Bosh sahifa
28.02.2022 2026-04-06 15:49Bosh sahifa
Statistika
Tayyorlangan shifokorlar
O'qituvchilar
Talabalar
Laboratoriyalar
XALQARO AKKREDITATSIYA VA E’TIROF
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekistondagi yetakchi va jadal rivojlanayotgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridan biridir. 2022-yildan boshlab u respublikadagi birinchi raqamli tibbiyot oliy ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etilgan.
Bugungi kunda institutda dunyoning 25 ta davlatidan kelgan talabalar tahsil olmoqda, bu esa institutning tobora ortib borayotgan xalqaro nufuzi va jozibadorligini yaqqol namoyon etadi. Hozirgi vaqtda institutda Aljir, Azerbayjon, Banglades, Kanada, Xitoy, Misr, Fransiya, Hindiston, Eron, Isroil, Iordaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Marokash, Nepal, Pokiston, Rossiya, Shvetsiya, Tunisiya, Turkiya, Ukraina, Buyuk Britaniya, AQSh, Turkmaniston, Tojikistondan kelgan xorijiy talabalar tahsil olmoqda.
Institut ta’lim sifati va akkreditatsiya yo‘nalishida ham muhim xalqaro yutuqlarga erishgan. Hozirgi kunda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan. Xususan, “Davolash ishi” va “Stomatologiya” bakalavriat ta’lim dasturlari Eurasian Centre for Accreditation and Quality Assurance in Higher Education and Health Care (ECAQA) tomonidan xalqaro miqyosda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur akkreditatsiya 2030-yilgacha amal qiladi.
Bundan tashqari, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti O‘zbekistondagi Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligi tomonidan rasman tan olingan yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Bu esa institutda ta’lim sifatiga alohida e’tibor qaratilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi hamda institutning xalqaro maqomini yanada mustahkamlab, uning talabalari va bitiruvchilari uchun global ta’lim va professional maydonda yanada keng imkoniyatlar yaratadi.
Missiya
O’zgaruvchan dunyo sharoitida tibbiy-pedagogik fikrlashni o’zgartira oladigan, xalq salomatligini saqlash uchun aholiga sifatli tibbiy, profilaktika, reabilitatsiya yordami ko’rsatadigan yuqori malakali, ilmiy – amaliy, raqobatbardosh xalqaro darajadagi yetakchi kadrlarni tayyorlash
Yangiliklar
🌍 Nobel mukofoti sohibi bo‘lgan professor Buxoro davlat tibbiyot institutida
Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida …
Buxoro davlat tibbiyot institutida Birinchi O‘zbekiston–Rossiya forumi bo‘lib o‘tmoqda
Bugun Buxoro davlat tibbiyot institutida “Yevrosiyo hududida ruhiy salomatlikni himoya …
Peshku tumanida aholi uchun kengaytirilgan tibbiy ko‘rik va sayyor qabul o‘tkazildi
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati, Abu Ali ibn Sino …
Buxoro davlat tibbiyot instituti va Turkiyaning Inönü universiteti hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
9-oktabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot …
E'lonlar
Buxoro Davlat Tibbiyot Institutida Innoweek
Hurmatli talabalar! Biz innovatsion rivojlanishlar tanlovi boshlanishi haqida xursandchilik bilane’lon qilamiz, bu tanlov bakalavriat, magistratura, asosiy doktorantura vamustaqil nomzodlar uchun ochiqdir. Ushbu tanlov — o’z g’oyalarini vako’nikmalarini namoyish etish, shuningdek, munosib tan olinishi uchun noyobimkoniyat! 1. Sizni nima kutmoqda? Tanlovning barcha g’oliblari tegishli yo’nalish bo’yicha rezidenturaga tavsiyaxatini oladilar. Shuningdek, g’oliblar quyidagi pul mukofotlarini olishadi: 1-o’rin: 3.000.000 so’m 2-o’rin: 2.000.000 so’m 3-o’rin: 1.000.000 so’m …
“Fast typing” — klaviaturada tez va toʻgʻri yozish musobaqasi oʻtkaziladi.
Buxoro Davlat tibbiyot institutida Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan institut Raqamli …
“Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi …
R:ED FEST bilan robototexnika olamini kashf eting!
‼️Agar siz muhandislikka qiziqsangiz va ishlanmalaringizni xalqaro darajada namoyish etishni …
Tadbirlar
Kelgusi
Tadbirlar
Dissertatsiya himoyasi
Dissertatsiya himoyasi
Dissertatsiya himoyasi
Dissertatsiya himoyasi
Dissertatsiya himoyasi
Dissertatsiya himoyasi
Dissertatsiya himoyasi
Dissertatsiya himoyasi
Dissertatsiya himoyasi