Ingliz tili kafedrasi 1990-yil 30 oktyabrda institut rektorining № 4\7-sonli buyrug‘iga binoan tashkil etilgan bo‘lib, dastlab “Tillar” kafedrasi negizida o‘z faoliyatini boshlagan. 1991-2009 yillarda “Tillar” kafedrasini f.f.n, dotsent Yozil Hamroyevich Hamroyev boshqardi.
1997 yildan f.f.n, dotsent Hikmatova M.N. “O‘zbek, rus tillari, pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri etib tayinlangan.
2014-yilda kafedra mudiri etib f.f.d, professor Shodmonov Q.B. tayinlandi. Shodmonov Q. B. 1983 yilda dotsent, 2010 yilda professor ilmiy unvoniga ega bo’lgan. Falsafa fanlari doktori, professor Qurbon Shodmonov Rossiya va Qozog‘iston Fanlar Akademiyasi Falsafa Jamiyati a’zosi, Xalqaro Antik Dunyo ilmiy Akademiyaning akademigi. 2021- yildan hozirgi kunga qadar f.f.doktori PhD Davlatova M.H. tayinlandi. Davlatova M.H 2021 yilda f.f.doktori PhD ilmiy unvoniga ega bo’lgan.
Kafedra faoliyati davomida quyidagi xodimlar faol va samarali ishladilar: kafedrada professor-o’qituvchilardan Hakimova M.A., Aliyeva Z.A., Jabborova G.M., Hayitov Z.H., Aliyeva R.R., Rajabova D.R., S.S.Djumayeva, G’.E.Shomurodov, D.A.Abdullayeva, V.F.Nurullayev, Sh.Z.Tolipov, A.A.Xonov, G.N.Qurbonova, R.B.G’afurova, Z.S.Baxranova, K.Yo.Baxranova, S.S.Murodova, S.Daminov, R.M.Salixovalar faoliyat yuritishgan.