Buxoro davlat tibbiyot instituti 1990-yil oktabr oyida tashkil etilgan. 1991-yil mart oyida Buxoro viloyat xalq deputatlari Kengashi Prezidiumi qaroriga binoan institutga Abu Ali ibn Sino nomi berilgan.
Tarixiy bosqichlar:
1991-yil – Tibbiyot fakulteti ochilgan
1992-yil – Stomatologiya fakulteti tashkil etilgan
1999-yil – Malakali hamshiralar bo‘limi ochilgan
2001-yil – Tibbiy pedagogika yo‘nalishi tashkil etilgan
2016-yil – Pediatriya yo‘nalishi yo‘lga qo‘yilgan
2018-yil – Tibbiy profilaktika va tibbiy biologiya bo‘yicha yangi yo‘nalishlar tashkil etilgan
Bugungi kunda institut quyidagilardan iborat:
4 ta fakultet
53 ta kafedra
9 ta bakalavriat yo‘nalishi
30 ta magistratura mutaxassisligi
36 dan ortiq klinik ordinatura mutaxassisligi
20 ta qo‘shma (ikki diplomli) dastur
Institutda jami 9180 dan ortiq talabalar va ordinatorlar tahsil olmoqda.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi:
648 nafar pedagog xodimlar, jumladan:
97 nafar fan doktori va professor
253 nafar fan nomzodi (PhD) va dotsent
100 nafar katta o‘qituvchi va assistent
Ta’lim tillari:
o‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida olib boriladi.