2021-2022 o’quv yildan e’tiboran kafedra “Tibbiyotda innovatsion va axborot texnologiyalari, biofizika” deb nomlandi. Kafedrani fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) J.D.Ashurov boshqarib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada f.-m.f.d., professor S.X.Umarov, f.-m.f.d., professor M.I.Gulamov, p.f.d. (PhD), dotsent Sh.F.Davronova, katta o’qituvchi R.R.Hamroyev, assistentlar B.B.Nabiyev, S.A.Temirov, Z.M.Narzullayeva, R.G’.Yunusova, Z.H.Fayziyeva, Sh.Q.Nizomova, V.K.Raximova, J.J.Kamolov, Sh.E.Davronovlar faoliyat ko‘rsatib kelyaptilar.
Hozirgi vaqtda “Tibbiyotda innovatsion va axborot texnologiyalari, biofizika” kafedrasi kondensirlangan holat fizikasi, matematika, elektron pedagogika sohalarida ilg’or tadqiqotlarni olib bormoqda. So’nggi uch yil mobaynida kafedraning 2nafar o’qituvchilari fizika-matematika, 1 nafar o’qituvchilari pedagogika fanlari bo’yicha dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo’lishdi. Jumladan, f.-m.f.d., professor S.X. Umarov raxbarligida kafedrada katta o‘qituvchisi J.D. Ashurov O‘zFA ning Yadro fizikasi institutida “TlInSe2 Monokristallarining va ular asosidagi qattiq eritmalarning tenzorezistiv xususiyatlari” mavzusida, kafedra o’qituvchisi Sh.N. Murodov esa Ispaniyada M.Ladra, U.A.Rozikovlarning ilmiy rahbarliklarida “Evolyutsion algebralar zanjirlarining dinamikasi” mavzusida, Sh.F.Davronova p.f.d., professor U.Sh.Begimkulov rahbarligida “Ta’lim sifatini ta’minlashda elektron resurslardan foydalanish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildilar.
Kafedraning ilmiy ishlari xalqaro ilmiy va o’quv markazlari bilan chambarchas bog’liq. Kafedra xodimlari milliy va xalqaro ilmiy -texnik loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etadilar.
Olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar esa o’z navbatida bizga kafedra talabalari uchun o’quv dasturlarini eng zamonaviy darajada ishlab chiqish imkonini beradi. Kafedra xodimlari “Davolash”, “Pediatriya”, “Stomatologiya”, “Tibbiy profilaktika, Tibbiy biologya va Xalq tabobati” fakultetlari talabalariga “Tibbiyotda axborot texnologiyalari”, “Ta’limda axborot texnologiyalari”, “Biofizika”, “Matematika va matematik statisytka” kabi fanlarni o’qitadilar.
Har bir ma’ruza ko‘rgazmali tarzda yangi pedagogik texnologiyalar va uslublari qo‘llab o‘tkaziladi va har bir mavzu tibbiyot nazariyasi va tibbiyot amaliyoti bilan bog‘lanadi hamda yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan to‘liq foydalangan holda, xususan multimedia vositalari yordamida olib boriladi.
Laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarda talabalar nazariy olgan bilimlarini mustaqil va bevosita o‘qituvchi nazoratida amaliyotda sinab ko‘radilar va mustaqil-ilmiy asoslangan mavzular bo‘yicha muayyan ishlarni bajaradilar hamda natijalar oladilar. Bu darslarda talabalar asosan nazariy olgan bilimlarini turli xil tibbiy misol-masalalarni kompyuterlar orqali hal qilish usullari bilan tibbiy amaliyotga o‘z bilimlarini bog‘laydilar va amalda tadbiq qilib ko‘radilar.
Kafedra professor-o‘qituvchilari mashg‘ulotlar davomida talabalar bilan vatanparvarlik, mafkuraviy, fuqarolik, huquqiy, estetik, ekologik va salomatlik tarbiyasiga oid suhbatlar olib borishadi. Ushbu suhbatlarda mafkura nimaligi uning insoniy fazilat sifatidagi talqini, fuqarolik va huquqiy tarbiyaning mohiyati, ekologiya va salomatlik haqida doimiy ravishda ma’lumotlar berilib boriladi.
O‘qituvchilarimiz dars o‘tish jarayonidan tashqari talabalar yotoqxonasida ham doimiy ravishda turli qiziqarli mavzularda suhbatlar uyushtirishadi. Jumladan, bu borada kafedramiz professor – o‘qituvchilari tomonidan talabalar yotoqxonasida talabalarning burchi, vatanga sodiqligi hamda ularninig ma’naviy, ma’rifiy, axloqiy jixatdan yetuk va yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishishlariga qaratilgan ko‘pgina uchrashuvlar davriy ravishda o‘tkazib boriladi.