Kafedra tarixi
22.01.2022 2022-03-25 10:15Kafedra tarixi
Kafedra Abu ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining birinchi rektori, professor A.I.Mo’minov tomonidan 1990 yilning 30 oktyabridagi chiqarilgan № 47-sonli buyruq asosida tashkil etildi. Kafedra mudiri etib o’sha paytgacha II ToshDavTI Gistologiya kafedrasida ishlab kelgan tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent R.D.Davronov tayinlandi.
Kafedra o’z faoliyatini 1991-1992 o’quv yilining 2 sentyabridan quyidagi tarkibda boshladi (1- rasm):
– R.D.Davronov – kafedra mudiri
– J.A.Porsoyev – assistent, o’quv ishlari bo’yicha mas’ul
– R.H.Hamdamov – assistent, xo’jalik ishlari bo’yicha mas’ul
– R.Y.Ergashev – assistent, ma’naviy-tarbiyaviy ishlar bo’yicha mas’ul
– A.A.To’xtayev – assistent, ilmiy ishlar bo’yicha mas’ul
– N.N.Xabibullayeva – katta laborant
– N.Ochilova – laborant

Gistologiya kafedrasida o’tgan davr mobaynida quyidagi professor – o’qituvchilar va texnik xodimlar faoliyat ko’rsatdilar: B.A.Xidoyatov- kafedra mudiri, professor; assistentlardan: R.X.Xamdamov, A.A.To’xtayev, Sh.Sidiqova, M.J.Hamroyeva, X.T.Rajabov, N.E.To’xsanova, Z.J.Jumayeva, J.G’.Kenjayeva, M.Safarova, O.I.Jabborova, K.Sh.Jumayev; laborantlardan: M.Xidoyatova, M.X.Baxronova, N.I.Xabibullayeva
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan quyidagi muammolar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda:
1) Turli xildagi antigenlar hamda noxush ekologik faktorlarning immun tizimi a’zolari struktura va funktsiyasiga ta’sirini o’rganish;
2) Tabiiy va sun’iy ovkat omillarining endokrin tizim a’zolari morfologiyasiga ta’sirini o’rganish (tajriba-xolatida);
3) Toksik gepatit va surunkali enterokolit xolatlarining laktatsiya jarayoniga hamda keyingi avlodda immun tizimi a’zolarining shakllanishiga ta’sirini o’rganish.
O’quv jarayonini optimallashtirish maqsadida 2005 yil 22 apreldan boshlab gistologiya va tibbiy biologiya kafedralari o’z faoliyatini birlashtirilgan xolatda davom ettirdi. Ushbu yillarda kafedra mudirlari etib dotsent R.D.Davronov (2005-2013 y.y.), va professor B.A.Hidoyatov (2013-2016 y.y.) lar tayinlandilar.
Ma’lumki, tibbiyot fanlari doktori, professor B.A.Xidoyatov 1996 yildan boshlab qariyib 20 yil Buxoro davlat tibbiyot institutida o’quv ishlari bo’yicha prorektor lavozimida ishlash bilan birgalikda yuqori metodologik saviyada odam anatomiyasi va gistologiya fanlaridan ma’ruzalar hamda amaliyot darslari olib bordi. Professor B.A.Hidoyatov kafedra mudiri lavozimida ishlagan davrda uning ilmiy rahbarligida 1 nafar magistr ( B.S.Shokirov) tayyorlandi, ulardan biri hozirgi paytda kafedrada assistent lavozimida ishlab kelmoqda.

Kafedrada gistologiya, sitologiya va embriologiya fanini o’qitish jarayonida yangi ta’lim texnologiyalari (o’quv mulьtimediyalari, internet xabarlari, masofaviy o’qitish va x.k.) hamda interfaol usullar (“Aylana stol”, “Miya xujumi”, “Stol ustida ruchka”, Galereya bo’ylab tur” va x.k.) dan keng foydalaniladi.

O’tgan davrda kafedra xodimlari tomonidan 9 ta o’quv qo’llanmalar, 3 ta monografiyalar, 200 dan ortik multimediyalar, 30 ta o’quv – uslubiy qo’llanmalar va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar tayyorlangan.
Kafedra xodimlarining faol ishtirokida Buxoro davlat tibbiyot instituti bazasida 2008 yilning 14-17 may kunlarida Xalqaro Morfologlar Assotsiatsiyasining IX kongressi hamda O’zbekiston morfologlari Assitsiatsiyasining IY qurultoyi yuqori saviyada o’tkazildi.
Kafedra faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri-ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar hisoblanadi. Ushbu faoliyat Buxoro viloyati tumanlari axolisi bilan, akademik guruxlarda, talabalar turar joylarida olib borilmoqda. Tadbirlar mavzulari keng qamrovli bo’lib, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar va xokimliklar buyruqlarining mazmun-mohiyatiga, “ustoz-shogird” tizimi faoliyatiga hamda kunning dolzarb mavzulariga bag’ishlanganligi bilan e’tiborga molikdir

Kafedra o’z faoliyati mobaynida xalqaro maydonda Rossiya federasiyasining Omsk tibbiyot universiteti (Gistologiya kafedrasi mudiri professor B.B.Semchenko), Qozog’stonning Qaraganda tibbiyot universiteti (dosent B.B.Britko), Qirg’izistonning O’sh tibbiyot universiteti (Gistologiya kafedrasi mudiri professor S.T.Shatmanov), Turkiya respublikasi Sog’liq bilimlari universiteti (Gistologiya va embriologiya kafedrasi professori Sapmaz Tansel) bilan hamkorlikda o’quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqotlar olib bormoqda.


O’tgan davr mobaynida kafedra xodimlari tomonidan 1 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi (O.I.Jabborova “Buxoro vohasi xonqizi qo’ng’izlarining ekologik, biologik va xo’jalik ahamiyati”, 2011 yil)
Kafedra a’zolari tomonidan quyidagi nufuzli o’quv va ilmiy ishlar yaratilgan:
1)R.D.Davronov, O.I.Jabborova, J.A.Porsoyev “Gistologiyadan mikro-fotogrammalar atlasi”, o’quv qo’llanma, Buxoro, 2014 y.
2) B.A.Xidoyatov, R.D.Davronov, J.A.Porsoyev, O.I.Jabborova
“Gistologiya, sitologiya va embriologiya fanidan test savollari”, o’quv qo’llanma, Buxoro, 2015 y.
3) J.A.Porsoyev “Morfologicheskiye osobennosti nadpochechnikov
pri yestestvennom i iskusstvennom vskarmlivanii v rannem postnatalьnom ontogeneze” monografiya, Buxoro, 2016 y.
4)B.B.Xasanov “Patofiziologik atamalarning izoxli lug’ati”, o’quv qo’llanma, Buxoro, 2018 y.
5) R.D.Davronov, O.I.Jabborova, J.A.Porsoyev, B.S.Shokirov, N.I.Xudoykulova “Qon tizimi morfologiyasi” o’quv qo’llanma, Buxoro,2019y.
6) R.D.Davronov “Morfo-funktsionalnye osobennosti adaptivnыx izmeneniy sentralnыx i perifericheskix organov sistemы immuniteta pri antigennom vozdeystvii”, monografiya, Buxoro , 2020 y.
7) R.D.Davronov, B.B. Xasanov, B.S. Shokirov, Davronova Sh, Xalimova Y – Ovqat hazm qilish tizimi o’quv qo’llanma, Buxoro, 2021 y
2019-2020 o’quv yilidan boshlab kafedra maqomi o’zgartirilib, Gistologiya, sitologiya va embriologiya nomi bilan alohida kafedra sifatida faoliyat ko’rsata boshladi. Kafedraning hozirgi paytdagi tarkibi quyidagicha (5 rasm): R.D.Davronov – kafedra mudiri, dotsent; B.B.Xasanov – katta o’qituvchi, tibbiyot fanlari nomzodi, ilmiy ishlar bo’yicha mas’ul; Sh.R.Davronova – assistent, o’quv ishlari bo’yicha javobgar; B.S.Shokirov – assistent, axborot texnologiyalari bo’yicha mas’ul; S.B.Azimova – assistent, ma’naviy va tarbiyaviy ishlar bo’yicha mas’ul; assistentlar – N.A.Oripova, , G.R.Axmatova, Xalimova Yu, Xasanova M, laborant M.Murodova.
