Fakultet tarixi

10.11.1998 yilgi O‘zbekiston Respublikasining prezidenti farmoniga ko‘ra, 1999 yil sentabr oyida Buxoro davlat institutining davolash fakulteti tarkibida “Oliy hamshiralik ishi” va 15 iyun’ 2001 yildan “Tibbiy pedagogika” bo‘limi tashkil qilindi.

Vazirlar Mahkamasining 12 iyun 2001 yilda chiqqan 250-sonli qaroriga ko‘ra, 15 iyun 2001 yilda 271-sonli Sog‘liqni Saqlash Vazirining tibbiy pedagogika (kasbiy ta’lim)  yo‘nalishini ochish to‘g‘risida buyrug‘i chiqdi.  2007 yilning 5 noyabrida “Tibbiy pedagogika va oliy hamshiralik ishi” fakultetining ochilishi to‘g‘risida institut rektorining 57/1-1 -sonli buyrug‘i chiqdi.

Fakultet ochilgandan kundanoq ta’limning sifatini oshirish yo‘lida salmoqli ishlar amalga oshirilib, dars o‘tishning yangi uslublari ishlab chiqildi. Fakultet kafedralari 6 ta  o‘quv-klinik bazalarda joylashgan bo‘lib, 7 ta ma’ruza zallari i 50 dan ortiq  auditoriyalarda darslar olib boriladi. Bundan tashqari kasalxonalardagi, klinikalardagi sinf xonalari kompyuterlar va zamonaviy o‘quv mebellari xamda multimediyali proektorlar bilan jihozlangan. Kafedralarning klinik bazalarda joylashganligi talabalarga zamonaviy ko‘nikmalar olishga imkoniyat beradi. Kafedralardagi kompyuterlar internetga ulangan bo‘lib, o‘quv va ilmiy ishlarda qulayliklar yaratadi.
  Hozirgi kunda 2-6 kursda mutaxassislik bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar soni 548 kishini tashkil qiladi. 2021 yildan  fakultetga talabalar qabul qilish to‘xtatildi.

 O‘quv jarayonining shakli va ulubi doimiy yangilanib va yaxshilanib boradi. Bolon ta’lim jarayoniga muvofiq fakultetda studentlar kredit-modul tizimida tahsil olishadi. Pedagogik jarayonda talabalarning mustaqqil tayyorgarligini oshirish, test topshiriqlarini yechish, amaliy ko‘nikmalarni ortirishga qaratilgan. Reyting tizimi o‘quv jarayonlarida ijodiy yondashuvni va talabaning induvidual tayyorgarligini nazorat qilishni ta’minlaydi.

O‘quv jarayonlari o‘zbek, rus va ingliz tillarida “Kasbiy ta’lim (davolash ishi)” – 5111000 va oliy hamshiralik ishi – 5510700 yo‘nalishiga muvofiq olib boriladi.

  Pedagog va talabalarni tizimli ravishda moddiy va ma’naviy qo‘llab turiladi. A’lochi talabalarga O‘zbekistan Prezidenti, ibn Sino, I.A.Karimov                 va boshqa nomdor stipendiyalar berilishi tanlov asosida yo‘lga qo‘yilgan.

Fakultet olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar ilmiy-pedagogik kadrlar  va amaliy tibbiyot talablariga mos mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan. Shuni aytish lozimki, fakultet olimlari ilmiy izlanish grantlarini tanlovlarida doimiy ishtirok etishadi.

  Iqtidorli talabalar ishlashga ahida e’tibor beriladi, ular ilmiy to‘garaklarda, institut, respublika olimpiadalarida doimiy ishtirok etishi, respublika va xalqaro ilmiy  konferensiyalarda dokladlar bilan chiqishlari ta’minlangan bo‘lib, diplomlar bilan taqdirlanishgan. Fakultet talabalari kichik hamshira, hamshira, vrach yodamchisi, kasbiy pedagogika va psixologiya yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chqarish amaliyotidan o‘tishadi.

Fakultet dekani lavozimida faoliyat ko’rsatganlar