Oʼzbek tili va adabiyoti, pedagogika va psixologiya kafedrasi

Oʼzbek tili va adabiyoti, pedagogika va psixologiya kafedrasi

Qurbonova Gulnoz Negmatovna

KAFEDRA MUDIRI

Kafedra xodimlari

Abdullayeva Dilorom Axmedovna
F.F.N., DOTS.
Bozorov Zayniddin Ashurovich
ASSISTENT
Kurbanov Ixtiyor Hikmatovich
ASSISTENT
Gafurov Baxtiyor Zakirovich
PHD , o'qituvchi
Ashurbayeva Ruqiya Qahhorovna
ASSISTENT
Bekchanova Soliha Davlatnazarovna
ASSISTENT
Tursunova Ozoda Faxritdinovna
o'qituvchi
Nazarova Dildora Ilxomovna
o'qituvchi
Zikiryaуeva Manzura Mavlonovna
o'qituvchi
Bobomurodova Go’zal Olim qizi
o'qituvchi

Kafedra tarixi

Hamroyev Yo.H. (1991-1992 yy.)

Naimov N.N (1992-1997 yy)

Hikmatova M.N. (1997-2013yy.)

Kurbanova G.N. (2018- h.v.)

Mazkur kafedra 1990-yil 30- oktyabrda institut rektorining №4\7 buyrug’igaasosan tashkil etilgan bo’lib, dastlab “Tillar” kafedrasi negizida o’z faoliyatini boshlagan. Kafedraning birinchi mudiri etib filologiya fanlari doktori, professor Narzullo To’rayevich Shodiyev tayinlangan. 1991-2009- yillarda“Tillar” kafedrasini filologiya fanlari nomzodi, dotsent Yozil Hamroyevich Hamroyev boshqargan.

Tillarning o’qitilishiga e’tibor kuchaygandan so’ng “Tillar” kafedrasi 1992-yil 28 avgustdan ikkiga bo’linib, “Xorijiy tillar” va “O’zbek tili, adabiyoti va rus tili” kafedrasi deb nomlandi. “O’zbek tili, adabiyoti va rus tili” kafedrasi mudiri etib Nazrullo Naimovich Naimov tayinlangan ( 1992- yil 9- sentabrdan 1997- yilgacha), 1997 yildan 2013 yilgacha f.f.n., dotsent Hikmatova Muqaddas Nurullayevna boshqargan.

 “Xorijiy tillar” va “O’zbek, rus tillari, pedagogika va psixologiya” kafedrasi yana birlashib, “Tillar, pedagogika va psixologiya” kafedrasi deb nomlandi. 2013-yilning 18-noyabridan boshlab kafedrani professor Qurbon Badriddinovich Shodmonov boshqardi.2017- yil avgustoyidan boshlab kafedra “Tillar kafedrasi” deb yuritila boshlandi.

2018- yil avgust oyidan boshlab institut rektorining buyrug`iga asosan, “Pedagogika, psixologiya va tillar” kaferasiga ajratildi. Kafedra mudiri etib, p.f.n., dotsent G.N. Qurbonova tayinlandi.O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2019 yil 21 noyabr 87.04.2665-sonli buyrug’iga asosan kafedra nomi “ O’zbek tili va adabiyoti” o’zgartirildi.  Hozirda kafedrada 11 nafar professor-o`qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. “O‘zbek   tili  va  adabiyoti”  kafedrasida  institut tashkil topgan  kundan boshlab shu kungacha — 30 yil davomida Baxronova Zubayda  Saidovna va  dotsent Abdullayeva Dilorom  Axmedovna ajoyib tajribali pedagoglar sifatida faoliyat ko‘rsatib, talabalarni yuksak axloqiy ruhda tarbiyalab, barkamol shifokorlar tayyorlashda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Kafedra ilmiy yo’nalishi: Tibbiyot institutlarida rus, o`zbek tililarini o’rgatishda ixtisosiy nutqini o’stirish metodikasi. O’zbek va rus tillarni ikkinchi til sifatida o’qitish usuliyotidan yaxshigina xabarbor bo’lish,zamonaviy o’qitish usullarini ijodiy qo’llashni o’zlashtirish, o’zbekcha va ruscha nutqni amaliy egallash, til o’qitishning kommunikativ tamoyilliga asoslangan holda ish ko’rishni shart qilib qo’yadi.

Kafedraning 1992-yildagi tarkibi

Tadbir jarayonidan lavha (1997 y)

Amerikalik olimlarning institutga tashrifi (2017 y)

G.N Kurbanovaning Ukrainaga tashrifidan lavha (2019 y)

Ukraina pedagogika akademiyasi memarandumiga asosan akademik mobillik (2019 y)

1988 yilda G.N Kurbanova  Buxoro davlat pedagogika institutining o’zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatib, 1993 yildan hozirgi vaqtgacha Buxoro davlat tibbiyot institutida faoliyat yuritib kelmoqda. 2001 yil Buxoro davat tibbiyot instituti o’zbek tili, adabiyoti va rus tili kafedrasi katta o’qituvchisi, 2006 yildan shu kafedraning dotsenti, 2018 yildan hozirgi vaqtgacha o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda. “Tibbiy Oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirish” mavzusida pedagogika fanlari doktori (DSc) darajasini olish uchun ilmiy izlanish olib borgan.

2022 yilda doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, DSc ilmiy darajasini oldi. G.N.Kurbanovaning 2 ta darslik, 10 dan ortiq o`quv qo`llanma, monografiya va 140 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi.

2022- 2023 o`quv yilidagi dars jarayonidan lavhalar. O`qituvchi – DSc . Kurbanova Gulnoz Negmatovna.

2020 yil 24-25 aprelda O’zbek tili va adabiyoti kaferdasida Zamonaviy ta’limda kasbiy tafakkurni o’stirishda pedagogik muloqotning dolzarb masalalarimavzusida xalqaro tashkilotlar ishtirokida Respublika miqyosida ilmiy- amaliy konferensiya tashkil qilindi.Bu konferensiya Vazirlar Mahkamasining 2020 yildagi “ Ilmiy-texnik anjumanlar rejasini tasdiqlash to’g’risida”gi 116-sonli buyrug’iga asosan o’tkazildi.Kafedrada 2018 yildan buyon Ukraina Respublikasi Pedagogika akademiyasi, Ukraina Respublikasi psixologiya instituti, Taras Shevchenko nomidagi Ukraina davlat universitetlari bilan hamkorlik doirasida akademik mobillik o’rnatilgan. O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri G.N.Kurbanova  Tojikiston davlat tibbiyot universiteti “Rus tili” kafedrasida akadem mobillik asosida o’zaro tajriba almashib keldi.

BuxTI   ”O’zbek tili va adabiyoti, rus  tili, pedagogika va psixologiya  kafedrasi  Professor-o‘qituvchilarining 2022-2023 o‘quv yilidagi Ilmiy innovatsion faoliyatlari to‘g‘risida ma’lumot

t/b

F.I.Sh.

Lavozimi

1

Kurbanova Gulnoz Negmatovna

Педагогика фанлари доктори (DSc)

2

Abdullayeva Dilorom Axmedovna

f.f.n. dotsent

3

Bozorov Zayniddin Ashirovich

(PhD)

4

Gafurov Baxtiyor Zakirovich

(PhD) dotsent

5

Nazarova Dildora Ilxomovna

(PhD) dotsent

6

Kurbanov Ixtiyor Hikmatovich

O’qituvchi

7

Ashurbayeva Ruqiya Qaхorovna

O’qituvchi

8

Tursunova Ozoda Faxriddinovna

O’qituvchi

9

Zikiryaуeva Manzura Mavlonovna

O’qituvchi

10

Bekchanova Soliha Davlatnazarovna

O’qituvchi

11

Jomardova Dilafruz Qahramonovna

O’qituvchi

Kurbanova Gulnoz Negmatovna 2018-yil avgust oyidan boshlab institut rektorining buyrug`iga asosan, kafedra mudiri etib tayinlandi. “Tibbiyot Oliy talim muassasalari talabalarida pedagogik muloqot vositasida kasbiy tafakkurni rivojlantirish” mavzusida ilmiy ishlarini olib borgan. 2022 yilda doktorlik dissertatsiyasini muvafaqqiyatli himoya qildi. Hozirga qadar 100 dan ortiq ilmiy maqolalari Respublika hamda xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan. 30 ga yaqin o‘quv qo‘llanma hamda monografiyalar va 2 ta darsliklar muallifi, 2022-2023 o‘quv yili davomida “Профессиональное мышление в системе высшего медицинского образования” nomli OAK ilmiy maqolalari “Tafakkur ziyosi” ilmiy-uslubiy jurnali hamda Pedagogik mahorat ilmiy-nazariy va metodik jurnallarida chop etildi. “К вопросу изучения профессиональных кризисов у преподавателей”, «Некоторые аспекты педагогического общения в формировании профессионального мышления у студентов в системе высшего образования Узбекистана”, “Понятие профессионального мышления и его содержание”, “Значение педагогического общения в развитии профессионального мышления студентов”, “Військовий інститут київського національного університету імені тараса шевченка”, “The concept of professional thinking and its pedagogical essence”, “The significance of pedagogical communication in the development of sudents’ professional thinking” kabi nomli impakt maqolalari xorijiy ilmiy jurnallarda chop etildi.

“Development of professional thinking among the students of higher medical education institutions” nomli monografiyasi, “Kasbiy ta’lim metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi.

2023 yil 24-30 aprel kunlari Xalqaro Universitetlar TOP 1000 ligiga kirgan 651-o‘rinni egallagan Kozog‘iston Respublikasi S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universitetida o‘zining ma’ruzasi bilan ishtirok etib, malakasini oshirib qaytdi hamda shu universitetda tashkil etilgan “Fan, talaba, ta’lim” nomli Xalqaro olimpiadada “Педагогика ва коммуникатив психология” fanidan 3 nafar Buxoro davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti talabalarimiz munosib ishtirok etib, test va muammoli topshiriqdan jamoalar o‘rtasida birinchilikni qo‘lga kiritib, faxrli 1 o’rinni, 1-darajali diplom bilan Sharipov Azizbek Ulug’bekovich, 2 -darajali diplom bilan Latipov Mironshoh Mirzokhid o’gli, 3- darajali diplom bilan Nekova Kamila Khusenovnalar taqdirlanishdi. 2022 yilda Kurbanova Gulnoz Negmatovnaning shogirdi Qoyilova Mehriniso Djuraevna Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD ilmiy darajasini oldi.

“O’zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika, psixologiya” kafedrasida akademik mobillik dasturi asosida TOP-1000 talikka kirgan Ukraina Respublikasi Taras Shevchenko nomidagi milliy universiteti “Pedagogika” kafedrasi professori p.f.d. Beznosyuk Aleksandr Alekseyevich 1 bosqich magistratura va bakalavr talabalariga pedagogik mahorat darslarini o’tdi. Pedagogik mahorat darslarida kafedra professor-o`qituvchilari ham qatnashdi.

Akademik mobillik dasturi asosida TOP-1000 talikka kirgan Ukraina Respublikasi Taras Shevchenko nomidagi milliy universiteti “Pedagogika” kafedrasi professori p.f.d. Beznosyuk Aleksandr Alekseyevich “O`zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika, psixologiya kafedrasida institutning yosh  professor-o`qituvchilariga jahonning ilg`or innovatsion texnologiyalarini o`zida aks ettirgan pedagogik mahorat, yangi pedagogik texnologiyalar fanlaridan seminar-trening o`tkazdi. Bu seminar-treningda yosh professor-o`qituvchilar dars sifatini oshirishga xizmat qiladigan yangi pedagogik texnologiyalarni o`rgandilar va amalda qo`llash borasida bilimlarga ega bo`ldilar. Yosh pedagoglar uchun ta`lim sifatini oshirsh imkoniyatlari to`g`risida ham master-klass o`tkazildi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika, psixologiya kafedrasiga TOP- 1000talikka kirgan Germaniya davlatining Iogann Gutenberg nomidagi Mayns universitetidan akademik mobillik asosida “Turkologiya” kafedrasi professorlari Julian Rench va Petr Kucera tashrif buyurib, kafedrada olib borilayotgan faoliyat bilan tanishdi.

O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI, RUS TILI, PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA KAFEDRASIDA AKADEMIK MOBILLIK  2022-yil 29- may kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Ukraina Pedagogika fanlari milliy akademiyasining katta ilmiy xodimi, Toras Shevchenko nomidagi Ukraina milliy universiteti Psixologiya kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi,  amaliyotchi-psixolog, amaliyotchi-psixoterapevt, kouch, trener Chudakova Vera Petrovna  tashrif  buyurdi. Tashrif davomida institutimizning yangi kampusiga borib, rektorimiz Sh.J.Teshayev bilan uchrashdilar va akademik mobillik doirasida olib boriladigan faoliyat rejasini tuzdilar.

Bozorov Zayniddin Ashirovichning ilmiy faoliyati

Bozorov Zayniddin Ashirovich 2008-yildan buyon  Buxoro davlat tibbiyot instituti “O‘zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika, psixologiya” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. “Bo‘lajak tibbiyot xodimlarida fuqarolik madaniyatini rivojlantirishning innovatsion texnologiyalari” mavzusida 2022-yil dekabr oyida Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini  muvafaqqiyatli himoya qildi. Hozirga qadar 40 dan ortiq ilmiy maqolalari Respublika hamda xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan. “Pedagogika. Psixologiya (o‘zbek tilida), “Pedagogika. Psixologiya” (rus tilida) o‘quv qo‘llanmalari hamda “Bo`lajak tibbiyot xodimlarida fuqarolik madaniyatini rivojlantirish”, “Fuqarolik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari” nomli monografiyalar muallifi. 2022–2023-o‘quv yili davomida “Речевая культура качестве неотъемлемой культурыличности” nomli maqolasi OAK tomonidan ta’sis etilgan ilmiy jurnalda  va “Great oriental intellectuals about civil culture”, “Essence, structure and functions of civil culture”, “Civil culture as a social phenomenonin modern realities”, “Modern psychology and pedagogy: problems and solution” nomli maqolalari impakfaktorli jurnalarda  chop etilgan.  Akademik mobillik dasturi asosida TOP-1000 talikka kirgan Ukraina Respublikasi Taras Shevchenko nomidagi milliy universiteti “Pedagogika” kafedrasi professori p.f.d. Beznosyuk Aleksandr Alekseyevich tomonidan “O`zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika, psixologiya kafedra”sida institutning yosh  professor-o`qituvchilariga jahonning ilg`or innovatsion texnologiyalarini o`zida aks ettirgan pedagogik mahorat, yangi pedagogik texnologiyalar fanlaridan o‘kazilgan seminar-treningda ishtirok etgan.  

Ashurbayeva Ruqiya Qahhorovna

2007-yilda Buxoro davlat universitetining o`zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan. 2009-yilda Buxoro davlat universitetining filologiya yo`nalishi   bo`yicha magistraturani tugatgan. Hozirgi kunda kafedrada o`zbek tili fanidan dars berib kelmoqda. “Ona tili  darslarida o`quvchilarga  innovatsion texnologiyalar  vositasida integratsiyalashgan  ta`lim  berish usullari” mavzusida PhD darajasini olish uchun ilmiy ish olib bormoqda.   2018yilda institutda o`tkazilgan “INNODAY” tanlovining    1-o`rin sovrindori, hozirgacha 4 ta o`quv qo`llanma va 35 ortiq ilmiy-maqolalar muallifi.

Bekchanova Soliha Davlatnazarovaning ilmiy faoliyati

Bekchanova Soliha Davlatnazarovna 2021 yildan beri “O`zbk tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika psixologiya kafdrasida o`qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. S.D.Bekchanova ushbu kafedrada psixologiya fanidan dars berib hozirda ozining ilmiy ish faoliyati bilan shug`ullanmoqda. Ilmiy ish faoliyati doirasida Актуальные научные исследования  в современном мире jurnalida “Pedagogik texnalogiya-ta`lim taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi” nomli maqolasi, Chet tillarni o`qitishning dolzarb masalalari  (Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari) da Tafakkur psixologiyasining mohiyati mavzusida maqola,  An International Multidisciplinary Research journal xalqaro jurnalida  Application cooperative teasching methods during practical exercises, maqollalari chop etilgan hozirda 2022-2023 yillarda  Respublika hamda xorijiy ilmiy jurnallarda 7 dan ortiq maqollari chop etilgan  Bekchanova Soliha Davlatnazarovna kafedrada o`zining tashabbuskorligi  bilan ish faoliyatini olib bormoqda.

Jomardova Dilfuza Qahramonovna ilmiy faoliyati

    Jomardova  Dilfuza Qahramonovna 2020 – yildan “O`zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika psixologiya  kafedrasida   o`qituvchi   lavozimida ishlab kelmoqda O’zining tashabuskorligi bilan  kafedrada hozirda ilmiy ish “Bo`lajak mutaxasislarni tayyorlashda ma`naviy- madaniyatning o`rni” mavzusida  ish  olib  bormoqda.   2022-2023 yillarda 10 ga  yaqin  mahalliy  va xorijiy jurnallarda  maqola chop etgan. Hozirda D.Q.Jomardova  kafedrada  pedagogika   psixologiya fanidan dars berib  kelmoqda.

Gafurov Baxtiyor Zakirovich

Ma’lumoti: “Slavyan (rus) filologiya” mutaxassisligi bo’yicha oliy (2002) kvalifikatsiya: slavyan (rus) tili (B№102016), “Tilshunoslik. Rus (slavyan) tili” mutaxassisligi bo’yicha magistratura (2006) kvalifikatsiya: magistr (M № 015665)  Ilmiy daraja: filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) (2020) 01 № 003535)  Ilmiy unvoni: dotsent ((2022) 03 № 012830) mutaxassislik: 10.00.06 – Qiyosiy аdаbiyotshunоslik, chоg’ishtirmа tilshunоslik vа tаrjimаshunоslik  Lavozimi: Buxoro davlat tibbiyot instituti “O’zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotstenti  Ilmiy faoliyat: 2 ta monografiya, 1 ta darslik, 1 ta oʻquv qoʻllanma, 10 ta oʻquv-uslubiy ishlanma, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Umumiy ish staji: 20 yil Pedagogik ish staji: 20 yil

Qurbonov Ixtiyor Hikmatovich

Qurbonov Ixtiyor Hikmatovich 2017 yildan buyon Buxoro davlat tibbiyot institutining “O‘zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika, psixologiya” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.  Hozirga qadar milliy va xorijiy ilmiy jurnallarda 44 ta ilmiy maqolasi chop etilgan . “Kasbiy pedagogika kasbiy psixologiya (rus tilida), “Kasbiy pedagogika” (rus tilida) darsliklari va “Zamonaviy ta’lim tizimidagi innovatsiyalar, yondashuvlar va yechimlar” monografiyasi muallifi.

2022-2023 o‘quv yilida “Ta’lim sohasida shaxsning kasbiy innovatsion faoliyatga psixologik tayyorgarligini shakllantirish” “Kasbiy innovatsion faoliyatga ijtimoiy-psixologik tayyorgarligi”, Respublika sog‘liqni saqlash tizimi bir qator maqolalar chop etildi. O‘zbekiston modernizatsiya arafasida” “ Jahon ta’lim va ilmiy muassasalarda shaxsning innovatsion faoliyatga tayyorgarligini shakllantirish xususiyatlari , OAK (Oliy attestatsiya komissiyasi) tomonidan tashkil etilgan ilmiy jurnal va bir qator maqolalar «The role of innovation orientation in the conditions of the information society events of the past and prospects of the future», «The main features of the development of creative abilities of a modern teacher in an innovative environment», «Psychological readiness of the teacher in the competence-cognitive process of studying innovative activity»,” nomli maqolalari xalqaro ilmiy jurnallarda chop etildiShuningdek, 1 iyuldan 20 avgustgacha o’qitilgan 2019 yil. № 49-OSN.  buyrug’iga muvofiq Taras Shevchenko nomidagi Ukraina Milliy universiteti, TOP-1000 universitetlari qatoriga kiritilgan. Hamkorlar (Kiyev, Xerson, Odessa) muassasalari (muassasalari) negizida Akademik mobillik dasturi doirasida SHEI “Ta’limni boshqarish universiteti” seminar-treningi bo‘lib o‘tdi. Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti o‘qituvchisi Qurbonov Ixtiyor Xikmatovich stajirovkasi  “Psixologiya, pedagogika nazariyasi va amaliyoti, kasbiy faoliyatni boshqarish, innovatsion faoliyat sharoitida shaxsning innovatsionlik va raqobatbardoshlik kompetensiyalarini shakllantirish” mavzusidagi dasturi bo‘yicha . Ukraina universitetlari va ilmiy hamkor institutlarining ommaviy ilmiy tadbirlarida (konferentsiyalar, davra suhbatlari, seminarlar, treninglar, yozgi maktablar va boshqalar) ishtirok etdi. Trenerlar uchun treninglarda va ikki tomonlama tajriba almashish va taqdim etish bo’yicha bir qator tadbirlarda ishtirok etdi.

Tursunova Ozoda Faxritdinovna

2011-yilda Buxoro davlat universitetining o`zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan. 2013-yilda Buxoro davlat universitetining filologiya yo`nalishi   bo`yicha magistraturani tugatgan. Hozirgi kunda kafedrada o`zbek tili, psixologiya pedagofika fanlaridan dars berib kelmoqda. “Umumiy o`rta  ta;lim maktablari  ona tili darslarida o`quv lug`atlaridan foydalanish” mavzusida PhD darajasini olish uchun ilmiy ish olib bormoqda.

Hozirgacha 1 ta o`quv qo`llanma va 20 ortiq ilmiy-maqolalar muallifi

“Psixologiya pedagogikasi” kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonov I.X. tomonidan chop etilgan ilmiy-ma’rifiy nashrlar.

Pedagogika fanlari doktori G.N.Kurbanovaning chop ettirgan ilmiy va o`quv nashrlari

Filologiya fanlar nomzodi Gafurov Baxtiyor Zakirovichning Ilmiy va o'quv nashrlari

Ma'naviy va ma'rifiy ishlari

O`zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika va psixologiya kafedrasida ma`naviy va ma`rifiy ishlar keng yo`lga qo`yilgan. Jumladan har yili belgilangan reja asosida tadbirlar, adabiy-badiiy kechalar, teatr namoyishlari, talabalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan insholar tanlovi kabilar muntazam o`tkazib kelinadi. Bunda O‘zbekiston  Respublikasi Mustaqilligining   31 yilligiga bag‘ishlangan“ Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz !” shiori ostida   davra suhbati.

“1-kurs maktabi” tadbirlari

Talabalik – bu ulkan baxt. Ana shunday baxtga sazovor bo`lgan, xalqiga sidqidildan xizmat qilishga qasamyod qilgan, bo`lajak shifokorlarimiz uchun dars-mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtlarida kafedralar faoliyati va kafedralarda mavjud fanlar haqida ma`lumot berish, ularni ta`lim dargohida mavjud shar –sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida dars-mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtlarda “1-kurs maktabi” tadbirlari tashkil qilindi. Jumladan, o`zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika va psixologiya kafedrasida ham tadbirlar tashkil qilinib, kafedra professor-o`qituvchilari tanishtiruv darslarini olib bordilar. Talabalar kafedrada mavjud darslar va faoliyat ko`rsatayotgan professor-o`qituvchilar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, o`zlari qiziqqan savolarga javob oldilar.

Talabalarning ota-onalarini talabalar hayoti va ta’lim-tarbiya jarayonidagi mavjud muammolari bilan tanishtirish, mazkur muammolarni o‘rganish, aniqlash va o‘zaro hamkorlik asosida mazkur muammolarni hal qilishga erishish, shuningdek ota-onalar va ustoz-murabbiylar o‘rtasida doimiy hamkorlikni ta’minlash maqsadida barcha akademik guruhlarda “ota-onalar bilan muloqot maydoni” tadbirlari.

1 oktabr – “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlab tadbir
“Ona tili – millatning ruhidir. til – davlat timsoli, mulki”
“Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi tadbir
G‘urur va iftixorimiz ramzi«1991 yil 18 noyabr — O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i qabul qilingan » kunga bag`ishlangan tadbir
“Milliy qadriyatlar, g’oya – yot g’oyalarga qarshi” o’tkazilgan tadbir
O`zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika, psixologiya kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan “Talabalar turar joyida” muntazam davra suhbati
TTA Urgench filiali bilan hamkorlik

O`zbek tili va adabiyoti, rus tili, peagogika va psixologiya kafedrasida TTA Urgench filiali,o`zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika, psixologiya kafedrasi katta o`qituvchisi Анна Шамурадовна Атаджанова tomonidan “Русскый яык и культура речи” mavzusida hamkorlikda ma`ruza darslari tashkil qilindi. Dars jarayonida Анна Шамурадовна Атаджанова tomonidan rus tili faniga doir qiziqarli ma`lumotlar va rus tili fanining tibbiyot uchun nechog`lik ahamiyatga ega ekanligi taqdimotlar asosida tushuntirildi. Talabalar rus tili fani shifokor nutq madaniyatida qay darajada ahamiyatga ega ekanligi borasidagi fikr-mulohazalarni tingladilar.

BuxDTI vakillari Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida

Ma’naviyat – jamiyatning yuragi. Ma’naviyatsiz – jamiyat yo‘q. Bu borada O`zbekistonda olib borilayotgan islohotlar tahsinga sazovor.  Shu kunlarda Buxoro davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari Guliston shahrida faoliyat yuritayotgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida bo‘lishdi.

Mehmonlar ijod maktabining ko‘rkamligi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko`rib quvondilar. Ayniqsa, ijod makatabida  ijodiy muhit, o‘g‘il-qizlarning ilmga nechog‘lik chanqoq va tirishqoqliklari  mehmonlarda iliq taassurot uyg‘otdi. Tashrif jarayonida BuxDTI professor-o`qituvchilari tomonidan talabalarga tibbiyot yo`nalishlari, tibbiyot oliygohining yangi binosi, oliy ta`lim muassasida mavjud qo`shma dasturlar haqida ma`lumotlar berildi. Tashrif so`ngida Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga esdalik sovg`asi topshirildi.

Muhtar Omarhanuli Ayezov nomidagi Janubiy Qozog'iston Davlat Universitetida amalga oshirilgan hamkorlik

Pedagogika fanlar doktori, professor Kurbanova Gulnoz Negmatovna tomonidan dunyo universitetlari reytingining 1000talik ro`yxatiga kirgan Muhtar Omarhanuli Ayezov nomidagi Janubiy Qozog`iston davlat universitetida o`zaro hamkorlik yuzasidan targ`ibot-tashgviqot ishlari olib borildi. Dastlab, o`zbek tili va adabiyot, rus tili, pedagogika, psixologiya kafedrasi muduri tomonidan universitetning, ilmiy, o`quv, ma`naviy-ma`rifiy ishlari bilan tanishildi. Shuningdek, universitet konferensiya va seminarlarda ishtirok etib, talabalar va universititet professor-o`qituvchilarning faoliyati yaqindan o`rganildi, mahorat darslari tashkil qilinib, Buxoro davlat tibbiyot insdtitutida qo`llaniladigan dars o`tishning innovatsion metodlari namoyish qilindi. ”Innovatsion ta`lim texnologiyalari”, “Pedagogika va uning dolzarb muammolari”, “Shaxs rivojlanishida jamiyatning o`rni” mavzularida pedagogika fanlar doktori, professor Kurbanova Gulnoz Negmatovna tomonidan master-klasslar tashkil qilindi. Shuni ta`kidlash joizki, Muhtar Omarhanuli Ayezov nomidagi Janubiy Qozog`iston davlat universitetida o`zaro hamkorlik ishlari yuzasidan kelishuvlar va loyihalar tadbig`i ham amalga oshirildi.

“Pedagogika va psixologiya fani bilimdoni” mavzusida xorijiy talabalar ishtirokida tanlov

Bugungi kunda talabalarning bilim olishi uchun jahon standardlari asosida ta`lim tizimini tashkil qilish davlatimiznng asosiy islohotlarining biridir. Shu nuqtai nazardan Buxoro davlat tibbiyot institutida har bir fan ta`limiga alohida e`tibor qaratiladi. O`zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan “Pedagogika va psixologiya fani bilimdoni” mavzusida xorijiy talabalar ishtirokida tanlov o`tkazildi. 30 dekabr kuni o`tkazilgan tanlov bayramona ruhda o`tdi. Xorijiy talabalar pedagogika va psixologiya fanidan o`z bilimlarini taqdimotlar asosida mohirona namoyish etdilar. Tadbir so`ngida talabalar “CREATIVE STUDENT”, “INNOVATIVE STUDENT”, “TALENTED MOTIVATOR STUDENT”, “IMAGINATIVE STUDENT” kabi nominatsiyalar asosida taqdirlandilar.

“Savob ishni har kun, har bir kishi qilishi kerak” shiori ostida tadbirlar

Ukraina pedagogika fanlari milliy akademiyasining katta ilmiy xodimi, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent, amaliyotchi-psixolog, amaliyotchi-psixoterapevt, kouch, trener Chudakova Vera Petrovna o`zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika, psixologiya kafedrasida akademik mobillik dasturi asosida tashrif buyurdi.

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan ta`lim sohasiga jiddiy e`tibor qaratilayotganligi olib borilayotgan islohotlardan ayon. Ayniqsa, oliy ta`lim tizimini tubdan rivojlantirish borasida tashkil qilinayotgan akademik mobillik dasturlari amalga oshirilayotganligi tajriba almashuvi imkoniyatini berish barobarida ta`lim sifatini yaxshilanishiga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan 2023-yil 28-may kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Ukraina Pedagogika fanlari milliy akademiyasining katta ilmiy xodimi, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent, amaliyotchi-psixolog, amaliyotchi-psixoterapevt, kouch, trener Chudakova Vera Petrovna tashrif buyurdi. 2018-yil 6-noyabrda institutining o`zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika, psixologiya va tillar kafedrasi Ukraina Pedagogika fanlar milliy akademiyasi bilan o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Ushbu shartnoma asosida kelgan Ukraina pedagogika fanlari milliy akademiyasining katta ilmiy xodimi, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent, amaliyotchi-psixolog, amaliyotchi-psixoterapevt, kouch, trener Chudakova Vera Petrovna tomonidan ushbu tashrifi davomida institutning professor-o`qituvchilari va talabalari o`rtasida mahorat darslari, seminar-treninglar o`tkazildi. Shuningdek, Vera mahoratli peagog tomonidan “Ta`lim texnologiyalari”, “Kasbiy ta`lim metodikasi”, “Kasbiy psixologiya va pedagogika” fanlaridan ma`ruza va amaliy mashg`ulot darslari olib borildi.

Fotolavhalar

“Jasorat mangu- barhayot” mavzusida uchrashuv va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o`tkazib kelinmoqda.
Bundan tashqari kafedra professor-o`qituvchilari dunyonng TOP 100 taligiga kirgan oliy o`quv yurtlari bilan hamkorlik ishlarini keng yo`lga qo`ygan.