Yadro tibbiyoti va tibbiy radiologiya kafedrasi

Yadro tibbiyoti va tibbiy radiologiya kafedrasi

Jonibekov Jasurbek Jonibekovich

Kafedra mudiri

Kafedra xodimlari

Xudoyberdiev Dilshod Karimovich
Dotsent , phd
Sohibova Ziyoda Rahmonovna
dotsent , phd
Navruzov Rustam Rashidovich
dotsent , phd
Ahmedov Farhod Hakimovich
phd
Ahmadova Maftuna Amin Qizi
Assistent
Jumayeva Malohat Mustaqimovna
Assistent
Nasriddinov Behruz Zayni o'g'li
Assistent
Abdulhakimov Sherzod Alisher o'g'li
Assistent
Nurmetova Dilnoza Farhodovna
Assistent
Qosimov Umidjon Ravshan o'g'li
Assistent
Eshpulatov Elbek Yarashevich
Assistent

Kafera tarixi

Buxoro tibbiyot institutining 1993-yil 25-fevraldagi 4- / 165-son buyrug‘i bilan Buxoro viloyat onkologiya dispanseri (hozirgi O‘zR “RIORIATM” Buxoro filiali) negizida onkologiya bo‘limi tashkil etilgan. Onkologiya kursi dispanser bosh vrachi Mamedov Sunnat Niyazovich tomonidan asos solingan.

 Kurs mudiri etib t.f.n. XN Abdullaev. 1993-yil sentabrdan 1996-yil sentabrgacha “Onkologiya” kursi gospital xirurgiyasi kafedrasi tarkibiga kirdi. 1996-yilda onkologiya va rentgenoradiologiya kursi birlashtirilib, kafedra mudiri etib dotsent Yarmuxammedova D.S.

1999-yil 1-sentabrdan 2012-yilgacha kafedra onkologiya va rentgen radiologiya kafedrasi deb nomlandi va unga t.f.n. dotsent Abdullaev X.N.

2012-yildan 2015-yil martigacha – kafedra mudiri, t.f.n. Mamedov U.S. 2015 yil mart oyidan 2016 yil sentyabr oyigacha G.N.Saidov tayinlangan. 2016-yil sentabr oyidan 2017-yil sentabr oyigacha Xirurgiya, bolalar xirurgiyasi, onkologiya va radiologiya kafedrasida onkologiya va tibbiy radiologiya kursi oʻtkazildi. 2017-yil sentabrdan 2019-yil sentabrgacha Otolaringologiya, onkologiya va oftalmologiya kafedrasi tarkibida onkologiya va radiologiya kursi oʻtkazildi.

2019-yil avgust oyidan kafedra nomi Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi deb o‘zgartirildi va unga t.f.n. Mamedov U.S. rahbarlik qildi. Bugungi kunda kafedrada 18 nafar xodim mehnat qilmoqda.

Mamedov Sunnat Niyazovich
t.f.n. dotsent Abdullaev X.N.
t.f.n. Abdullaev X.N. jarohatni davolash paytida 1997 yil
t.f.n. Abdullaev X.N. Bemorni tekshirish 1997 yil

Ma’naviy-ma’rifiy ishi

Talabalarning bo’sh vaqtlari madaniy ishlarda amalga oshiriladi. Talabalar o‘rtasida yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, kasbiy faoliyatga qiziqish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish, talabalarni institutning madaniy tadbirlariga keng jalb etish kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Kafedra talabalari kuratorlar rahbarligida ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etib, madaniy hordiq chiqarishlarini tashkil etishadi, Buxoroning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga, teatr va muzeylarga tashrif buyurishadi.

Kafedra mudiri va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul o‘qituvchi guruh kuratorlari va talabalar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazib turadi. har payshanba kuni darslar axborot soatiga kirish bilan boshlanadi.

Texnologiya uskunalari

Kafedra tashkil topgan kundan to hozirgi kungacha bo‘lgan davr kafedramizning shonli tarixidir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu davrda minglab tibbiyot xodimlarining ma’naviy-axloqiy va kasbiy kamolotiga munosib hissa qo‘shdi va bu mas’uliyatli vazifani zamon ruhidan kelib chiqib, izchil davom ettirmoqda.

Kafedrada zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar: MSCT (SIEMENS), 3D terabalt tashqi nur terapiyasi apparati va FLEXITRON ichki nur terapiyasi braxiterapiya apparati mavjud bo‘lib, ular saratonni davolashda samarali natijalarga erishishda qo‘llaniladi.

SIEMENS SOMATOM Scope
3D TERABALT

Ochiq dars

319- guruh talabalari bilan birgalikda “O‘pka va ko‘ks oralig‘i a’zolari diagnostikasi” mavzusida  ochiq dars o‘tkazildi.

Ilmiy-amaliy konferensiya “Radiologiyada innovatsiyalarning zamonaviy jihatlari. Hozir va kelajak»

Darsliklar