O’quv-uslubiy ishlari
14.12.2021 2021-12-14 10:56O’quv-uslubiy ishlari
Fakultet ochilgandan kundanoq ta’limning sifatini oshirish yo’lida salmoqli ishlar amalga oshirilib, dars o’tishning yangi uslublari ishlab chiqildi. Fakultet kafedralari 6 ta o’quv-klinik bazalarda joylashgan bo‘lib, 8 ta ma’ruza zallari, 80 dan ortiq auditoriyalarda darslar olib boriladi.Xamma ukuv xonalari elektron doska, kompyuterlar va zamonaviy o’quv mebellari, xamda multimediyali proektorlar bilan jihozlangan. Kafedralarning klinik bazalarda joylashganligi talabalarga zamonaviy ko‘nikmalar olishga imkoniyat beradi. Kafedralardagi kompyuterlar internetga ulangan bo‘lib, o’quv va ilmiy ishlarda qulayliklar yaratadi.
O’quv jarayonining shakli va uslubi doimiy yangilanib va yaxshilanib boradi. Bolon ta’lim jarayoniga muvofiq fakultetda studentlar kredit-modul tizimida tahsil olishadi. Pedagogik jarayonda talabalarning mustaqqil tayyorgarligini oshirish, test topshiriqlarini yechish, amaliy ko’nikmalarni ortirishga qaratilgan. Reyting tizimi o‘quv jarayonlarida ijodiy yondashuvni va talabaning induvidual tayyorgarligini nazorat qilishni ta’minlaydi.
O’quv jarayonlari o’zbek, rus va ingliz tillarida “Tibbiy profilaktika” – 5510300 va “Tibbiy biologiya” – 5510900, “Xalk tabobati” – 5511100 yo‘nalishiga muvofiq olib boriladi.
Pedagog va talabalarni tizimli ravishda moddiy va ma’naviy qo’llab turiladi. A’lochi talabalarga O’zbekistan Prezidenti, Ibn Sino, I.A.Karimov va boshqa nomdor stipendiyalar berilishi tanlov asosida yo’lga qo’yilgan.
Fakultet olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar ilmiy-pedagogik kadrlar va amaliy tibbiyot talablariga mos mutaxassislar tayyorlashga yo’naltirilgan. Shuni aytish lozimki, fakultet olimlari ilmiy izlanish grantlarini tanlovlarida doimiy ishtirok etishadi.
Iqtidorli talabalar ishlashga alohida e’tibor beriladi, ular ilmiy to’garaklarda, institut, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida, ilmiy konferensiyalarda maruzalar bilan doimiy ishtirok etishiadi.