quv yilida  Ortiqov.A.A, Nabiyeva.S.S, Yadgarova.Sh.S, Muhammedova.Z.R, Zokirov.V.Z. va  ichki o‘rindoshlar Kosimov I.X, Ismoilova M.Z. lar faoliyat olib bordilar. 2021-2022 o‘quv yilida Olimova D.V., Sharipova G.I. o‘quv yili boshida ishga qabul qilindilar hamda Jumayeva Z.J. mehnat shartnomasi bekor qildi. 24.12.2021 yildan Ibroximov K.I. ichki o‘rindosh sifatida ishga qabul qilindi, 17.01.2022 yilda Hakimov T.B. ichki o‘rindosh sifatida ishga qabul qilindi. 01.02.2022 yilda Oxunjonova M.Z. 1.0 hissaga asosiy shtatga ishga qabul qilindi. 06.05.2022 yildan Mirzoyev O.M. mehnat shartnomasini bekor qildi. 01.06.2022 yil Ismoilov F.F. 1.0 hissaga asosiy shtat bilan ishga qabul qilindi.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar

Talabalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar.

Kafedrada o‘quv yili davomida talaba-yoshlarni odobli, bilimli bo‘lishlariga, ularning ongini o‘stirish, insoniylik qadriyatlarini shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlar olib borildi.

Amaliy mashg‘ulot, ma’ruza darslarida ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, mafkuraviy  tarzda tarbiyalash, vatanparvarlik tuyg‘ularini o‘stirish, fuqarolik, ya’ni talabalik burchlarini tushuntirish, o‘z huquqini  bilishini, etika, estetika ruxida tarbiyalash,  ma’naviy yetuk inson bo‘lib chiqishi maqsadida  muntazam ravishda darslar vaqtida suxbatlar olib borildi. Mamlakatimizdagi, xorijdagi, qolaversa, institutdagi hafta yangiliklari, prezidentimiz qaror va farmonlari eshittirilib borildi

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish uchun yaratilgan  uslubiy qo‘llanmalar, tavsiya va risolalar.

Ma’lumki yetuk shifokor tayyorlashda murabbiyning qiyofasi, o‘zini tutishi, muloqoti, deontologik mahorati muhim o‘rin tutadi. Bu o‘rinda talabalarda falsafiy dunyoqarashni shakllantirish, talabalarni o‘zaro hurmat va e’tibor ruhida tarbiyalash katta ahamiyat kasb etadi. Bular tarbiyaviy va ma’naviy ishlarning mohiyatini tashkil etadi. Bu o‘rinda prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning asarlarini, farmon va qarorlarini o‘rganish va targ‘ib qilish zamon talabi hisoblanadi. Shu mavzularga oid fikrlar nafaqat ma’ruza va amaliyot darslarini o‘tish jarayonida, hatto darslardan so‘ng, talabalar orasida, xususan, talabalar turar joyida ham suhbatlar yil mobaynida kafedra xodimlari tomonidan olib borildi. Jumladan, kafedrada ma’naviyat va ma’rifat burchagi tashkil etilib, unda mustaqil O‘zbekistonimizning ramziy belgilari (bayrog‘i, gerbi, madhiyasi va h.k.) rasmiylashtirilgan. Kafedra xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi”, “Navro‘z”, “9-may Xotira va qadrlash kuni” bayramlarida faol ishtirok etdilar.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish uchun yaratilgan  uslubiy qo‘llanmalar, tavsiya va risolalar 2021 – 2022 o‘quv yilida kafedraning barcha xodimlari olib borayotgan tarbiyaviy, madaniy va ma’rifiy ishlarga aloxida e’tibor berib kelindi.

Kafedramizda ma’naviyat va ma’rifat burchagi tashkil qilingan bo‘lib, unda Prezident asarlari,  Konstituttsiyaga oid maqolalar, tavsiya, risolalar va turli  ro‘znomalar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, kafedra xodimlari va  talabalar bundan muntazam foydalandilar.

2022 yil «Inson qadrini ulug‘lash  va faol maxalla  yili»  davlat dasturlarida vazifalarning bajarilish natijalari to‘g‘risida.       

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yilga «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili deb nom berishni taklif qildi. Davlat rahbari bu haqda Oliy Majlisga Murojaatnomasi vaqtida aytib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga har yilgi murojaatnomasi doirasida «Albatta,  2022 yilni nomlash juda qiyin … Biz bunga juda ko‘p tayyorgarlik ko‘rdik. Inson qadrini ulug‘lash – yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash demakdir” – dedi prezident. U bu borada jamiyat asosi bo‘lgan mahalla hal qiluvchi o‘rin tutishi, mahalla tinch bo‘lsa, yurt tinch bo‘lishini ta’kidladi.

“Mahalla obod bo‘lsa, mamlakat  obod  bo‘ladi. Shu bois, bundan buyon har bir mahallada samarali ish olib borish faoliyatimizning bosh mezoniga aylanadi”, – deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.

«Umuman  olganda,  har qanday jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi rolni ushbu jamiyatning kelajagi bog‘liq bo‘lgan yosh avlodning sog‘lom va barkamol rivojlanishi o‘ynaydi. Shuning uchun islohotlarimizni kengaytirish va samaradorligini yanada oshirish masalalarida biz zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan g‘ayratli, tashabbuskor, har tomonlama rivojlangan yoshlarimizni o‘zimizga tayanch deb bilamiz», dedi davlat rahbari.

 U mamlakatda yangi  Uyg‘onish  davrining  poydevorini shakllantirish uchun yangi Xorazm, Beruniy, Ibn Sino, Ulug‘bek, Navoiy va Boburlarni tarbiyalash uchun muhit va sharoit yaratish zarurligini ta’kidladi.

«Bizning eng ustuvor vazifamiz ulkan maqsadlarni belgilash va ularga erishish uchun vakolatli yoshlarni yaratish bo‘lishi kerak. Shundagina bolalarimiz xalqimizning azaliy orzularini amalga oshiradigan haqiqiy kuchga aylanadi», dedi prezident.

«Ayniqsa, yaqinda bo‘lib o‘tgan Yoshlar forumida yigit-qizlarimizning ishtiyoq bilan yonayotgan ko‘zlarini, bilimga bo‘lgan ishtiyoqlarini ko‘rib, men juda katta kuch oldim. Va ular yana Ibn Sino aytgan jasur va qattiyatli yoshlar ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim», dedi prezident.

«Ishonchim komilki, biz qudratli ijodiy salohiyatga ega bo‘lgan bunday bilimli yoshlar bilan birgalikda yangi O‘zbekistonni barpo etamiz», dedi davlati rahbari.      

Davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha kafedramiz professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 5 ta muhim tashabbusning bajarilishi bo‘yicha ham G‘ijduvon tumanida targ‘ibot ishlarini olib bordi.

Kafedra assistenti MIRZOEV O.M. Talabalarda mutaxassislik madaniyati, kasb odobi va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish bo‘yicha malaka-ko‘nikmalarni rivojlantirish yo‘nalishida talabalar bilan olib borayotgan tushintiruv suhbati

Ma’naviyat-ma’rifat yo‘nalishlarida o‘tkazilgan seminar va anjumanlarning natijalari

Ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishida kafedramizda turli  seminar va anjumanlar tashkil qilingan bo‘lib, bu tadbirlar asosan bayramlarda, 21 oktyabr kuni 1 oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar   kuni munosabati bilan “Ustozlar o‘giti – kamolotimiz qanoti”, “O‘zbek tilim – jonu dilim” 18 noyabr tibbiyot hodimlari kuniga bag‘ishlab “Kasbim – faxrim”, “Bayrog‘imiz – faxrimiz”, “OITS va turli tanosil kasalliklarning oldini olish” mavzularida, 7 dekabr Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan “Konstituttsiyamiz – taraqqiyotimiz omili” mavzusida, 22 yanvar kuni “14 yanvar Vatan ximoyachilari kuni” ga bag‘ishlab “Vatan yagonadir, vatan bittadir” mavzusida, 15 fevralь g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning tavallud kuniga bag‘ishlab davra suhbati, 6 mart Xalqaro Xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Ayol borki, olam munavvar” mavzusidagi tadbirlarda, 9-may  Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlarda, talabalar turar joyida o‘tkazilgan sumalak saylida kafedra xodimlari faol ishtirok etishdi. Bundan tashqari xar oyning birinchi juma kunida rejali ravishda  ma’naviyat bo‘limida o‘tkaziladigan  yig‘ilishlarda  qatnashib bordik.

“Talabalar turar joyida” amalga oshirilgan tadbirlar

O‘quv yili davomida kafedra xodimlari tomonidan ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha reja tuzilgan bo‘lib, shu reja asosida  har bir o‘qituvchi “Talabalar turar joyi” da turli mavzularda tadbirlar, kechalar o‘tkazdi.

Kafedra mudiri va professor-o‘qituvchilari Talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan uchrashib, 2021 yil 24 sentyabrь kuni “Ustoz otangdek ulug‘”, 2021 yil 11 yanvar  kuni  “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muxim tashabbus”, 2021 yil 14 yanvarь kuni “Kitob mening baxtim”, 2022 yil 7 aprel kuni “Huquqiy tarbiya jinoyatchilikning oldini oladi” mavzularida  davra suhbatlari o‘tkazdilar.

Umumiy gigiyena va ekologiya kafedrasi xodimlari mart oyining Navro‘z bayramiga atab tashkil qilingan sumalak va halim dasturxonlarida, 14 fevral Vatan himoyachilari kuniga atab o‘tkazilgan paratda, 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda faol qatnashdilar. Shuningdek, har juma kuni kafedra xodimlari yotoqxonada yashovchi talabalar bilan uchrashib, ularning yashash sharoitini, xonalarining toza-ozodaligi, saranjomligini nazorat qilib turdilar.

Yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi olib borilgan ishlar natijalari

Yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida kafedra xodimlari, kafedra mudiri, dotsent Jumayeva A.A. boshchiligida talabalar bilan “Terrorizm, diniy ekstremizm yoshlar kelajagiga tahdid”, “Ogoxlik-davr talabi”, “Giyohvandlik va OITS ga qarshi kurash” mavzularida  davra suxbatlari o‘tkazildi. Bundan tashqari maqsadga muvofiq  kafedramiz xodimlari talabalar turar joyida oyida bir marta navbatchilik qilib, talabalarni nazorat qilib turdilar.

Ommaviy axborot vositalariga chiqishlar bo’lmagan.

Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish borasidagi tadbirlar va ularning natijalari

Talabalar bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish uchun ularni fanga jalb qilish maqsadida, kafedramizdagi turli xildagi o‘quv adabiyotlar va disklar institut kutubxonasiga  topshirilgan. Kafedrada ham o‘quv qo‘llanmalar va barcha mavzularga oid o‘qitish multimediyalari tashkil qilingan.

Talabalarning bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish maqsadida kafedrada “Yosh biologlar,” to‘garagi tashkil etilgan, hamda o‘quv yili davomida talabalar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borildi. Shuningdek, talabalarni kitobxonlikka qiziqishlarish maqsadida institutimizda “Kitobxonlar bayrami” tashkil etildi. Bunda kafedra assistentlari hamda ularning murabbiylik guruhlari faol ishtirok etdilar.

Ta’lim muassasasidagi targ‘ibot

Kafedramiz  xodimlari institut tomonidan chiqarilgan buyruqqa  asosan proforiyentatsiya ishlarini olib bordilar. Har bir hodim Buxoro viloyatining belgilangan tumanlariga borib, maktab va litsey bitiruvchilarini Buxoro Davlat tibbiyot institutiga o‘qishga taklif qilib keldilar. Kafedra assistenti Mirzoyev O.M.  Navoiy viloyati Zarafshon shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi talabalariga ma’ruza o‘tdilar.

Jismoniy tarbiya  va sport ishlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” bo‘yicha “Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi” professor-o‘qituvchilar tomonidan Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport soxasida qobiliyatini namoyon kilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yunaltirilgan. Bunda kafedra mudiri dotsent Qosimov X.O. ma’sul etib tayinlanib, “Sog‘lik -umr garovi” mavzusida TTJ.da  talabalr bilan sport mashg‘ulotlarini tashkil etdi. Xar bir talaba bilan sport bilan shug‘ullanish soglik uchun juda zarurligi, xamda  sportsiz xayot yo’qligini tushintirish ishlarini olib bordi.

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedra o‘quv-uslubiy ishlar bo’yicha TTA, SamTI, ToshPTI, AnTI «umumiy gigiyena  va radiatsion gigiyena » kafedralari bilan uzviy alokada va xorijdagi Al Farabi nomidagi Qozogistonmilliy universitetida va Asfediyarov nomidagi Qozogiston tibbiyot universitetida kafedra o‘qituvchilari Manasova I.S. ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tib tajriba almashdilar.

Yangi o‘quv darsliklari, qo‘llanmalar yaratish bo‘yicha kafedrada qilingan ishlar. Ta’lim va nazoratning yangi vositalarini, ko‘rgazmali qurollarni ishlab chiqish.

2022 yilda : darslik 2 ta , o‘quv qo‘llanma 4 ta ,  monagrafiya 3 ta kafedra xodimlari tomonidan tayyorlandi va nashr etildi.

Mehmonlar institut yangi binosining simulyatsiya markazida

Ilmiy-amaliy konferensiya

11-noyabr kuni institut katta zalida “Ekologiya va ekologik ta’lim muammolari” mavzusiga bag’ishlangan birinchi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi

Konferensiya mehmonlarini va ma'ruzachilarni taqdirlash jarayoni

Akademik mobillik

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi Al-Farabi nomidagi Qozog’iston Milliy universitetining tibbiyot va sog’liqni saqlash fakultetiga tashrif buyurdi (https://www.kaznu.kz/ru/17311/page).  Tashrif davomida ikki oliy o’quv yurti vakillarining uchrashuvi bo’lib o’tdi, unda hamkorlikni kengaytirish va qo’shma ta’lim dasturini yaratish masalalari muhokama qilindi.