Fakultet tarixi
14.12.2021 2022-05-10 10:04Fakultet tarixi
Pediatriya ishi yo’nalishi 2016-2017 o`quv yilida pediatriya va davolash ishi fakulteti tarkibida ochilgan. 2017-2021 yillarda pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va xalq tabobati fakulteti tarkibida faoliyat yuritgan. 2021 yil 27 avgustda institut kengashining 1-son yig’ilish bayonnomasi va institut rektorining 2021 yil 30 avgustdagi buyrug’iga asosan tashkil etildi. Fakultetda pediatriya ishi yo’nalishi bo’yicha talabalar tahsil oladi. Fakultetda o’qitilayotgan talabalar soni 565 nafar, shundan 16 nafar xorijiy talaba. Fakultetda 254 nafar talaba davlat granti asosida, 311 nafari shartnoma asosida tahsil olmoqda.
