Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

     Fakultetning asosiy ishlaridan bu talabalarda ma’naviy yetuklikka, kasbga muhabbatga, sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, talabalarni jamoaviy va madaniy ishlarga jalb qilish hisoblanadi. Bu vazifalarni bajarishda fakultetda pedagogik sovet faoliyat ko‘rsatadi va u uz vazifasini amalga oshirishda tasdiqlangan aniq reja asosida harakatlanadi. Xar bir guruhda murabbiy-o‘qituvchi bo‘lib, u tajribali pedagoglardan tanlanadi. 2021-2022 o‘quv yilidan 2-3 kurs talabalari uchun tutorlik shtat birliklari ajatildi va ular talabaning ruhiy holati, tarbiyasi hamda  muammolari bilan to‘liq shug‘ullanishadi. Talabalarning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish maqsadida murabbiylar va tutorlar bilan birgalikda talabalar turli tadbirlarda, xalq bayramlarida ishtirok etishadi, Buxoro va boshqa respublikamizning shaxarlaridagi tarixiy obidalarni, muzeylarni sayoxat qilishadi.




   Fakultet talabalari Respublikada o‘tkazilayotgan turli xildagi ijodiy konkurslarda faol ishtirok etishadi. Jismoniy tarbiyaga va sportga alohida e’tibor beriladi. Talabalar futbol, tennis, shaxmat, basketbol, voleybol, kurash, sambo va yengil atletika bilan institut sport kompleksida shug‘ullanishadi. Ulardan ko‘pchiligi regionar va respublika bosqichlaridagi sport musobaqalarining faxrli o‘rinlar sohibidir.


     Fakultet Kengashi faoliyat ko‘rsatadi, u xar oyda yig‘ilib, fakultetdagi mavjud muammolarni yechishda amaliy ko‘maklashadi.