Kafedra mustaqil izlanuvchisi Yuldasheva D.X. “Gastroezofagial reflyuks kasalligi klinik endoskopik manzarasi va terapiyasini reflyuksat muxiti turiga aloqadorligi” mavzusida 2019 yil 25 aprelda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Shuningdek, Yuldasheva D.X. 2018 yil 9 noyabrda respublika miqiyosida o’tkazilgan “Eng yaxshi pedagog” tanlovida faxrli 2-o’rinni egalladi.
Kafedra mudiri Babadjanova Z.X. va assistent Musaeva R.X. 2018 yil avgust oyida Turkiyaning Ankara shahrida Sog’liq bilimlar universitetida 1 oy davomida malaka oshirib sertifikatga ega bo’ldi. 25 nafar talabalar yozgi amaliyotini Ankara shahridagi Sog’liq bilimlar universitetida o’tdi. Talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandi.
2019 yil aprel oyida kafedra mudiri Z.X.Babadjanova, kafedra dotsenti Xamidova Z.N. va assistent Xalimova D.J. Qozog’iston Respublikasining Astana tibbiyot universitetida akademik mobillik bo’yicha talabalarga master klass darslar berishd. 2019 yil noyabr oyida kafedra mudiri Babadjanova Z.X. va assistent Xalimova D.J. Qozog’iston Respublikasi Alma–Ata shahrida 4- kurs 6 nafar talabalari bilan xalqaro forumda qatnashib, faxrli 1-o’rinni egalladilar.
2018 yil aprel oyida kafedra mudiri Z.X.Babadjanova va assistent Erkinova N.E.lar Tojikiston respublikasining Dushanbe shahrida o’tkazilgan tibbiyot institutining ilmiy amaliy anjumanda ishtirok etdilar.
Kafedrada Babadjanova Z.X. “Birlamchi tibbiy buginda axoliga nevrologik yordam ko’rsatish kontseptsiyasini ishlab chiqish” mavzusida Gafurov B.G., Babadjanov A.S.lar raxbarligida; Tosheva X.B. “Surunkali yurak yetishmovchiligi kamkonlik bilan kechganda kompleks davolash negizida buyrak fibroz markerlarining dinamikasi”; Erkinova N.E. “Surunkali yurak yetishmovchiligida buyrakdagi funktsional-fibroz uzgarishlar bilan aldosteron va albuminuriyani kompleks muolajalar negizida uzaro ta’siri”; Xalilova F.A. “Kamqonlik bilan kechayotgan surunkali yurak yetishmovchiligida yurak xamda buyrakdagi fibroz jarayonlari va elektrolitlar muvozanatiga antianimik davo samaradorligi ” mavzusida prof. T.f.d. Gadaev A.G. raxbarligida ilmiy ish olib borishyapti.
Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi konsulligi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda “Ingliz tili o’qitish vositasi sifatida” EMI (ingliz tilini o`qitish vositasi sifatida) loyihasida kafedra assistenti Musayeva R.X. ishtirok etib NILE institute sertifikatlari bilan taqdirlandi.